78
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
LİNGVOKULTUROLOGİK BİRLİKLARNİNG NUTQDAGİ O'RNİ
Mamadjanova Nargiza Mahmudjanovna
Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6323272
ANNOTATSIYA :Ushbu maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun xizmat
qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli
mulohazalar aytilgan.
KALIT SO‘ZLAR: sentensiya, assotsiativ, noekvivalent ,lakunlar, arxitip ;
Ma'lumki mamlakatimizda hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus
tilshunosligida ham eng rivojlangan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu borada bir qancha o‘quv
qo‘llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e’tirof etishicha, ularning orasida eng mashhuri
V.A.Maslova
tomonidan
yaratilgan
o‘quv
qo‘llanma
hisoblanadi
.Shuningdek,
lingvokulturologik yondoshuvdagi tadqiqotlar o‘zbek tilshunosligida ham oxirgi o‘n yilliklarda
paydo bo‘la boshladi. Masalan, Z.I.Saliyevaning nomzodlik ishi o‘zbek va fransuz tillaridagi
sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy harakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlariga
bag‘ishlangan.
Xususan, N.Mahmudov ayni sohaning eng asosiy tushunchalaridan bo‘lgan
til va madaniyat
haqida quyidagilarni yozadi: “Til va madaniyat deganda, ko‘pincha, “nutq madaniyati”
deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o‘rindagi madaniyatning
aynanligini aslo ko‘rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda til orqali u yoki bu
madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o‘rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda
tutiladi, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma’nosi
“aqliy-ma’naviy yoki xo‘jalik
faoliyatida erishilgan daraja, saviya emas, balki “kishilik
jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va
ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui demakdir.
Ma’lumki, lingvokulturologiya fanining obyektini xalq madaniyatining tilda yorqin ifodasini
o‘zida namoyon etuvchi noekvivalent leksika va lakunlar,
tilning stilistik jamlanmasi, til
birliklarning miflashgan ko‘rinishlari: arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z
aksini
topgan rasm-rusum va odatlar, tilning paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va
ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar hamda o‘zbek nutq
odatlari va nutqiy etiket
shakllari tashkil etadi.
Bu borada lingvokulturologik obyekt bo‘la oladigan maqollarni quyidagicha tahlil qilamiz va
ularning nutqdagi o'rni haqida gaplashamiz.
"Bir mayizni qirq kishi bo‘lib yeydi". O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan eng oliy xususiyatlardan biri
ahillik, inoqlikdir. Bu bizga ajdodlarimizda singgan fazilatdir. Bir mayizni qirqqa bo‘lib
yeyishlik, o‘zi yemay o‘zgaga ilinishlik xalqimizga xos bo‘lgan insoniy fazilatlarga ishora qiladi.
" Bitta qaldirg‘och kelgani bilan bahor bo‘lmas". Qaldirg‘och xalqimizda yaxshilik, qut-baraka
elchisi sifatida e’zozlanadi. Shuningdek, u bahor darakchisi. Maqolning lug‘aviy ma’nosiga
e’tibor qiladigan bo‘lsak, u mazmunan “ Qars ikki qo‘ldan chiqadi” maqoliga sinonim
hisoblanadi va avvalgi maqolga hamohang tarzda uni to‘ldiradi. Aynan qaldirg‘och obrazining
olinganiga sabab xalqimizda bu qushga nisbatan o‘zgacha qarash, mehr tufayli. Bu esa
maqolda etalon sifatida o‘z aksini topgan.
79
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
"Do‘ppining ichida odam bor". Bu maqol mazmunan “ Devorning ham qulog`i bor” maqoliga
o‘zaro sinonim hisoblanadi. Bu maqolning tahliliga to`xtalsak,
har bir narsani har joyda
aytmaslik kerakligini uqtiradi, kishini ogohlikka xushyorlikka chorlaydi. Unda ham etalon
sifatida do‘ppi so‘zi olingan.
"Hashar qildim-uy qurdim, Bunda ko‘p hikmat ko‘rdim". Hashar o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan
udum sanaldi. Ya’ni uy ko‘tarmoqchi (qurmoqchi) bo‘lgan yoki mamalakat obodonchiligi
yo‘lida qilinadigan umumxalq mehanatidir. Bizga ma’lumki, hasharga do‘st-u birodarlar, yaqin
qarindoshlar yordamga keladi.Hasharda birdamlik, ahillik kabi samimiy tuyg`ular o‘z aksini
topadi. Shuning uchun, hashar qilgan inson ko‘p hikmatlarning guvohi bo‘ladi. Ya’ni
do‘stlarinin sadoqatini, mehribonligini ko‘radi. Bu maqolda etalon sifatida olingan hashar so‘zi
lingvomadaniy birlik sanaladi.
"Holva degan bilan og‘iz chuchimas". Bu maqol mazmunan “Olma pish, og`zimga tush”
maqoliga sinonim. Zamirida, dangasalik, tayyorga ayyorlik kabi xislatlarni qoralab,
mehnatsevarlikka, o‘zi ishlab, halol mehnat bilan pul topishga chorlaydi. Ya’ni inson biror
nimani orzu qilganligi
bilan u amalga oshib qolmaydi, uning amalga oshishi uchun ,albatta,
harakat qilish kerakligi uqtirilmoqda. Etalon bo‘lib kelgan so‘z “holva” o‘zbek milliy shirinligi
hisoblanadi.
" Non ham non, ushog‘i ham non". Dunyoda o‘zbekchalik nonga yuksak hurmatda bo‘lgan xalq
bo‘lmasa kerak. Ulug‘larimiz ham “Nonday aziz bo‘lgin” deb duo qilishadi. Farzandlarga
yoshligidan “Nonni ushatmay ye”, “Nonni bosma”, “Nonni ko‘zingga sur” deya tarbiya
berishadi. Bularning barchasi xalqimizda nonga bo‘lgan e’tibor, o‘zbekona qarashdan darak
beradi.
Ushbu lingvokulturologik birliklarning nutqdagi o'rni beqiyos hisoblanib gapirayotganimizda
ularni aytishni xohlaymiz .Go'yoki ularsiz nutqimiz chiroyli bo'lmay qolganga o'xshab
ko'rinadi .Chunki ular o'xshtishlar orqali so'z ma'nosini bezaydi. Ammo bu lingvokulturologik
birliklarni ishlatishning o'z o'rni bor bo'lib ularni o'z o'nida mohirona qo'llay olish so'z
boyligini oshiradi. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi purma’no so‘zga, o‘git-u naqllarga boy xalq
sanaladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, lingvokulturologik birliklar xalqning ko‘p asrlik hayotiy
tajribalari, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat’iy qutbiylikda
ifodalaydi .Va ularning nutqdagi o'rni azaldan o‘zining hayotiy muammolarini –
mehnat
mashaqqati, g‘amanduhi, rohat-farog‘ati, muvaffaqiyat va mag‘lubiyati, rasm-rusumlari –
hamma hammasini maqol va iboralarda ko‘zgudagidek aks ettirib keladi.