74
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning
uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir.
“Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan
va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap
ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning
ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina
emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb
bo`lmaydi.
Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun
ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi
a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi,
ba`zilari bir -birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi.
Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida
saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma`lum qo`zgalishlar,
tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga
aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli
reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak
beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. (impressiv-
lotincha - taassurot). I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida
hosil qiladigan yoki buziladigan dinamik stereotiplar orqali biror hissiyotni va emotsional
kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda,
tashqi taassurotlarning ma`lum tartibda qaytarilishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar
nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga
duch kelish natijasida dinamik streotiplarninng “o`zgarishi” salbiy emotsional holatni yuzaga
keltiradi. Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari faqat darak beruvchilik vazifasini emas,
balki boshqaruvchilik funktsiyasini ham bajaradi. emotsiya harakatlarda juda ko`p tana
o`zgarishlarida ifodalanadi. Odam organizmidagi bu o`zgarishlar, kechirilayotgan hissiyotning
ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni ovozning
o`zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo`ladigan jarayonning qayta o`zgarishidan
iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsonal harakatlarning ekspressiv
tomoni deb ataladi (ekspressiv - ifodalanish).
Odamning o`z hissiyotining ob`ektiga qanday shaxsiy munosabat ifodalangani mazkur
holda qanday munosabatda bo`lishi ifodalangani hissiyot mazmunining sifat tomonini tashkil
qiladi. Odatda shaxsning hayot faktlariga nisbatan bo`lgan emotsional munosabatlari ikkita
sifatga ijobiy va salbiy sifatlarga ajratiladi. Shaxsning o`z hissiyoti ob`ektiga ijobiy va salbiy
munosabatlaridan tashqari ikqilanish holatlari va noaniq tushunish munosabatlari ham
bo`ladi. Bularni rohatlanish va qanoatlanmaslik hislariga qo`shib bo`lmaydi. Ikki taraflama
hissiyotda (ambivalent hissiyotda) rohatlanish va azoblanish qo`shilib va biri ikkinchisiga
o`tib ketmaydigan emas, balki bunday birga bo`lish kechirilayotgan hissiyotning zarur
xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan: rashk hissida muhabbat va nafrat. Suv
ichish va neft hidi. Rohatlanish va yoqimsiz - noxushlik hissi. Sub`ektning hissiyot
predmetlariga nisbatan emotsional munosabatlarning to`rtinchi sifati odatda qisqa muddatli
hissiy munosabatning noaniqligidir, lekin ba`zan ayrim ularni tushunishiga bo`lgan
ob`ektlarga nisbatan ancha vaqtga davom etgan hissiyotlarning ham hissiy munosabatlarining
75
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
sifati bo`ladi. Odam hayotida yangi narsaga duch keladi, bu narsa ko`pincha uni to`lqinlantirib,
idrokida mazkur narsani tevarak - atrofidagi muhitdan ajratib olib, unga nisbatan ajablanish,
hayratlanish, havas va qiziqish hissiyotini kechiradi. Bu yangi taassurotlarni dastlabki
anglashning hissiy tomonidir.