55
Bu o`yinlar asosida bolalar tovush va harf haqidagi tushunchalari kengayib boradi. ”BERILGAN
BO`G`INLARDAN GAP TUZING” O`YINI.
Biror maqol, hikmatli so`z yoki mavzuga oid gapni bo`ginlar orqali hosil qilish vazifasi beriladi.
Masalan: Qat-ra-qat-ra yi-g`i-lib dar-yo bo`-lur. Maqoli bo`g`inlarda
aralash holda beriladi, o`quvchilar
topshiriqni bajarishlari uchun bo`g`inlarni to`g`ri qo`ya bilishlari lozim.
“SO`Z ICHIDAN SO`Z TOP” O`YINI.
O`quvchilarga bir so`z beriladi, bu so`z ichidan so`zlar topish vazifasi yuklanadi, yani 1-2-
sinflarga 2-3 bog`inli so`zlar. Masalan: “Mirzacho`l” so`zi ichidan so`zlar hosil qilish:
Mirza , cho`l , zira, zo`r, zar , o`ra , lim kabi… O`zbekiston: o`z, o`zbek, bek, is, zeb , zebo kabi…
“Guliston”, “Maktabshunoslik”, ”Tabiatshunoslik“ so`zlarini ham shu asosda berish mumkin. Bu
o`yin aqliy hujum metodi asosida tashkil etilsa , maqsadga muofiq bo`ladi.
“BERILGAN SO`ZLARGA BO`GIN, SO`ZLAR QO`SHISH ORQALI YANGI SO`ZLAR HOSIL
QILING” O`YINI.
O`quvchilarga so`z beriladi bu so`z so`z boshida o`rtasida oxirida kelishi mumkinligi ta’kidlanib,
yangi so`zlar hosil qilish so`raladi. Masalan: “Oy” so`zi Oygul, Oybek, Shirinoy, Oysanam kabi….
“Gul” so`zi asosida Gulnora, Gulchehra, guldon, gulchi kabi…
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan o`yinlar asosida bolalarda mustaqil fikrlash o`z fikrini o`zgalar bilan
muhokama qilish va o`z lug`at boyligini oshirish, og`zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish
imkoniyatlari yuzaga keladi.