51
Ta’limga nisbatan inson hayotining ajralmas bir bo‘lagi va unga o‘zining jamiyat hayotida muhim o‘rin
tutishini anglab yetishida muhim vosita sifatida qarash asrlar davomida o‘zgarib bordi. Biroq ta’limning bu
borada tutgan o‘rni ko‘pincha ma’naviy-intellektual nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan.
So‘nggi yillarda ta’limning jadal sur’atlarda rivojlanishi uni inson va jamiyatni rivojlantirishning muhim
omillaridan biriga aylantirdi. Ta’limning insonning ma’naviy va aqliy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyatini
shakllantirishga ta’sirini aniqlashda uning muhim jihatlarini bir-biri bilan bog‘liq holda davlat, jamiyat va shaxs
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mezoni qabul qilingan.
Shaxsiy darajada — bu shaxsning o‘z qobiliyat va iste’dodlarini to‘liq namoyon etish. Ayni paytda, bu
insonga mehnat faoliyatida o‘zini namoyon etish imkonini beradigan umumiy va kasbiy bilimni egallashdir.
O‘qimishli kishining ma’naviy olami nisbatan boy, hayoti faqat moddiy farovonlik bilan cheklanib qolmaydi.
Ta’lim insonga o‘zining ma’naviy
ehtiyojlarini amalga oshirish, hayotini to‘laqonli va mukammal qilish
imkonini beradi.
Davlat darajasida — davlat mamlakat aholisining aqliy salohiyatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi
darkor. «Iqtisodiy fanlar»ni keng joriy etishda zarur bilimga ega bo‘lish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish
va uning milliy boyligini to‘plashning muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Aholining ma’naviy boyligi
mamlakatda huquqiy madaniyatni, shuningdek, xalqning ozod, demokratik, huquqiy davlatda yashash va mehnat
qilish, o‘z huquq va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish
qobiliyatini uzviy hamda oson shakllantiradi.
Jamiyat darajasida – ta’lim jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan alohida global ma’naviy qadriyatlar,
o‘ziga xos ijtimoiy mentalitet va inson dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilishi lozim.
Chunki faqat
o‘qimishli va ma’nan boy odamlargina muammolarni urushlar yordamida hal qilishni mutlaqo rad etishga qodir
jamiyatni shakllantirishi mumkin.
Tarixan qisqa davr ichida ta’lim sohasini tubdan yangilash va isloh qilish borasida salmoqli natijalarga
erishildi. Yurtimizda yoshlarning umumta’lim va kasb tayyorgarligini ta’minlashning zamonaviy modeli amalga
oshirilib, pirovardida har tomonlama barkamol va mustaqil fikrlovchi, mehnat bozorida talab katta bo‘lgan
kasblarni egallagan, qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlar tarbiyalanmoqda. Bugun yoshlarimiz
mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish, uni yangilash va ravnaq toptirishning hal qiluvchi
harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda.
Ta’lim tizimini boshqarishni
xalqaro tajribani hisobga olib, ta’lim tizimini markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan holda boshqarishni muvozanatli muvofiqlashtirish orqali yanada takomillashtirish
mumkin.