BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI DARSLAR JARAYONIDA MILLIY




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI DARSLAR JARAYONIDA MILLIY 
QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH 
Nazarova Gulshanda Olimovna, Rajapova Feruza Zavqiddinovna 
Navoiy shahridagi 6- maktabning Boshlang’ich sinfo’qituvchilari. 
 
Umuta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham ijtimoiy siyosiy, ham 
ijtimoiy pedagogik jihatlarga ega. 
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy sub’yekti o’qituvchi. Shu sababli maktab “ma’naviy- axloqiy 
ishlar tizimi”ni maktab tarbiyaviy ishlar tizimining boy g’oyasi sifatida tushunish mumkin. 
Shu sababli yuqoridagi fazilatlarni shakllantirish uchun ma’suliyatning asosiy yuki uning zimmasiga 
yuklanadi. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilaridan, maktab jamoat orasida o’z bilimi, ma’naviy 
axloqiy fazilatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari, shaxsni hurmat qilishlari, ma’naviy tarixiy, milliy 


44 
va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari; o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir 
birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o’rtasida tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va 
ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari va boshqalar talab etiladi. 
Ajdodlarimiz davr sinovidan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va 
vositalarni yaratganlar. Shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib 
tarbiyalab kelganlar. Bolalarda insoniy tuyg’ularni tarbiyalashning asosi- kishilarga mehr-muhabbat 
qo’yish, izzat-hurmat bilan muomala qilish, qadrlash, kishilar oldidagi o’z burchini anglash, odamlarga 
nisbatan samimiy, halol va rostgo’y bo’lish kabi odob va axloq qoidalarini o’z ichiga oladi. 
Mehnatkash xalq ommasi, yuqorida qayd qilib o’tilganidek, uzoq davrlar davomida vujudga kelgan 
tarbiya usullari va vositalaridan foydalanadi, qo’llaydi, bunda bolalarning o’ziga xos xususiyatlari va butun 
sinf jamoasining sifatlarini ko’zlab biron-bir qaror qabul qilishni talab etadigan tarbiyaviy vaziyatni hisobga 
oladi. 
O’qish va odobnoma darslarida axloqiy odatlarni hosil qilish uchun odob normalarini, ma’naviy, 
axloqiy jihatlarini, o’qish darslarida turli xil ertaklar, rivoyatlar, maqollar, hikmatli so’zlar bilan o’quvchilar 
dars jarayonida mavzuga qiziqtirish yo’llari va usullarini o’qituvchi ishlab chiqishi kerak. Jumladan 3-sinf 
o’qish kitobida berilgan go’zal fazilat inson husni bo’limida bir qator ma’naviy- axloqiy tarbiyani 
shakllantirishga qaratilgan mavzular mavjud. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda mazkur fikrdan kelib chiqib, 
shunday ma’naviy me’ros vakilidan biri bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur haqida. 
“Hidi, tilimi va mazasi” matnini o’rganish orqali o’quvchilarni o’zbek xalqining milliy qadriyatlari 
haqida ma’lumot berishga hamda matn mazmunida asoslangan materialga mos holda ko’nikma va odatlarni 
tarkib toptirishga harakat qildim. 
Mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib u yerning sultoni, ya’ni podshohi bo’libdi. Bobur 
Hindistonga podshoh bo’lgan davrida ko’plab qurilishlar, obodonchilik va xalqqa g’amxo’rlik qilish bilan 
birga o’zidan yodgorlik qolsin deb Hindistonning ko’rkam joyida katta bir bog’ barpo etibdi. Bu bog’ga 
dunyodagi turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi. Hind xalqi dunyodagi eng katta bu bog’ga “Bog’i 
Boburiy” deb nom qo’yibdi. Bog’dagi daraxtlar hosilga kirib, biram meva beribdiki, ularni hech joyga 
sig’dirib bo’lmabdi. 
“Bog’i Boburiy”ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, sabzi, bodring bitibdi. Ammo handalak 
bilan qovun bo’lmabdi. Shoh bir yil qovun ektiribdi, bo’lmabdi. Ikkinchi yil ham ektiribdi, bo’lmabdi, 
uchunchi yil ham ektiribdi baribir qovun bitmabdi. Qovun bitishga bitibdi-yu, birinchi yili gulidanoq hosilni 
tashlab, ikkinchi yili palagi o’lib qolibdi, uchinchi yili pishib yetilmas, palagi so’lib qolibdi. Boburshoh 
bo’lsa qovun topishni talab qilaveribdi. 
Keyingi yili Boburshoh bu yili qovun ekib pishirmasanglar hammangizni jazolayman,- deya 
g’azablanibdi. Bog’bonlar nima qilishini bilmay rosa boshlari qotibdi. Oxiri Boburshohga bildirmay uzoq 
Farg’onadan qovun olib kelishga ahd qilishibdi. Boburshoh bu orada bir necha oy ovga ketishibdi. Shu payt 
bog’bonlarning boshlig’i o’zi bilan o’n bir kishini yoniga olib, Farg’onaga boribdi. Karvon ot aravalarga 
qovun ortib, tezda Hindistonga qaytibdi. 
Boburshoh ovdan qaytgach, bog’bondan qovun yo’qlatibdi. Qovunni olib borishibdi. Boburshoh 
qovunni hidlab ko’rib: - Qayerda bitgan deb so’rabdi. – “Bog’i Boburiy”da bitgan, deb javob beribdi 
bog’bon.- yo’q, hidi boshqacha. Faqat bir o’lkada yetishadi xolos. Sen meni aldayapsan,-debdi Boburshoh. 
– Aldagan bo’lsam, bilganingizni qiling, shohim. Bu qovun “Bog’i Boburiy”da bitgan,- deb bog’bon 
so’zidan qaytmay. 
Boburshoh qovunni hidlab-hidlab, uni tilmoqchi bo’libdi. Qovun pichoq tegar-tegmas tarsillab 
yorilib ketibdi. Boburshoh bog’bonga qarab:-Yolg’on gapiribsan, qovunni qayerdan keltirganingni ochiq 
aytasan. Bunday hidli, tilni yoradigan qovun faqat men bilgan o’lkadagina bitadi. Sen mening savolimga 
to’g’ri javob bermading, qahrim qattiqligini bilasan-a,-debdi. 
Oliyhazrat, aldasam boshimni tanamdan judo qiling, mayli roziman. Siz ko’rib turgan qovun “Bog’i 
Boburiy”da bitgan,-debdi bog’bon yana bilmagan bo’lib. Tilda shunday debdi-yu, o’zini bilmaganga olibdi. 
Boburshoh qovunni so’yib, bir tilim olibdi-da uni yeya boshlabdi. Qovun shirinligidan tilni yorar emish. 
So’ng Boburshoh yana bog’bonga debdi:- Yo’q, sen meni aldayapsan, bunaqa shirin tilyorar qovun bu 
yerlarda bitmaydi. Boshqa joydan keltirgansan. To’g’risini aytsang gunohingdan kechaman. Bordi-yu
meni aldab yana yolg’on gapirgan bo’lsang, boshingni tanangdan judo etaman,- debdi. 
Boburshohni aldab bo’lmasligini bilgan bog’bon rostini aytishga majbur bo’libdi. – Farg’ona 
viloyatidan keltirdik, -debdi ko’ziga yosh olib. Bog’bonning gapidan Boburshohning ko’ngli buzilib 
yig’lab yuborishiga ozgina qolibdi. Bog’bon:- Shohim, qovunni qayerdan olib kelganimni bilib oldingiz. 


45 
O’limim oldidan men ham sizdan bir so’rovimga javob qaytarishingizni tilayman,- debdi. – Qovun bu 
yerdan emasligini qayerdan bildingiz?- debdi. 
Hidi, pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va tilyorar shirinligidan ona yurt qovuni ekanligini 
angladim. Rahmatli otam bog’idagi polizda shunaqa shakarpalak ko’p bitardi. Uzoq Hindu yurtida meni 
qovun bilan siylaganing uchun gunohkor bo’lmay, in’om-ehsonga loyiqsan, debdi. Boburshoh bog’bonga 
rahmat aytib, bosh oyoq sarpo beribdi. 
Mazkur dars materialini hikoya qilib bo’lgach, dars matnida ilgari surilgan mashhur shoir va davlat 
arbobi Mirzo Boburshoh hayoti haqida va uning amalga oshirgan ishlari haqida atroflicha ma’lumot 
beraman. Mirzo Boburning uzoq Hinduda o’z ona Vataniga sevgisi, mehr-muhabbati, sadoqati o’ziga xos 
tarzda asoslangan. Ona Vatan zaminning sahovatini birgina qovun orqali “Uning hidi, tilimi, pichoq tegar-
tegmasdan tarsillab yorilib ketadigan va shirinligi tilni yorar bunday qovun men bilgan bir o’lkadagina 
bitadi”, degan iboralari Mirzo Boburshohning o’zi yashagan ona tabiatiga yaqinlik, uning har bir ekini, 
narsalari muqaddas, e’zozli, qadrli ekanligini, o’sha zaminga bo’lgan hurmati, e’tibori, sadoqati, mehr-
muhabbati bog’bonning qovunni “Farg’ona viloyatidan keltirdik”, degan gapi Boburshohning butun 
vujudiga, hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgani, uning ko’ngli buzilib yig’lab yuborishiga ozgina qolganligi 
kabi satrlar Boburshohning o’z ona Vataniga bo’lgan milliy tuyg’uning shakllanganligini isbotlaydi. 
Yuqoridagi Boburshohning bog’bon bilan bo’lgan muloqoti uning o’ta zehnli, fahmli, axloqli, 
madaniyatli, hamda yuksak ma’naviyat sohibi bo’lganligini ko’rsatadi. Bog’bonning qovunni bu yerning 
qovuni emasligini qayerdan bildingiz deb bergan so’roviga, “Hidi pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va 
tilni yorar shirinligidan ona yurt qovuni ekanligini angladim”. “Rahmatli otam Bog’idagi polizda shunaqa 
shakarpalak ko’p bitardi” gaplari orqali Boburshohning o’zi yashab o’tgan ona yurtiga cheksiz muhabbat 
va ajdodlarga sadoqat, xotirlash kabi ma’naviy me’rosga hurmat, e’zoz, qadrlash sifatlari mujassamlashgan. 
Ana shunday yuksak milliy ma’naviy qadriyatlarni o’zida tarkib toptirgan Mirzo Boburshoh kabi 
hamyurtlarimizga hozirgi umum ta’lim maktab o’quvchilarida hurmatni, e’zozni, qadr-qimmatni 
rivojlantirish xullas butun o’tmish turmush tarzidan ibrat olish va uni amalda qo’llash bilan bog’liq 
ko’nikma va odatlarni tarbiyalash boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifasi bo’lmog’i darkor. 
Shu jumladan o’quvchilarga mlliy qadriyatlarimizni to’liq va to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berishimiz 
uchun “Qovun sayli” didaktik o’yini o’tkaziladi. 
O’yin sharti: 
Qovun rasmi chizilgan maketlar magnet doskaga betartib yopishtiriladi. Bunday ko’rinish polizni 
ifodalaydi. Guruhlarga bo’lingan o’quvchilar jamoasi polizdan qovun terishni boshlaydi. Tashkil etilgan 
uchta guruhdan bittadan o’quvchi doskaga chiqib polizdan qovunlarni terib olish topshirig’ini oladi. 
O’yinda eng ko’p qovun tergan guruh g’olib bo’ladi.qovun terish uchun magnit doskasidagi qovunlardan 
bittasini oladi va orqasiga yozib qo’yilgan Mirzo Bobur hayoti, ijodi va faoliyatiga oid berilgan ta’riflarga 
javob beradi. Ta’rifga to’g’ri javob bergan o’quvchi qovun uzishda davom etadi. Aksincha ta’rifga noto’g’ri 
javob bergan o’quvchi qovunni yorib qo’ygan hisoblanadi va u o’rniga jamoasidan boshqa o’quvchi chiqib 
o’yinni davom ettiradi. O’yinda eng ko’p qovun uzgan guruh g’olib sanaladi. O’yin shu tariqa davom etadi 
va g’olib guruh a’zolari rag’batlantiriladi. 
X. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga savollar beraman. 
Boburshoh nima uchun uzoq Hinduda bog’ yaratishni ma’qul ko’rdi? 
Nima uchun o’zga yurtda Boburshoh bunday ezgu ishni amalga oshirdi? 
Boburshohning bu ishi uning qanday ma’naviy tarbiyalanganligini ko’rsatadi? 
Boburshohning aql-farosati, zehni nima uchun bog’bonning yolg’on gapirganligini fosh qildi? 
Buning sababini siz nimada deb o’ylaysiz? 
Nima uchun Boburshoh bog’bonni jazolash o’rniga unga rahmat aytib, boshdan oyoq sarpo bilan 
siylaydi? 
Boburshohda ona vatanga, uning tabiatiga, ajdodlarga sadoqatini, va mansubligini qanday 
izohlaysiz? 
Sizlar yana Boburshohga o’xshagan qaysi ajdodlarimizni bilasizlar? 
kabi ko’plab savollar bilan o’quvchilarga ma’naviy kuchli tarbiyaviy ta’sir ko’rsataman. 


46 

Download 4,42 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI DARSLAR JARAYONIDA MILLIY

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish