O‘QUVCHIDA ILMIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

O‘QUVCHIDA ILMIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA 
ONA TILINI O‘RGANISHNING O‘RNI (BOSHLANG‘ICH) 
Temirova Dilrabo Norboyevna 
Navoiy shahridagi 6- maktabning Boshlang’ich sinf o’qituvchisi. 
Abdurahmonova Dilfuza Norboyevna 
Navoiy shahridagi 2- maktabning Boshlang’ich sinfo’qituvchisi 
 
O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini 
shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o‘quvchini shaxs 
sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko‘rsatilgan omillar tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda 
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi: 
Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan 
iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang‘ich sinflarda tilni o‘rgatishning yetakchi yo‘nalishi 
o‘quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi. 
Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg 
mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o‘zicha yashamaydi. 
Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi)ni 
o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo‘lib, uni amalga oshirish 
o‘quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan hodisa 
sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning 
rivojlanuvchanligi va o‘zaro bog‘langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi. 
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki 
qoidalarni o‘quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini 
to‘g‘ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o‘qituvchining tutgan metodologik 
yo‘lining aniqligi, o‘quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o‘rgatishga asos bo‘ladigan til 
materialining yuqori sifatli bo‘lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. SHubhasiz, har bir omil maktab 
tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo‘lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to‘g‘ri, maqsadga muvofiq 
ta’siri ijobiy natija beradi. 
Tilning rivojlanishi, ayrim so‘zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, 
sifat, son, fe’lni o‘rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o‘rinda «So‘zning tarkibi» bo‘limi katta 
imkoniyatga ega. O‘quvchilar bu bo‘lim materiallarini o‘rganish jarayonida tilimizning yangi so‘zlar bilan 
boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so‘z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko‘pgina yangi 
so‘zlar tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: 
limon tipida limonzor, suvchi tipida bo‘zchi kabi. Tilda yangi so‘zning paydo bo‘lishi o‘zidan keyin 
bir xil o‘zakli so‘zlar guruhining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi. 
Boshlang‘ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o‘rganilmaydi. Tilga jamiyatning 
rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratpsh muhim 
ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo‘lgani 
uchun, til leksikasi misolida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning 
rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz 
berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish 
haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi. 
Tildan bilim berishda o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O‘qituvchi nazariy 
xarakterdagi umumlashtirish zarur bo‘lgan daliliy materiallarni yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni 
amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga 
oid bilimni o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutk faoliyatining sifati o‘zgaradi, ongliligi ortadi. 


38 
Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog‘liqligini 
hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig‘indisi bilan rivojlanishda ko‘rish ko‘nikmasini 
ta’riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o‘quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o‘z navbatida, ular 
kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o‘rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari 
o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko‘nikmasini egallab boradilar. Keyingi 
yillarda o‘quvchilarning o‘quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo‘lmoqda. Tilni o‘rganishda 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni 
kuzatish asosida o‘quvchilarning o‘zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini 
maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi. 
Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yani fonetikasi, 
leksikasi, so‘z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga 
asoslanadi. 
Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik 
birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo‘ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim 
xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. 
Har bir so‘zga xos bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning tovush 
qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to‘g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi 
emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. 
Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisi so‘zdir. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr 
ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos qurilish materialidir. 
Tilning lug‘ati qanchalik boy bo‘lsa ham grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi. Tilnnng lug‘at boyligi 
o‘z-o‘zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug‘at boyligidagi so‘zlar 
bir-biri bilan grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr 
ifodalanadi. 
Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. 
Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma’nosi va qo‘llanishi 
nuqtai nazardan so‘z; grammatika uchun so‘z shakllari, shuningdek, so‘z birikmasi va gap; so‘z yasalishi 
uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so‘z hisoblanadi. 
So‘z, so‘z birikmasi va gap grammatik tomondan ko‘pgina xususiyatlarga ega. So‘zning o‘z 
morfemik qurilishi, o‘zining so‘z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik 
va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So‘z birikmasi ham so‘z kabi so‘z o‘zgarishi (ko‘proq ergash 
so‘z o‘zgaradi) shakllariga ega. Gap o‘z qurilishiga ko‘ra so‘zdan sifat jihatdan farqlanadi: so‘z o‘zi alohida 
kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan 
tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap 
va so‘z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so‘zdan foydalanadi. Gap uchun qator 
sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir. 
Ona tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini 
hal qilishda maktabda ona tilini o‘rgatishga asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning 
haqiqiy tomoni, uning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-
tuyg‘ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa 
qiziqishini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o‘stiradi va ularning shaxsiy 
sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Keyigi yillarda maktab ona tili darsliklari 
va o‘qituvchilar uchun nashr qilingan qo‘llanmalar materiali mazmuniga qo‘yilgan talablar anchagina ortdi. 
Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy 
aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog‘lanishi, matnlarning g‘oyaviy-
mavzuviy yo‘naltirilganligi, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mosligidir. 
SHunday qilib, tilni o‘rganish jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash 
asoslarini shakllantirishga o‘qituvchining metodologik yondashuvi, o‘quvchilar o‘zlashtiradigan ijtimoiy 
hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o‘quvchilar o‘rganib oladigan bilish 
usuli, tilni o‘rganishga asos bo‘ladigan materialning bilim berishdagi, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati 
hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.O‘quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko‘p qirrali jarayon 
bo‘lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida 
hal qilinadi. Tilning har bir jihatining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rib chiqishning o‘zi ularning o‘zaro 
munosabatini, bir-biriga o‘tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo‘limlari o‘rtasidagi 
munosabatlar ham shunga o‘xshash murakkabdir. 


39 

Download 4,42 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘QUVCHIDA ILMIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish