41
shundagina o‘yin qiziqarli o‘tadi. O‘yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti- harakatlarini doimo kuzatib
turishi kerak. Chunki bolalar o‘yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar.
Psixologik olimlar o‘yinlarni to‘rt guruhga bo‘ladilar:
Funksional o‘yinlar.
Bu o‘yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu kichik
yoshdagi bolalar uchun harakterli bo‘lib, unda bolalar nima bilandir shug‘ullanadilar, turli predmetlar bilan
tanishadilar.
Qoidali o‘yinlar.
Bu o‘yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan
kifoyalanadi.Bunda ko‘rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi.
Rolli o‘yinlar.
Bu o‘yinda bolalar o‘zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o‘qituvchi, quruvchi
kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o‘ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga
harakat qiladilar.
Konstruktorli o‘yinlar.
Bu o‘yinning asosiy
mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog‘oz materiallarining
parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir. Konstruktorli
o‘yinlar asosan ikkiga bo‘linadi. Ijodiy o‘yinlar bolalar o‘zlari o‘yinning mazmunini, maqsadini,
qoidasini topadilar. Ijodiy o‘yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o‘yinlar tashkil qiladi.
Ijodiy
o‘yinlardan yana biri dramatik o‘yindir. O‘yinning mohiyati hikoya va yertaklardagi voqealarning
mazmunini tasvirlashdan iborat bo‘lib, ularda badiiy adabiyotlardagi
personajlar tasvirlanadi.
Qoidali o‘yin. Huddi xalq o‘yinlari singari qiziqarli bo‘lib, unda bolalar hayoti, o‘z tengqurlari va
kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar. Demak, barcha turdagi o‘yinlar bolalarning
kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini,
uchuvchilar,
kosmonavtlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi. Ko‘pchilik
o‘yinlarda didaktik o‘yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo‘lgan boshqa qo‘llanmalar foydalaniladi.
Didaktik o‘yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo‘lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat
birdan sho‘xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o‘qituvchi ayrim
bolalarga tanbex berishga majbur bo‘ladi va bu boshqarning o‘yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar
shunday vaziyat sodir bo‘lsa ham o‘yin qoidasi bilan birga qo‘shib tushuntirsa metodik jihatdan to‘g‘ri
bo‘ladi.
Demak, o‘quv jarayonida olib boriladigan mashg‘ulotlarda biz faqat og‘zaki usul bilan tushuntirish
bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi o‘quv axborotlaridan ham foydalanishimiz zarur. Bular sonli va
yozma ko‘rinishda, ovozli va tasviriy ko‘rinishda, xajmiy va harakatli ko‘rinishda,
elektron va boshqa
ko‘rnishlarda bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda biz
har bir didaktik o‘yin va vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan qaysi vazifani,
qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini bilib olamiz.