ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA BOSHLANG’ICH SINF O`QUVCHILARINING




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA BOSHLANG’ICH SINF O`QUVCHILARINING 
NUTQINI O‘STIRISH 
Maxmudova Muhayyo Qosimovna, Xoliqova Nafisa Komilovna
 
Navoiy shahridagi 6- maktabning Boshlang’ich sinf o’qituvchilari 
Boshlang ̳ich ta‘lim uzliksiz ta‘limning asosiy bo ̳g ̳inidir. Undagi ona tili ta‘limi bolalarning tafakkur 
qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o ̳zgalar fikrini anglash, o ̳z fikrlarini og ̳zaki va 
yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a‘zolari bilan erkin muloqotda bo ̳la olish ko ̳nikma va 
malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o ̳rinda ona tili ta‘limiga o ̳quv fani emas, balki butun ta‘lim 
tizimini uyushtiruvchi ta‘lim jarayoni sifatida qaraladi (1). 
Ona tili ta‘limi standarti ko ̳rsatkichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o ̳z fikrini 
savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o ̳rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi. Bu esa boshlang`ich 
ta‘limda o`quvchilarning nutqini o`stirish asosiy va muhim vazifa ekanligini ko ̳rsatadi. Binobarin, 
boshlang ̳ich sinf o’quvchilarida nutq o ̳stirish texnologiyasi orqali o’quvchilarning og ̳zaki va yozma 
nutqini rivojlantirishga, so ̳zamol bo ̳lishga, o ̳z fikrini mustaqil bayon qilishga, ijodiy qobiliyatlarini 
o ̳stirishga, tafakkur dunyosini boyitishga erishiladi.Boshlang ̳ich sinf o‘quvchilarida nutq o‘stirish 
texnologiyasidan samarali foydalanish o‘quvchilar faolligini oshiradi, lug ̳atini boyitadi, ayniqsa, ularning 
ona tili va o ̳qish darslariga bo ̳lgan qiziqishini ta‘minlaydi. Ma‘lumki, nutq - kishi faoliyatining turi, til 
vositalari (so ̳z, so ̳z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o ̳zaro aloqa va xabar, o ̳z 
fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi. Metodikada nutq o ̳stirish 
ikki xil yo`nalishda tushuniladi. Ya‘ni, agar o’quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko ̳zda tutilsa, nutq 
o ̳stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug ̳ati, sintaktik qurilishini, bog ̳lanishli nutqni) faol amaliy 
o ̳zlashtirish tushuniladi. Agar o ̳qituvchi ko ̳zda tutilsa, nutq o ̳stirish deganda, o’quvchilar tilning talaffuzi, 
lug ̳ati, sintaktik qurilishi va bog ̳lanishli nutqni faol egallashlariga yordam 
beradigan metod va usullarni qo ̳llash tushuniladi (2). Maktabda o’quvchilar nutqini o ̳stirishga ona 
tili o ̳qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o ̳stirish faqat ona tili va o ̳qish darslarininggina emas, 
balki o ̳quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san'at, musiqa 
darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o ̳tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir. 
Ona tili darslarida o’quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar, ular 
kuzatishni, o ̳ylashni va ko ̳rganlari, eshitganlari, o ̳qiganlari haqida to ̳g ̳ri bayon qilishni o ̳rganadilar. Ona 
tili darslari bolalar lug ̳atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to ̳g ̳ri tuzishni o ̳rgatadi. O ̳qish 
darsi va u bilan bog ̳liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o ‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar 
hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi. Bu 
darslarda bolalar 
nutqiga, uni shakllantirish va o ̳stirishga keng imkoniyat mavjud. Badiiy asarlarni o ̳qish, 
o ̳qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida ko ̳rganlarini 
hikoya qilish o’quvchilar og ̳zaki nutqini o ̳stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma nutqni o ̳stirish 
uchun keng imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o ̳rganish va o ̳qish darslarida o’quvchilar bajaradigan so ̳z 
birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda yordam beradi. 
Boshlang ̳ich sinflar o ̳quv dasturida «Ona tili, o ̳qish bolalarning lug ̳atini boyitish, bog ̳lanishli 
nutqni o ̳stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq 
ta‘sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir», deyiladi (1). Bu vazifalar grammatik mavzularni
o ̳rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug ̳aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi. 
Ona tili fani o’quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til 
vositasida ro ̳yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Til bilishning 
grammatik qonun-qoidalarini, ta‘rifini o ‘zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan 
amaliy foydalana bilish hamdir, ya'ni fikrni og ̳zaki va yozma shaklda to ̳g ̳ri, tushunarli va savodli ifodalay 
bilishdir. Bunga erishish uchun ona till darslarida lug ̳at ustida ishlashga alohida e'tibor qaratish lozim. 
Lug`at ishida so`zning ma'nosi, talaffuzi va imlosi e‘tiborda tutiladi. 
Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o’quvchilarning ulardan nutqda 
foydalanishlariga erishish, o`zgalar nutqini anglashlarini ta‘minlashdir. 
Buning uchun o`qituvchi ona tili darslarida qo ̳llangan har bir so`zning va ta‘limiy 
jarayonlarda: ekskursiya, o`zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so`zlarning ma‘nosiga e‘tibor 
bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak. Tilning lug`at 
boyligini o’quvchilar tomonidan o`zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so`zlar va ularning ma‘nolari 
quyidagicha tanishtiriladi: 


47 
O’quvchilarni notanish so`z va iboralar bilan tanishtirish. 
O’quvchilar darslikdagi so`z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo`lishi mumkin. Bu so`z 
yangi paydo bo`lgan so`z bo`lmasa ham, o’quvchi so`zning ma'nosini bilmaydi, demak, o’quvchi uchun 
yangi so`z hisoblanadi. Masalan, 1-sinf «Ona tili» darsligida habib (do‘st), darparda (oyna o‘rniga shaffof 
qog‘oz yopishtirilgan deraza parda), mag`rur (kekkaygan, mag‘rur — kamtar), kamol (har tomonlama 
yetuk, to‘kis, kamol topmoq — xazon bo`lmoq), xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (do‘st, birodar, 
qarindosh-urug‘), safdosh (harbiy xizmatda birga, tashkilotda birga), sarkarda (qo‘mondan, lashkarboshi), 
zeb (bezak, ko‘rk, husn), qasr (hashamatli saroy, ko‘shk) kabi so`zlarga duch keladilar. Bunday so`zlarning 
ma'nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo`li bilan, qarama-qarshi ma'noli so`zlar bilan, izoh berish yo`li 
bilan, gap tuzish orqali ma'nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish yo`li bilan tushuntirish 
mumkin. Bunday ishlash o’quvchilarda so`z ma'nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi. 
O’quvchilarni so`zning yangi ma`nolari bilan tanishtirish. 
O’quvchilar ko`p ma'noli so`zlarning bir ma'nosini tushunsa, boshqa ma'nosini bilmas-liklari 
mumkin. Bolalar so`zlarning hamma ma‘nolarini birdaniga o`zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma'nosini 
o`zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.1-2-sinflarda o’quvchilar ko`p ma‘noli so`zning bir-ikki 
ma‘nosi bilan tanishsa, 3-4-sinflarda yana boshqa ma'nolarini bilib oladi. Bunda tasviriy ifodalar, iboralar, 
ma‘nodosh, shakldosh, zid ma‘noli so`zlarning ma‘nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi.
Xususan, 1-sinf darsligida «Xiva ona tarix tilmochi», «urush yo‘lini taqqa bekilik», «biz ma’nosiga 
zeb bersak», «rediskaga akaman», «karvon bo‘lib kelamiz» («Turnalar»), «chehrasiga tabassum yugurdi», 
«bahor oq bulutni yetaklab ketdi», 2-sinf darsligida «dov-daraxtning soch-soqolin qirishdi», «Biz oqlagan 
daraxtlar oppoq paypoq kiyishdi» kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash o’quvchini so`z va 
iboralardan nutqda to`g`ri va o`rinli foydalanishga undaydi, nuqtaning emotsionalligini oshiradi. 
O’quvchilar tilida kam qo„llanadigan so„zlar ma‟nosi ustida ishlash. 
Adabiy tilga oid ba'zi so ̳zlar o’quvchilar nutqida kam qo ̳llanadi. Bu so ̳zning ma‘nosini o’quvchi 
yetarli darajada tushunmaydi. Uning o`rnida oddiy so`zlashuvga doir, eskirgan yoki shevaga oid so`zlarni 
qo`llaydi. O`qituvchi ularni kitobiy so`zlar bilan almashtirish uchun nutqda qo`llashga majbur etadigan 
vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirishi zarur. Masalan, jim — tinch ~ osuda —osoyishta, yurakdan -
dildan, soat strelkasi — soat millari, garmdori — qalampir, rayon — tuman kabi. So`zlarning qo`llanishini 
faollashtirish uchun yozma ishlar o`tkazilayotganda ham o’quvchilar e'tiborni ayrim so`zlarni boshqasi 
bilan almashtirishlariga qaratiladi. 1-sinfda rasmlar asosida og`zaki hikoya tuzayotgan o’quvchilarning 
nutq birliklari bir-biridan farqli bo`lishi, biri ikkinchisining so`zini qaytarmasligi talab qilinadi. 
Masalan, Shirinsuxan-shirinso‘z, nasim- tonggi yel (shamol), tanbeh berdi - dashnom berdi, zilol 
suv- tiniq suv, kichik - mo‘jaz, tik - adil, nafis - nozik kabi. Yozma bayon ozishga tayyorlanish jarayonida 
ham (2-sinf) so`zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so`zlar tanlashga e'tibor berish lozim. 
Yangi paydo bo`lgan so`z ma`nolari ustida ishlash. 
Shunday so`zlar darslikda kam qo`llanadi. Sunday so`zlarning bolalar hayoti bilan bog`liq 
bo`lganlarini ajratib olib ―Bilib qo`ygan yaxshi» rukni ostida ishlansa, o’quvchining nutqi zamon bilan 
baravar rivojlanib boradi. 
Grammatik atamalar ma`nosi bilan tanishtirish. 
Avvalo, grammatik atamalarning to`g` ̳ri talaffuzi, imlosi o`rgatiladi. Shundan so`ng misollar asosida 
uning mazmuni ochiladi, so`ngra o`qitish va mashqlar bajarish orqali 
o’quvchilarning atama ma'nosini to`laqonli anglashlariga erishiladi. 
Lug`at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi: 
So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko ̳chma ma‘noli so`z va iboralar, paronim 
so`zlar, shakldosh so`zlar ma‘nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo`llaniladi Masalan, ziyrak - zirak: 
odamning xususiyati (sezgirligi) - ziyrak; quloqqa taqiladigan taqinchoq - zirak. Bu so`zlarning talaffuzi 
ham ikki xil. 
So‘zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma’nosini va talaffuzini o‘rgatish. Bu usul 
o`zakdosh so`zlarni o`rganish jarayonida, ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil kabi sifatlarning ma‘no nozikliklari, 
imlosi, talaffuzini o`rgatishda qo`llaniladi. Masalan, o’quvchilar guldon, gulchi, gulli, gulsiz so`zlarining 
tarkibini kuzatadilar, bu so`zlar ma‘nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so`zlar hisobiga boyib 
borishini anglay boshlaydilar. Shu o`rinda o`qituvchi so`zlarni o`z so`ziga aylantirish orqali aniq fikr 
yuritishga o`rganish o’quvchining burchi ekanini aytishi lozim. 
So‘zlarni belgilariga ko‘ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo`lib, u ona tili 
mashg ̳ulotlarida o’quvchilarning so`z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so`zlarning anglatayotgan 


48 
ma‘nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi. Guruhlash kuzatish va 
taqqoslash usuli bilan bog`liq. So`zlarni guruhlash uchun, avvalo ular kuzatiladi, so`ng 
taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o ̳xshash va farqli tomonlari ajratiladi: 
Masalan, qavm-qarindoshlik bo ̳yicha guruhlash quyidagicha bo ̳lishi mumkin: 
Ota urug`i: ota, amaki, amma, dada, buvi, buva. 
Ona urug`i: ona, xola, tog‘a, buvi, buva.. 
Sifatlarda xususiyat bildiruvchi sifatlar (sho‘x, og‘ir, bosiq, aqlli, aqlsiz, hissiz, 
andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va hokazl.), ta‘m bildiruvchi sifatlar (shirin, 
achchiq, nordon, taxir, shoir, mazali, bemaza, chuchmal va hokazo) va shu kabilar guruhlash musobaqasi 
tarzida uyushtirilishi mumkin. Shuningdek, so`zlarning izohli lug`atini sinf yoki maktab miqyosida tuzib, 
osib qo`yilib, umum iste‘molga kiritish mumkin. Bunda «O‘quvchilar pochtasi» tashkil etilishi ham 
mumkin. O’quvchilar qaysi so`zning ma'nosini bilib olishda qiynalsalar, shu so`zni yozib yashilikka 
tashlaydilar. 
Hafta oxiridagi darsda shu 
so`zlar ma'nosi, imlosi, izohi ustida ishlanadi. Boshlang`ich sinf o`qish darslari ham nutq o`stirishda 
alohida o ̳rin tutadi. Zero, nutq tafakkur bilan bog`liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog`liq holda 
o`stiriladi. O`qish darsida o ̳qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g`oyasini anglab 
yetishi uchun tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo`llanadi. O`qilgan asarni 
analiz qilishda har xil usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni 
aytadilar, o`qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi 
shaxslarni o’quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo o qituvchi ularni asarda qatnashish 
tartibida aytishni so`raydi. Natijada o`qituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. O`qituvchi 
bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi. Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi 
tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya'ni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini tahlil qilishni talab 
etadi. O`qish bilan bog `liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablasha boradi. 
Boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o’quvchilar nutqining o`sish darajasi to`g`ri uyushtirilgan qayta 
hikoyalashdir. Maktab tajribasida to`liq qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. 
Boshlang`ich sinf o’quvchilari 
uchun matnni to`liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan 
muhimroqdir. O’quvchilar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, 
xarakterli xustisiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. O`qituvchining savoli asar 
qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati qayerda va qanday sharoitda yuz bergani 
haqida so`zlab berishga, voqealarni izchil bayon qilinishga va o`zaro bog`liqligini yoritishga yo`naltirilishi 
lozim. O’quvchi o`qilgan asar mazmunini o`qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan 
emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o`zaro bog`lanadi (sintezlanadi), bir- biriga 
taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi. Ko`pincha boshlang`ich sinf 
o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba'zan noto`g`ri yoki yuzaki 
tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. Shuning uchun ham o`qituvchisavolni juda 
o`ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o`ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, 
voqealarning bog`lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni o`zaro qiyoslashga, ijobiy va 
salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo ̳lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-
harakatini qanchalik aniq ko`z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur 
tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi. O`qilgan asar mazmunini o`zlashtirish ustida 
ishlashdagi keyingi bosqich qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga 
bo`linadigan, bu bo`limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib 
hikoyalashga o`rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o`qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo`ygan qismini 
o`qiydi va o’quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar ba‘zan 
asardagi so`zlardan foydalanadilar. Bu o’quvchilarga qiyinlik qilsa, bo`limdagi asosiy fikrni o`z so`zlari 
bilan aylib berishlari mumkin. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o ̳stirish 
vositalaridan biridir. 
Tanlab hikoyalashda o’quvchi: - o`qilgan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda 
ajratib so`zlab beradi; - hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; - hikoya mazmunini faqat bir sujet 
yo`nalishida so`zlab beradi. 
O’quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o`qilgan matnni tahlil qiladi. Sunday tahlil bolalar 
tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o`stiradi va o`qilgan matn mazmunini o`zlashtirishga yordam 
beradi. Hikoyani o`qish bilan bog`liq holda o`tkaziladigan ijodiy ishlar ham o’quvchilar nutqini, tafakkurini 


49 
o`stiradi. Ijodiy qayta hikoyalashda o`qilgan hikoyaning sharoiti yoki shakli o`zgartirib hikoya qilinadi. 
Bunda hikoyani yangi epizodlar bilan to`ldirib hikoya qilish ham mumkin. Ko`rinadiki, boshlang`ich sinf 
ona tili va o`qish darslarida o’quvchilar nutqini o`stirishning, tafakkurini rivojlantirishning turli shakllari 
bo`lib, ulardan samarali foydalanish har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisining eng muhim vazifasi sanaladi. 
Zero, nutq o`stirish ishlari metodik jihatdan to `g`ri tashkil qilinsagina o`zining samarasini beradi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 
Qosimova K., Matchonov S., G`ulomova X., Yo ̳ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o`qitish 
metodikasi. – Toshkent,―Nosir, 2009. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA BOSHLANG’ICH SINF O`QUVCHILARINING

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish