O‘QUVCHINI JISMONIY TARBIYALASHDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIK
Toshov Murod Xalilovich
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi
Har bir pedegogik jarayonning asosini uzviylik va uzluksizlik tashkil etadi. O‘qitish yoki tarbiyalash
jarayonlari mazkur tamoyillar negizida o‘z mazmunini yanada mukammal boyitib boradi.
Jumladan,
pedagogikaning bir qismi hisoblangan jismoniy tarbiya va sport ham uzluksizlik,
uzviylik va izchillik kabi
tamoyillar negizida amalga oshirishni taqozo etadi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasi amaliy va nazariy jihatlari bilan ajralib turadi. Bu esa sohani amalga
oshirishda yuqorida aytib o‘tilgan uzluksizlik va uzviylik tamoymillari qo‘llanilishini ko‘rsatadi. Jismoniy
tarbiya va sportda amaliy bilimlar, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi uzluksizlik va uzviylikni talab etadi.
Respublikada 2000 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan va dunyoda yagona hisoblangan uch bosqichli
sport musobaqalari tizimi – «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada
sport musobaqalari aynan
ta’lim tizim hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarining uyg‘unlashtirilgan, bir-biriga yo‘g‘rilgan shakli
hisoblanadi. «Milliy model» nomini olgan mazkur sport musobaqalari tizimi ta’lim
tizimining uchta asosiy
bosqichini qamrab oladi, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim bosqichlarini.
O‘quvchi va talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mazkur sport musobaqalariga tayyorlanadilar. Sport bilimlari
258
oshishi, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi asnosida o‘quvchi va talab yoshlarning salomatlik darajasi ham
yaxshilanib boradi. Ular orasida sog‘lom turmush tarzi shakllanadi.
Respublikamizda aholi salomatlik darajasini aniqlash va oshirish masalasi hukumatimizning doimiy
diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bu o‘rinda aholining barcha qatlamlari, xususan, ta’lim tizimini ham qamrab
oluvchi «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu test me’yorlari O‘zbekiston
Respublikasi aholisining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qatlamini o‘z ichiga oladi. Mazkur test me’yorlari
ham ta’lim tizimidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashda katta ahmiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Yuqorida aytilgan sport musobaqalari va test me’yorlaridan tashqari jismoniy tarbiya darslari va darsdan
tashqari sport to‘garaklari ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Umumta’lim maktablari, Akademik litsey va ksb-hunar
kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari DTS asosida o‘qitilib kelinayotganligi,
darsdan tashqari sport to‘garaklarining tashkil qilinganligi jismoniy tarbiya va
sportdagi uzluksizlik hamda
uzviylikning amaliy ifodasidir.
Yoshlarning sportga qiziqishlari ortishi, salomatlik darajasi yaxshilanib borishida ta’lim tizimiga jismoniy
tarbiya va sport chuqur kirib borganligining natijasi, deb tushunish mumkin. Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya
va sport harakatini aniq tasavvur qilish uchun quyidagi rasmni misol tariqasida keltirish mumkin.
Umuman, jismoniy tarbiya va sport sohasi amaliy xarakterda ekanligi, doimiy mashg‘ulotlar va
shug‘ullanishlar natijasida rivojlanishi bilan ajralib turadi. Shu sababli sohani rivojlantirish, uni yanada yuqori
bosqichlarga olib chiqish yuqorida aytilganidek uzviylik va uzluksizlik asosida amalga oshadi.
Hozirda ko‘pgina
mutaxassislar, yetakchi olimlar jismoniy tarbiya darslarini, xususan, umumta’lim
maktablarida tashkil qilinayotgan jismoniy tarbiya darslarini yanada takomillashtirish masalasi ustida tadqiqotlar
olib bormoqdalar. Ma’lumotlarga ko‘ra jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarning harakatga ehtiyojining 10 – 11
%ini qondirar ekan. Shunga ko‘ra aytib o‘tish kerakki, o‘quvchilarning harakatga ehtiyojini to‘la
qondirish
maktab va sinfdan tashqari jismoniy tarbiya ishlari orqali amalga oshiriladi.
O‘quvchi hamda talaba yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada qiziqtirish,
ularni sport
mashg‘ulotlariga keng jalb etish mazkur sohada uzluksizlik va uzviylikning mazmunini tashkil etadi. Ushbu
jarayonlarni tizimli yondashuvlar asosida, maqsadli tarzda amalga oshirish samardorligi yuqori hisoblanadi.