252
Voleybolchilarni tayyorlashda va texnik mahoratini shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur
omillardan biridir. Yuqori darajada rivojlangan egiluvchan qobiliyatiga ega bo‘lgan voleybolchi «most»
holatidan keskin halos bo‘lish kabi texnik malakalarini mohirona ijro etishga muyassar bo‘ladi.
Egiluvchanlik asta-sekin, uzoq muddatli mashg‘ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni
rivojlantirishga oid mashg‘ulotlar biroz to‘xtatib qo‘yilsa, bu sifat keskin yo‘qolib ketishi yoki susayishi
mumkin.
Voleybolda qo‘llaniladigan usullar(texnik) malakalarni o‘z egiluvchanlikni shakllantirib boradi. Lekin,
buni o‘zi ushbu sifatni to‘laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifatni samarali takomillashtirish
uchun mushak, pay, bo‘g‘imlarni cho‘zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin-asta
muntazam qo‘llash kerak bo‘ladi.
Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda bu sifatni
rivojlagtirish extiyotkorlikni talab kiladi. Zo‘rma-zo‘raki va keskin tarzda qo‘llangan mashqlar mushak, pay,
bo‘g‘imlarni shikastlanishiga, hatto og‘ir jarohatga olib kelishi mumkin (23).
Malakali voleybolchilarni tayyorlashda, bundan tashqari chaqqonlik va kuch sifatlarini rivojlantirish ham
alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlab o‘tish joizki, o‘quv-trenirovka jarayonida barcha jismoniy sifatlarni garmonik
ravishda rivojlantirish mahoratli voleybolchilarni tayyorlash garovidir.