256
Ko‘zingga qumu, paxta
Shu so‘zni aytib bo‘lganlaridan so‘ng orqalariga qaramaydilar, qolgan o‘yinchilar esa har tomonga
tarqalib yashirinib oladilar. Yashirinib olganlaridan so‘ng ular turli joylarga, chuqurlarga, butalar, daraxtlar,
predmetlar orasiga yashirinishlari mumkin. Shundan so‘ng o‘yinboshilar yashiringan o‘yinchilarni maydon
o‘rtasiga olib keladilar. Agarda yashiringan o‘yinchilarni bitta yoki ikkitasini topolsalar, unda o‘yinboshilar
o‘rtaga chiqib biz yengildik, deb aytadilar. Maydon o‘rtasiga olib keladilar.
O‘yin qoidalari. 1. Ro‘mol boshni siqmaydigan qilib bog‘lanishi lozim. 2 Agar ro‘mol adras bo‘lmasa,
ko‘p qatlamlilik bo‘lishi shart. 3. Har ikkala tomonda o‘ynovchilarining yangi nomlari sir saqlanishi kerak. 4.
Chertayotgan o‘ynovchi og‘ritmasdan sekin chertishi darkor.
Pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda diqqat-etiborni, sezgirlik qobilyatlarini tarbiyalaydi. O‘yin
chidamlilik, epchillik, tezkorlik, aniq mo‘ljal olish sharoitlarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga
xos harakati sekin bildirmasdan yurishdir.
"ChORI-ChANBAR " O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalarda ziyraklik va epchillikni tarbiyalaydi. Bu o‘yinni turli fasllarda
o‘ynasa ham bo‘ladi. O‘ynovchilar oyoqlarini cho‘zib, qo‘llari bilan tizzalarini silab turishadi. Qur’a tashlab
o‘yinboshi aniqlanadi. Diametri 6-8 m li doira chiziladi, bolalar doira bo‘ylab joylashadilar.
O‘yin tavsifi. O‘yinchilar baravariga quyidagi so‘zlarni ijro qilishadi:
Chori chambar
Bari anbar
Onaqiz qayda
Ola-bula tog‘da
Tog‘man zuvman
Piltakash to‘ti qiz
San tur, san chiq.
So‘zlar tugashi bilan o‘yinboshi ishora qiladi, hamma oyoqlarini tortib olishlari, ya’ni tizzadan bukishlari
lozim.
O‘yin qoidalari. 1. So‘zlarni to‘g‘ri va chiroyli talaffuz qilishga e’tibor qilinadi. 2. Kim oyog‘ini oxirgi
bo‘lib tortib olsa, unga raqsga tushish, qo‘shiq aytish, she’r aytish vazifasi yuklatiladi. Z. Ishora bo‘lmasdan
oyoqni yig‘ib olgan o‘ynovchilar ham jazolanadi.
O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda ziyraklik, epchillik, og‘zaki nutqni, harakatni aniq
bajarishni tarbiyalaydi. O‘yinda chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik, kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam
beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakati – oyoqni tez tortib olishdir.