257
O‘zbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Marg‘ilonda shu turga moslashtirilgan o‘yingoh
barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat
birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada o‘tkazila boshlagan. O‘zbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan
ortiq murabbiy qo‘l ostida Yengil atletika bilan shug‘ullanadi, murabbiylardan 3 nafari O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan sportchi, 10 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). O‘zbekistonlik
Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada o‘yinlarida qatnashadi.
Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100
m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin
(langarcho‘p bilan sakrash, 1988) kumush medalni qo‘lga kiritgan, Ramil G‘aniyev (o‘nkurash, 1996) 8-o‘rinni
egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga to‘siqlar osha yugurish) va Tatyana
Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch
marta sobiq Ittifoq chempioni bo‘lgan (1967— 69). Osiyo o‘yinlarida 1994 yilda Svetlana Munkova
(balandlikka sakrash), Ramil G‘aniyev (o‘nkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998
yilda Oleg
Veretelnikov (o‘nkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.
Bugun uning tarixi bilan bog‘liq ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladik.
1. Yengil atletikaning paydo bo‘lish sanasi miloddan avvalgi 776 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda qadimgi
Yunonistonda Olimpiya o‘yinlarida birinchi yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
2. Yengil atletikada pastdan start olish har doim ham bo‘lmagan. 1887 yilgacha start oldidan
yuguruvchilar shunchaki buyruqni kutishgan. Sprinter Sherill
kenguruning harakatini kuzatib, yangi holatni
taklif qilganda, hammasi o‘zgarib ketdi.
3. 1936 yilda Berlindagi Olimpiya o‘yinlarida yaponiyalik sportchilar Syuxey Nisida va Sueo Oe bir xil
natijani namoyish etishdi va ikkalasi ham ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo Yaponiya sport federatsiyasi Oeni
bronza medali bilan taqdirladi. Uyga qaytgach, sportchilar medallarini eritishdi
va yangi kumush-bronza
medallarini yasashdi.
4. Dastlabki Olimpiya o‘yinlarida marafon uzunligi doimiy ravishda 40 km dan 42,75 km gacha o‘zgarib
turdi. 42 kilometr 195 metrlik zamonaviy standart 1908 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yinlar masofasi sifatida
o‘rnatildi.
5. 10 000 metrga yugurish bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, efiopiyalik Xayle Gebreselassi
yugurish paytida o‘ziga xos ko‘rinish kasb etardi: chap qo‘li tanasiga bosilgan va gavdasi biroz egilgan edi.
Sportchining o‘zi buni har kuni ertalab chap qo‘lida kitoblarni bag‘riga bosgancha, maktabga 10
kilometr
yugurib, uyiga kechqurun qaytib kelishi bilan izohlaydi.
6. Yangi zelandiyalik yuguruvchi Myurrey Xalberg yoshligida regbi o‘ynagan, ammo o‘yinlarning birida
u jiddiy jarohat olgan va chap qo‘li falajiga olib kelgan. Ammo Myurrey sportni tashlamaslikka qaror qildi va
yugurishni boshladi. Iroda kuchi unga 1960 yilda Rimda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida 5000 metr
masofaga yugurishda oltin medalga olib keldi.
7. «Stadion» so‘zi miloddan avvalgi 776 yilda birinchi Olimpiya o‘yinlarida 192 metr masofaga
yugurilgan joyga tatbiq etilib, qadimgi yunoncha «stadiy» («bosqichlar») so‘zidan kelib chiqqan.
8. Yuqorida aytib o‘tilgan yugurish masofasida birinchi g‘olib oshpaz edi. Uning ismi elidalik Koreb edi.