253
shakllanadi. Bu ehtiyoj, o‘z
navbatida, bolaning mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatiga, sport faoliyatidagi
faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
«Motivatsiya» atamasi keng ma’noni bildirib va omillar, jarayonlarni degan ma’noni anglatadi ular turli
vaziyatlarda odamlarning harakatchanligi yoki loqaydligiga sababchi buladi.
Ushbu jarayon sabablarini tadqiq etish natijasida odamlar nima uchun
muayyan masalalarni hal
qilayotgan vaqtda yetarli darajada tashabbuskorlik bilan harakat qiladilar va nima uchun biror ishni yoki
qandaydir bir xatti-xarakatni ancha uzoq vaqt mobaynida bajaradilar degan savollarga javob topib,
ularning
sabablari izohlab beriladi.
Sportchilar sportning muayyan bir turi bilan shug‘ullanishi sabablari bizning o‘zimizning ham biror ishni
bajarishga majbur qiladigan sabablarga o‘xshash) g‘oyat xilma-xil bo‘lishi mumkin va ularni qandaydir
muayyan yo‘nalishlarga bog‘lash ma’quldir. Sportchi qaysidir bir jamoaning a’zosi bo‘lib qolishiga sabab
bo‘lgan motivlar bilan bir qatorda uni ochiq-oydin musobaqalarda qatnashishga hamda ochiq-oydin vaziyatlarda
muayyan tartibda harakat qilishiga undaydi, motivlar xam har xil bo‘ladi.
Muvaffaqiyat qozonishga o‘zida juda katta ehtiyoj sezadigan bola bilan shug‘ullanadigan
murabbiy
o‘zida shunday ehtiyojni kamroq sezadigan bola bilan mashg‘ul bo‘lgan vaqtdagidan ko‘ra o‘zini boshqacharoq
tutmog‘i kerak. Keyingi xolatda bolani qayta tarbiyalash, uni har bir yutuq uchun rag‘batlantirib turish, his-
hayajon bilan uni qo‘llab-quvvatlash hamda u o‘z kuch–g‘ayrati bilan yuqori natijalarga erishishi mumkin
ekanligini ko‘rsatib berish zarur.
Ilgari erishgan yutuqlari va o‘zining mustaqilligi tufayli ancha aniq maqsadni ko‘zlovchi xususiyati
shakllanib qolgan o‘smir bilan boshqacharoq ishlash lozim bo‘ladi. Goho o‘yinlarda yutqazib qo‘yganda uni
qo‘llab-quvvatlash yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrash havfi paydo bo‘lganda
unga dalda berish va uning
ko‘nglini ko‘tarib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, muvaffaqiyatga erishish uchun
motivatsiya darajasi yuqori bo‘lgan bolalarda ko‘p hollarda boshqalar bilan maxsus aloqa o‘rnatishga bo‘lgan
ehtiyojning susayish jarayoni ham kuzatiladi.