250
maqsad — tizimli mashg‘ulotlar yordamida har bir bolada jismoniy madaniyat
tushunchasini shakllantirish,
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
Shiddat bilan rivojlanayotgan asrimizda har bir kishi, ayniqsa, pedagog hayot talablariga javob berishi,
zamon bilan hamqadam bo‘lishi lozim. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi ham kasbiga professional yondashib,
o‘z oldiga bo‘lajak jahon chempionlari, hech bo‘lmaganda, jismonan sog‘lom insonlarni voyaga yetkazishni
maqsad qilib qo‘yishi zarur.
Darsni reja asosida olib boish o‘quvchining har safar bir xil mashqlarni bajarib zerikishining oldini olish
uchun eng to‘g‘ri yo‘l.
Harakatli o‘yinlar, estafetali musobaqalar bolalarning zavqini, darsga qiziqishini oshiradi. Natijada ularda
jismoniy tarbiya dars¬lari bahonasida epchillik, tetiklik, o‘ziga ishonch shakllanadi. Biroq ayrim muammolar
ham borki, ular darsning ko‘ngildagidek o‘tishi, o‘qituvchining o‘z mahoratini to‘la namoyon etishiga xalal
beradi.
Masalan, sinflarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi. Har bir sinfda 35—45 nafargacha o‘quvchi bor.
Tasavvur qiling, 45 daqiqalik darsda har bir o‘quvchiga 1-2 daqiqadan vaqt ajratish lozim. Bu esa ko‘p sonli
o‘quvchiga ega sinflarda individual shug‘ullanishga vaqt yetmaydi, degani. Tabiiyki, umumiy mashg‘ulotlar
bilan kifoyalanishga to‘g‘ri keladi.
Qolaversa, bolalarni tinchlantirish, ularning diqqatini jamlashga ham ko‘p vaqt ketadi. Axir, o‘rtacha 35
nafar ayni o‘yinqaroqlik qilib, yerga ursa, ko‘kka sapchiydigan yoshdagi bolalarni tartibga keltirish osonmas.
Jismoniy tarbiya fani — harakatlar majmuasi. Demak, dars jarayonida
kichik jarohat olish, kimgadir turtilib
ketish kabi holatlar yuz berib turadi.
Jismoniy tarbiya fanida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish davr talabiga aylandi.
Jismoniy
tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladigan Yevropa davlatlarida buning ilg‘or usullari allaqachon ishlab chiqilgan.
Masalan, o‘quvchi darsda o‘zi yoqtirgan sport turiga oid texnikani elektron vositalar yordamida o‘rganishi
mumkin. Yaponiyada esa bolalar 1-sinfdayoq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, imkoniyatiga mos sport turi bilan
shug‘ullanishi tavsiya etiladi. Deyarli barcha maktablarda basketbol, futbol va voleybol o‘ynash
uchun
maydonlar, hatto suv havzalari ham mavjud. Salomatligi yomonlashgan o‘quvchi bilan o‘qituvchi alohida
shug‘ullanadi. Ya’ni, salomatlik uchun foydali bo‘lgan sog‘lomlashtirish mashq¬lari bajariladi.
Buyuk
Britaniyada jismoniy tarbiya darsi eng muhim fanlar — matematika va ingliz tili qatorida turadi. Maktablarda
basseyn, kriket yoki futbol bilan shug‘ullanish uchun maydonlar qurilgan. Bolalar o‘ziga yoqqan sport turini
tanlaydi, biroq ayrim maktablarda qizlar balet bilan shug‘ullanishi majburiy.
Ha, individuallik muhim. Ammo jismoniy tarbiya darslarini universal tarzda o‘tishning ham ijobiy
tomonlari ko‘p. Masalan, o‘quvchi bir sport turi bilan kifoyalanmay, barcha ommaviy sport turlari texnikasidan
xabardor bo‘ladi, o‘g‘il-qizlar orasida uyushqoqlik, jamoaviylik yaxshi shakllanadi.
Zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, darslarni interaktiv usullarda o‘tish barcha fanlar singari
jismoniy tarbiya fani uchun ham muhim. O‘quvchilarga savollar
yozilgan kartochkalar tarqatib, bilimini,
estafetali musobaqalarda jismoniy imkoniyatlarini sinash mumkin. Har safar amaliy mashg‘ulotlarga kirishish
arafasida o‘quvchilarga 5—10 daqiqa nazariy bilim beriladi. Shunda o‘quvchilar faqat kuch emas, tafakkur ham
jismoniy tarbiya fanining muhim bo‘lagi ekanini anglaydi.
Ta’kidlash joizki, o‘quv rejasiga 2 soatlik shaxmat o‘yinining ham kiritilgani ayni muddaodir.