247
jarayon negizi ham yoshlarning g‘oyaviy –siyosiy, ijtimoiy ongini boyitishga qaratilgan bo‘lishi maqsadga
muvofiq.
Bugungi kun yoshlarini “o‘tmishning ertaklari” bilan tarbiyalash ancha mushkul, chunki akseleratsiya
davrida ulg‘ayayotgan bugungi avlod “real voqealarga asoslangan” ma’lumotlarga tayanadi. Shunga javoban biz
oiladanoq yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim.
Buning uchun oilada tashkil etilgan ta’lim tarbiya jarayonida qo‘yidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor
qaratish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi:
oilada sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirish;
bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va kamolga yetkazish sifatini oshirish;
oilalarda sog‘lom ma’naviy-ahloqiy muhitni shakllantirish, bolalarni tarbiyalash uchun munosib shart-
sharoitlar yaratish;
Tajriba va kuzatishlarimiz asosida shu narsaga amin bo‘ldikki, mazkur ustuvor yo‘nalishlar zamirida
yoshlar ijtimoiy faolligining to‘rtta tarkibiy komponentlari:
-yoshlarda globallashuv jarayoni talablariga mos ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishga;
-umuminsoniy va milliy demokratik qadriyatlarga sodiqlik asosida zamonaviy
keng dunyoqarash va
bag‘rikenglikni rivojlantirishga;
-ma’naviy-ma’rifiy tarbiya negizida yoshlarda mafkuraviy immunitet va milliy o‘zlikni anglashni
shakllantirishga;
-kreativ tadbirkorlik tafakkurni tarbiyalash zamirida yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga
erishiladi.
Xulosa qilib aytganda, oilalarda sog‘lom ma’naviy-ahloqiy muhitni shakllantirish, bolalarni tarbiyalash
uchun munosib shart-sharoitlar yaratishda jamiyatdagi barcha institutlar ya’ni, oila, ta’lim muassasalari, tegishli
vazirlik va idoralar,fuqarolik jamiyati institutlari ham faol ishtirok etishlari talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. – O‘zbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari to‘plami, 2017, 6-son, 70-modda
2.Tillayeva G. Ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi. –Toshkent: Falsafa va huquq in-ti, 2009. - 166 b.
3. Pedagogik atamalar lug‘ati. / O‘zbek, rus, ingliz tillarida/ O.Musurmanova va boshqalar. T.: “TURON
– IQBOL”, 2019.844