JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA INNOVASION TYEXNOLOGIYALARDAN




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA INNOVASION TYEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISH 
Abdullayev Abduqayum Abdulxayevich 
TVChDPI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi 
dotsent k. mudiri v.b 
Bugungi kunda ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va 
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan 
nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va 
malakalarni hosil qilish, shuningdek o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, 
ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchilardan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim 
darajasiga nisbatan kompetensiyaviy yondoshuvni talab etadi. 
Hozirda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba 
asoslarini tashkil etuvchi usullar interfaol usullar nomi bilan yuritilmoqda. Quyidagi ta’lim amaliyotida 
interfaol usullaridan “Aqliy hujum”, “Klaster”dan foydalanish borasida so‘z yuritamiz. 
Bu jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanib, ta’limni sifatini oshirish 
orqali, uni samaradorligini ta’minlashdir. 
Ma’lumki jismoniy tarbiya darslarida tushuntirish, ko‘rsatish, amalda bajarib ko‘rish 
uslubiyatlaridan keng foydalaniladi. 
Jismoniy tarbiya darslarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilish, o‘qituvchilarni aniq 
tafakkurini shakllantirish qaratiladi. Jismoniy tarbiya ta’limida reproduktiv ta’lim (harakatlarni namuna 
asosida o‘zlashtirish) o‘qituvchiga o‘zlashtirib kelgan usullar asosida bir turdagi andozadagi vaziyat 
bo‘yicha harajatlarni o‘zlashtirishga imkon beradi. O‘quv materialini aniq tushunarli qilib qayd etilgan 
o‘quv mahsulotlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilib alohida qismlarga ajratiladi. 
Ta’lim va mashq qilishning qidiruv modellari jismoniy tarbiyani mazmuni, tabiat va jamiyat bilan 
o‘zaro aloqasi, shaxsning tadqiqotchilik holatiga hamda faol-ijtimoiy faoliyatiga yo‘naltirishga imkon 
yaratadi. 
Ma’lumki ta’lim tizimi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy isloxatlarning 
barcha bo‘g‘inlarida muhim kasb etadi. 
O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturida oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish 
uchun innovatsion texnologiyalar tizimidan foydalangan holda o‘quvchilarni o‘qitishni jadallashtirishga 
erishish deb takidlangan. 
Shu boisdan ham jismoniy tarbiya mutaxassislarini innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyalash 
ta’lim sifatini va kadrlar tayyorlash saviyasini oshiradi. 
Bulajak jismoniy tarbiya mutaxassislarini o‘z mutaxassiliklari bo‘yicha innovatsion texnologiyalar 
asosida tayyorlashni komplekt ravishda amalga oshirish kerak. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni» 3-bandida ham «Ta’lim dasturlarini 
tanlashga tabaqalashtirishga yondashuv zarurligi alohida ko‘rsatilgan. Hozirgi vaqtda chet el ta’lim 
muassasalarining tajribalarini o‘rganish asosida yangi loyihalarni yaratish nihoyatda muhimdir. Bu borada 
jismoniy tarbiyada katta imkoniyatlar borligi va shu imkoniyatlardan foydalanish innovatsion 
texnologiyalardan foydalanmay turib o‘zlashtirishda yuqori samaraga erishish mumkin emas. 


240 
Shu bois oldimizda innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va tahlil qilish, ularni ma’lum 
qonuniyatlarga bo‘ysundirish va qaytadan ta’lim tizimiga joriy etish kabi murakkab va ko‘p bosqichli 
vazifalar turadi. 
Jismoniy tarbiya darslarini innovatsion texnologiya asosida o‘tkazilishi o‘z oldiga o‘qitish shakllarini 
maqbullashtirish vazifasini qo‘yishini jismoniy imkoniyatlarni hisobga olgan holda o‘qitish va bilimlarni 
o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash tizimli usulidir. 
Jismoniy tarbiya darslarida dars mavzulariga ishlov berish usullari tasnifi (masalan jismoniy tarbiya 
darsi mashqlarni yangi usullar yordamida o‘zlashtirish, ishlov berish texnologiyasini) bildiradi. Ta’lim 
texnologiyasi esa ta’lim oluvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularning ongini rivojlantirib borish san’ati, 
mahorati va usullari majmui to‘g‘risida ta’minot degan ma’noni anglatadi. 
Bu yerda shuni alohida ta’kidlash lozimki, innovatsion texnologiya metodlari (uni dastlabki 
tushunishda) dastlab ta’limni reproduktiv darajasi (harakatni namuna asosida o‘zlashtirish) ni egallash 
uchun ishlab chiqilgan edi. 
Bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishdan ko‘zlagan maqsad: 
birinchidan o‘qituvchilarni dars jarayonida o‘quvchilarni bilim faollgini, ijodiy mustaqilligini, esda saqlash 
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradigan o‘qitish va o‘rganishning noan’anaviy (yangi) usullari 
bilan qurollantirish, ikkinchidan: ularni o‘qituvchilarning sezgi, idrok, tasavvur, xissiyot, idoraviy xarakter 
kabi ichki ruxiy (mixik) 
faoliyatini ko‘chaytirish va dunyoqarashini tarkib topdirish aqliy rivojlanishga ko‘maq beradigan 
o‘qitish va o‘rganishning yangi noan’anaviy usullari bilan tanishtirishdan iborat. 
Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyani bog‘lanishi, bu 
shubxasiz ta’limga o‘ziga xos innovatsion yondashuvidir. Jismoniy tarbiya innovatsion texnologiyada 
fikrning ifodasi, ta’lim sohasida ta’lim jarayonini standartlashtirish bilan aniqlanadigan texnokratik ilmiy 
ongning tasviridir. 
Shunday ekan bugungi jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
ta’limning asosiy maqsadi va mazmuni tashkil etadi. Maqsadga yo‘naltirilgan, joriy natijalarni diagnostik 
tekshirish, ta’limni alohida-alohida o‘rgatuvchi epizodlariga bo‘lib chiqish, kabi ta’lim jarayonini 
to‘zishning barcha xususiyatlarini qayta tiklanadigan ta’lim sikli jarayonini tuzishning barcha 
xususiyatlarini qayta tiklanadigan ta’lim sikli g‘oyasiga mujassamlashtirish movfiq bo‘ladi. U quyidagi 
asosiy holatlarni o‘z ichiga oladi. 
Jismoniy tarbiyada ta’lim maqsadini umumiy tarzda qo‘yilishi; 
Jismoniy tarbiyada ta’lim maqsadlarini umumiy tarzda qo‘yishidan aniqlashtirishga o‘tish;
Jismoniy tarbiyada ta’lim olayotganlarning bilim darajasini dastlabki baholash; 
Jismoniy tarbiyada o‘quv sohasi bo‘yicha bajariladigan ishlar majmui. 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida natijalarni baholash. 
Ana shunday qayta tiklanadigan tuzilma tufayli o‘quv jarayoni modeli maqsadlarining shajarasi 
quyidagi tipik usullarni o‘z ichiga oladi; 
Jismoniy tarbiyani umumiy qoidalarini o‘rganish. Maqsaini va mashg‘ulotlarda qaraladigan bilimlar 
sohasini o‘rganish fannning mazmunini ko‘rsatadi xolos. Ammo jismoniy tarbiyada o‘quv jarayonida ta’lim 
oluvchilarning aniq maqsadga erishganlik haqida fikr yuritish uchun qiyinchilik to‘g‘diradi. Shu boisdan 
ham o‘quv maqsadlarini u yoki bu mavzu orqali amaliyotga nisbatan istrumental bo‘lolmaydi. 
O‘quvchilarni jismoniy mashq jarayoni bilan tanishtirish yoki shartli belgilangan mashqlarni 
uslublari bilan namoish qilish. Maqsadi pedagog tomonidan ana shunday qo‘yilishi uning shaxsiy faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. 
Jismoniy tarbiyada maqsadlarni o‘quvchilarning intellektual emotsional, shaxsiy rivojlanishning 
ichki jarayonlari orqali qo‘yish. 
Kundalik amaliyotda jismoniy tarbiya mutaxassisi va o‘quvchi uchun maqsadlarni alohida-alohida 
ifodalash qabul qilingan. 
Bu mantiqqa to‘g‘ri keladi, chunki ta’lim pedagogni o‘qitish bo‘yicha va o‘quvchini o‘qish buyicha 
xamkorligidagi faoliyatdir. 
Bunda maqsad o‘qituvchi faoliyatiga ta’luqli o‘rgatmoq, tushuntirmoq, namoish qilmoq, xikoya 
qilmoq) ta’lim oluvchi o‘quvchilar harakati orqali ifodalangan rejalashtirilgan ta’lim natijalarini vazifa deb 
ataladi. 
Yuqorida yuritilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida, quyida boshqotirma, sport 
topishmoqlari, krossvord, mantiqiy savollardan namunalaridan foydalanish lozim. 


241 

Download 4,42 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA INNOVASION TYEXNOLOGIYALARDAN

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish