BOSHLANGICH SINF TEXNOLIGIYA DARSLARINI TASKIL QILIB UTKAZISHDA




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANGICH SINF TEXNOLIGIYA DARSLARINI TASKIL QILIB UTKAZISHDA 
INTRFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING YO‘L VA USULLARI 
Xayitova N. B.
BuxDU BTU 4-kurs iqtidorli talaba 
M Tilavova 
Ilmiy rahbar: BuxDU BTMsi kaf si dotsenti 
Bugun asrlarga tatigulik ulkan o‘zgarishlar, tarixiy voqealar va ma’naviy kashfiyotlarga boy bo‘ldi. 
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan islohotlar shaxs tafakkuri, ma’naviy-madaniy saviyasi 
va kasbkorlik faoliyati bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilmoqda.
Ta’limning mazmuni shunchaki o‘qitish, bilim berishdan iborat emas. Ta’lim mazmuni shaxs ongining 
shakllanishi, tarbiyasi, manaviyati va uning ijodkorligini zamon ruhi bilan hamohang bo‘lishiga yo‘naltirish 
hamda o‘z kasbining fidoiysi bo‘lib xizmat qiluvchi yetuk kadrlarni tayyorlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
Ta’lim jarayoni ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi ma’lum maqsadlar asosida belgilangan 
bilim va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonidir. Bu jarayonni bir tizim 
deb qaraydigan bo‘lsak, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchidan tashqari unga quyidagi tashkil etuvchi elementlarni 
ham kiritish mumkin: ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijalar, talim mazmuni,ta’lim metodi, ta’lim shakli, ta’lim 
vositalari, monitoring va baholash. Ta’lim jarayonini tashkil etishda yuqorida sanab o‘tilgan elementlarning 
barchasi muhimdir. Ulardan birortasi chetda qolsa yoki noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, tizim ishlamaydi. Demak, 
ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadga erishilmaydi. 
Ta’lim maqsadlarini boshqacha tarzda o‘quv maqsadlari, deb ham atashadi. O‘quv maqsadlari ta’lim 
jarayoni oxirida kutilayotgan natijaning yozma tavsifidan iborat. Ma’lumki, jonli ta’lim jarayonida ikki tomon: 
ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi ishtirok etadi. O‘quv maqsadlari ta’lim jarayoni ishtirokchilarning qaysi bir 
tomonidan qaralishiga qarab o‘rganish va o‘rgatish maqsadlarga ajratiladi. Ta’lim jarayoni natijasida, ta’lim 
beruvchi, ya’ni o‘rganuvchining nimaga erishgani muhim bo‘lgani uchun kelgusida o‘quv maqsadlari deganda, 
o‘rganish maqsadlarini tushunamiz.
Boshqacha qilib aytganda, o‘quv maqsadlari oldindan ko‘zlangan yakuniy natijalar tavsifidir. Uni to‘g‘ri 
tanlash ta’lim jarayoni uchun o‘ta muhimdir. 
O‘quv maqsadlari muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, yangi hosil 
qilinishi lozim bo‘lgan, xatti-harakat bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy 
fazilatlar va xulqni ifodalaydi. 
Demak, ta’lim jarayonida interfaol usullarning qo‘llanilishi ta’lim samaradorligini ta’minlovchi, ta’lim 
oluvchilarning faolliklarini oshiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Texnologiya bo‘yicha o‘quv materiallarini eslab qolish boshqa buyumlarga nisbatan o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Barcha yangi asboblar, materiallar, jarayonlar nomini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari buyumni 
ko‘rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahmlaydilar. O‘qituvchi mehnat darsida faqat tushuntiribgina 
qolmay, balki, asosan, material va buyumlar namunasini, asboblarni, materialga ishlov berish usullarini, 
jarayonlarning izchilligini ko‘rsatadi. Shuning uchun mehnat ta’limida eshitish, ko‘rish qobiliyati va 
harakatlantiruvchi xotira ham muhim o‘rin egallaydi. O‘quvchilarda darsdan darsgacha yangidan yangi bilim va 
ko‘nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash hamda eslab qolish kerak. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilariga mehnat malaka va ko‘nikmalarini o‘rgatish natijalari ko‘p jihatdan psixologik jarayonlarning 
rivojlanganligiga, bosh miya nazorati ostidagi mushak harakat apparatining takomillashganligiga bog‘liqdir. 
Texnologiya ta’limining to‘g‘ri borishida emotsional jarayonlar ham xarakterlidir. Bolalarni 
qiyinchiliklarni yengishga, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, boshlagan 
ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda ijobiy emotsiyalar: mehnatdan 
quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotining namoyon bo‘lishi juda muhimdir. Mehnatda turli psixologik 
holatlar: faollik, diqqatning jamlanishi, qiziqish, mustaqil fikr yuritish, qoniqmaslik kabi tuyg‘ular namoyon
bo‘ladi. Texnologiyada shaxsning 
qiziqish, qobiliyat, temperament kabi individual psixologik
xususiyatlari shakllanadi. 
Umumta’lim maktablarida ta’limning zamonaviy texnologiyalari interfaol metodlar keng qo’llanilmoqda. 
Quyida texnologiya darsisamradorligini oshirishga xizmat qiladigan, mehnat darslarida qo’llaniladigan metodlar 
haqida ma’lumotlar beriladi: 
“Aqliy hujum” metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan 
metod hisoblanadi. Bu metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga, 
shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma va malakalarni hosil 
qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan dars jarayonida ixtiyoriy muammolar 
yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. 


242 
“Klaster” metodi yordamida o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash 
va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Bu metod turli xil g’oyalar 
o’rtasida aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Bu metod aniq 
obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash 
tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Klaster metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh 
asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. 
“Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning dars jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni bir xil standart 
tarzda fikrlashdan ozod qilish, erkin fikrlashga rag’batlantirish, muayyan mavzu yuzasidan turli-tuman 
g’oyalarni to’plash, ijodiy yondashishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. Fikrlashning shiddatli hujumi metodning 
mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o’quvchining shaxsiy imkoniyatlarini 
ro’yobga chiqarishga ko’maklashishdan hamda o’quvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan 
fikrga qarshi g’oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat. Bu metodning asosiy tamoyili va sharti 
har bir o’quvchi tomonidan o’rtaga tashlanadigan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo taqiqlash, har qanday luqma 
va hazil mutoyibalarni rag’batlantirishdan iborat. Bundan ko’zlangan maqsad, o’quvchlarning dars jarayonidagi 
erkin ishtirokini ta’minlashdir. 
“To`rt pog`onali” metod - amaliy ko`nikmalarni o`zlashtirish jarayonining to`rt pog`ona doirasida 
kechadigan metodidir. Bu metod ta`lim oluvchilarga bir xilda takrorlanadigan qo`l ko`nikmalarini tez va 
mukammal o`rganib olishlariga yordam beradi. “To`rt pog`onali” metod qo`llanilganda, ta`lim oluvchilar iloji 
boricha oddiy operatsiyalar bilan tanishtiriladi, so`ng takrorlaydilar va to mukammal o`zlashtirmaguncha mashq 
qiladilar. Ushbu metod quyidagi tushuntirish: nima qilish kerakligini ko`rsatib berish; ko`rsatilgan tarzda 
qaytarish; mashq qilish kabi bosqichlardan iborat. “To`rt pog`onali” metodning bosqichlari quyidagilardan 
iborat: 
“Tushuntirish” bosqichida muhandis-pedagog ta`lim oluvchilarga avval oddiy operatsiya bosqichini 
tushuntirib beradi. 
“Nima qilish kerakligini ko`rsatib berish” bosqichida muhandis-pedagog ta`lim oluvchilarga
topshiriqni 
qanday bajarish kerakligini amalda ko`rsatib beradi. 
3. Uchinchi bosqichda ta`lim oluvchilar muhandis-pedagog ko`rsatgan ish harakatlarini takrorlaydi.
Muhandis-pedagog ta`lim oluvchilar bajarayotgan harakatlar yuzasidan o`z fikrini bildirib, xatolarini 
to`g`rilab turadi. 
“Mashq qilish” bosqichida ta`lim oluvchilarning hatti-harakati muhandis pedagog tomonidan nazorat 
qilib boriladi. Ta`lim oluvchilar ish amallarini mukammal o`zlashtirganlaridan so`ng, uni mustaqil bajaradilar. 
“To`rt pog`onali” metodning asosiy belgisi-ta`lim oluvchilarning harakatlari muhandis-pedagog ko`rsatib 
bergan harakatlar doirasi bilan cheklanganligidadir. 
Laboratoriya usuli – bu shunday ta`lim usulki, unda o`quvchi o`qituvchi rahbarligida oldindan 
belgilangan reja asosida tajribalar o`tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi va shu jarayonda yangi bilimni 
anglaydi va tushunib yetadi. Laboratoriya usulining asosiy funksiyasi – yangi bilimlarni o`rgatish va 
rivojlantirish: 
Bu usulni qo`llash orqali o`qituvchi o`quvchilarni quyidagi imkoniyat-lar bilan ta`minlaydi: 
asbob-uskunalardan foydalanish ko`nikma va malakalarini egallash; 
mustaqil tadqiqotning yangi yo`llarini tanlash va ma`lum bo`lganlarini tekshirish; 
amaliy malakalarni egallash: o`lchash va hisoblash, natijalarni qayta ishlash va ilgarigi olinganlari bilan 
taqqoslash. 
Mashq usuli -o`tilgan materiallarni amaliyotda qo`llash maqsadida, reja bilan tashkil etilgan amallarni 
ko`p marotaba bajarishdir. 
Ishlab chiqarish - mehnat mashqlari o`quv va ishlab chiqarish xarakteridagi alohida ishlab chiqilgan 
tarmoqni tashkil etadi. Ular oddiy va murakkab bo`ladi: 
birinchisi alohida mehnat usullarini bajarish mashqlari, 
ikkinchisi – ishlab chiqarish – mehnat ishlarini butunligicha yoki ularning talay qismini (stanoklarni 
sozlash, detal qismlarini tayyorlash va h.k.) ko`zda tutilgan. Hozirgi vaqtda ta`lim jarayonida o`qitishning 
innovatsion texnologiyalari keng qo`llanilmoqda. Mazkur o`qitish texnologiyalarni amalga oshirishda bir qator 
passiv, faol, interfaol va treninglardan keng foydalaniladi. Passiv metodlar turkumiga ma`ruza, hikoya, 
tushuntirish; namoyish, kitob bilan ishlash, illyustratsiya, videousul, to`rt pog`onali metod, laboratoriya, mashq, 
kabilar kiradi. 


243 

Download 4,42 Mb.
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANGICH SINF TEXNOLIGIYA DARSLARINI TASKIL QILIB UTKAZISHDA

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish