237
Ajdodlarimiz o‘z vaqtida yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida
quyidagilar zarurligini ta’kidlaganlar:
o‘qituvchilar ta’lim oluvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etishlari;
ularni darsdan keyin yoki tanaffuslarda turli ijtimoiy mehnat turlariga jalb etish,
jumladan,
duradgorchilik, dehqonchilik va h.k.;
kitobxonlik, she’rxonlik, ashulaxonlik kabi tadbirlar uyushtirish;
oilada hadislar o‘qib berish, ularning mazmunini aytib berish, shuningdek,
ertaklar, maqollar,
masallar hikoya qilib berish.
Yoshlarning barkamol shaxs sifatida shakllanishlarida jismoniy jihatdan rivojlanishlari ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu esa jismoniy tarbiya darslarida amalga oshiriladi. Jismoniy jihatdan baquvvat
o‘quvchilarda
vatanni sevish, mehnatsevarlik, do‘stlik, o‘rtoqlik, mehr-shafqatlik,
ustoz va ota-onalarni
hurmat qilish kabi shaxsiy sifatilar rivojlanadi.
O‘quvchilarda shakllangan har bir shaxsiy sifatlarini asoslashga harakat qildik. Vatanni sevish – bu
o‘zining tug‘ilib o‘sgan yurtini sevish, unga sodiq farzand bo‘lish;
vatanimizning tarixi va hozirgi kuni haqida bilimga ega bo‘lish; O‘zbekiston davlat ramzlarini bilish
va Prezidentiga sadoqatli bo‘lish.
Mehnatsevarlik – har bir o‘quvchida mehnatsevarlik hissi shakllangan bo‘lishi, mehnat orqasidan
jamiyat va davlat ravnaq topishi, bu sohada do‘stlariga o‘rnak bo‘lishga harakat qilishi, mehnat qilgan shaxs
yaxshi yashashi haqida ko‘nikmalar singdirilishi.
Do‘stlik, o‘rtoqlik – o‘quvchilar do‘stlik, o‘rtoqlik sifatlarini tushunishi, uni qadrlashi, bir-biriga har
doim yordam ko‘rsatishi, do‘stining manfaatini o‘zining manfaatidan ham yuqori qo‘ya olishi.
Mehr-shafqatlik – jamiyat a’zolariga nisbatan shafqatli va marhamatli,
oilasi va sinfdoshlariga
nisbatan mehrli bo‘lishi, o‘simliklar va hayvonot dunyosini yaxshi ko‘rishi, ularni asrab-avaylashi.
Ustoz va ota-onalarni hurmat qilish – ustoz va ota-onalarga nisbatan ehtiromlib bo‘lish, ularning
qadriga yetish, ustozi va oilasi sha’ni, obro‘sini saqlashga bor kuchi va bilimini ayamasligi, ustoz va ota-
onasiga nisbatan mehrsizlik va ularni obro‘sizlantiradigan ishlarga qarshi kurasha olishi kerak.
Biz yuqoridagi shaxsiy sifatlarning shakllanganligini aniqlash maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida
anketa savollari o‘tkazdik va olingan javoblarga qarab o‘quvchilarda axloqiy fazilat va xislatlarni tushuna
bilishi, ularni mazmun va mohiyatini anglash darajasida o‘zgarishlarni belgilash uchun, ularni quyidagi uch
daraja(yuqori, o‘rta, quyi)ga ajratishga harakat qildik:
vatanparvarlik, mehnatsevarik, do‘stining yaxshi va yomon kunlarida u bilan birga bo‘la oladigan,
mehr-shafqatli, ustozi va ota-onasini hurmat qila oladigan o‘quvchilarni yuqori daraja; vatanparvarlik va
mehnatsevarlikning ma’no va mazmunini yuzaki tushunadigan, shaxsiy manfaat yuzasidan do‘st va o‘rtoq
bo‘ladigan, ustozi va ota-onasini nomigagina, majburiy ravishda hurmat qiladigan o‘quvchilarni o‘rta
daraja; vatanparvarlik va mehnatsevarlik tushunchalarini farqlay olmaydigan, do‘stlik, o‘rtoqlik fazilatlari
va mehr- shafqatlilikning mazmuni va mohiyatini tushunib yetmaydigan, ularga amal qilmaydigan, yolg‘on
gapiradigan, ustozi va ota-onasini hurmatlash lozimligini tushunmaydigan o‘quvchilarni esa quyi darajaga
kiritdik.
O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari, savol-javoblarning tahliliga asoslanib
quyidagi xulosalarni bayon etish mumkin:
o‘quvchilarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, ularga vatan, vatanparvarlik,
mustaqil
O‘zbekistonning hududi, davlat ramzlari, aholisi, tili, dini, jamiyat a’zolarining turmush tarzi, qadriyatlari
haqidagi tushunchalarni singdirib borish, vatanparvarlik tarbiyasining ma’no-mazmuni va mohiyati haqida
bilim berishni kuchaytirish;
o‘quvchilarda mehnatsevarlik, do‘stlik, sadoqatlilik, ustoz
va ota-onalarni hurmat qilish,
mehnatsevarlik, do‘stlik, sadoqatlilik kabi tushunchalarning ma’no-mazmuni va tavsiflarini bilishlariga
yetarli darajada e’tibor qaratish lozim.
Umuman olganda, o‘quvchilarning barkamol bo‘lib shakllanishlarida Qur’on, Hadis hamda
xalqimizning milliy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi hamda buyuk allomalar, fozilu- fuzalolar tomonidan
yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid yozilgan asarlarni o‘rganish