JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING AXBOROT




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING O‘RNI 
Mashrapova Ozodaxon Pozilovna 
Farg'ona shahar 29-o'rta maktabi jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va uning jamiyatdagi o‘rni yuqori darajada ekanligi xech 
kimga sir emas. 
Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Karimov farmoyishida “Zamonaviy axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini 
yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotida joriy etish va keng o‘zlashtirish asosiy vazifalardan etib 
belgilansin ”-deya ta’kidlab o‘tishi, bu sohaning keng ma’noda ommaviy targ’ib qilinishi yaqqol dalildir. 
Mamlakatimizda axborotlashtirish va ta’lim sohada internet resurslaridan foydalanish yuzasidan ko‘plab 
Qonunlar va qarorlar qabul qilinib, amalda ijrosi ta’minlanmoqda. Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
“Kompyuterlashtirishni 
yanada 
rivojlantirish 
va 
axborot 
–kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish to‘g’risida”gi 2002 yil 6-iyun 200-sonli qarori,O‘zbekiston Respublikasi 
“Axborotlashtirish to‘g’risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi 
“Zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora tadbirlari 
to‘g’risida”gi PQ-1730-sonli, 2013 yil 27-iyundagi “O‘zbekistonRespublikasi Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g;risida”gi PQ-1989 sonli qarorlari, 
Hukumatning tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlari,Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va 
telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining 2014 yil 9- yanvardagi 21-sonli majlis qarori, Xalq 
ta’limi Vazirligining 2014 yil 20-fevraldagi 38-sonli buyrug’I va boshqalar. Hukumatimiz tomonidan 
qabul qilinayotgan Qonun va qarorlarning asosiy maqsadi, mamlakatimizda axborot- kommunikatsiya 
texnologiyalari,internet va multimediya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdan iboratdir. 
Hozirgi kunda qaysi bir sohani olmaylik uning rivojining zamirida axborot- kommunikatsiya 
texnologiyalari yotadi. Jumladan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini pedagogik yo‘nalishda malakasini 
oshirish, ularni bilim olishga, pedagogik texnologiya elementlarini chuqur egallashga undash va bu hatti-
harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borishi lozimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Pedagogik mahorat 
jismoniy tarbiya o‘qituvchisining mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi, shu tarzda o‘qituvchi 
mahorati asta-sekin takomillashib, komillikka erisha boradi. Ammo bu jarayon o‘qituvchidan uzoq davom 
etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat, qunt va irodani talab etadi. 
O‘qituvchilarni pedagogik mahoratlarini to‘g’ri tarbiyalashda axborot-texnologiyalarining muhim 
ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida ilmiy-uslubiy, sog’lom sifatlarning shakllanishida 
axborot texnologiyalariga, atrofdagi,institutdagi ilmiy –uslubiy muhit va ularga bo‘lgan munosabat muhim 
9
Olimov M.S. “O’rta masofaga yuguruvchi sportchi talabalarni musobaqalarga tayyorlash uslubiyati” 34-49 bet, 
Toshkent 2011yil


236 
rol o‘ynaydi. Axborot texnologiyalari asosida metodist o‘qituvchilarining pedagogik mahoratlarini ko‘rgan 
o‘qituvchining shunga qarab pedagogik qobiliyati shakllana boradi. Ular avval kuchli metodist 
o‘qituvchilarga taqlid qiladilar. So‘ng,sekin-asta o‘zlarining pedagogik mahoratlari mohiyatini anglaydilar. 
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari pedagogik mahoratini shakllantirishda multimediya vositalaridan 
foydalanish ham o‘qituvchi ma’naviyatida muhim ahamiyat kasb etadi.O‘qituvchi mahorati shakllangan 
sari, uning axborot dunyosini rivojlantirib borish zarur.Bu rivojlantirish maktabdagi muhit,ichki intizom, 
ahloq,maktab o‘qituvchilarining bir-biriga, yon-atrofdagilarga, o‘zi yashayotgan makonga –Vatanga, 
borliqqa bo‘lgan munosabati orqali amalga oshiriladi.Bunday pedagogik muhitning maktabda mavjudligi, 
kelajak hayotda o‘qituvchining ilm-ma’rifat olishga, pedagogik mahoratini oshirishga bo‘lgan qiziqishini 
oshiradi va o‘qituvchining teran fikrli, ma’naviy etuk, sog’lom pedagog bo‘lib etishishiga xizmat qiladi. 
Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh pedagoglarimiz orasida o‘qituvchilikga bo‘lgan munosabat 
ijobiy,bunga sabab bitta! Bu ham bo‘lsa, ta’lim tizimidagi pedagogik muhitning yaxshiligi, malaka oshirish 
institutlarida pedagogik-ma’naviyatning qondirilganligidadir. Malaka oshirish jarayonida pedagogic 
ehtiyoji qondirilgan o‘qituvchi, keyingi davrda maktab dargohiga boranda ham pedagogik mahoratini 
oshirish bilan shug’ullanishga qiynalmaydi, pedagogik usullarni o‘zlashtira oladi. 
Malaka oshirish davomida axborot texnologiyalari asosida pedagogik madaniyatni shakllantirish 
milliy ta’lim-tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali o‘qituvchilarning ongiga, hulq-atvoriga ma’naviy 
ta’sir qilinadi.Ustoz-murabbiylar yosh o‘qituvchilar pedagogik mahoratini shakllantirish bilan 
shug’ullanishar ekan, axborot – texnologiyalari asosida milliy pedagogikamiz, qadimiy an’analarimiz va 
qadriyatlarimizga katta e’tibor berishlari kerak. Shu nuqtai nazardan “Ustoz-shogird” ijodiy hamkorligini 
axborot texnologiyalari asosida pedagogik tizimga yo‘naltirishda malaka oshirish institutlari oldida turgan 
quyidagi vazifalarni keltiramiz; 
-O‘qituvchi faoliyatini axborot texnologiyalariasosida pedagogik tizim qonuniyatlariga 
moslashtirish; 
-malaka oshirish jarayonini amalga oshirishda har bir o‘qituvchini o‘quv-tarbiya jarayoniga jalb 
qiladigan va sog’lom fikrlashga o‘rgatadigan interfaol usul va uslublardan foydalanish ; 
-malaka oshirish jarayonida turli xil interaktiv usullarni qo‘llash va sog’lom muhitga erishish uchun 
axborot texnologiyalaridan foydalanish; 
-jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonida yagona pedagogik tizim asosida 
faoliyat olib boorish va hozirgi kunda jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun yaxlit pedagogic mahoratni 
shakllantirish tizimini axborot texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yish va boshqalardan iborat. Xulosa qilib 
aytganda, yuqorida ta’kidlangan axborot texnologiyalari asosida jismoniy tarbiya o‘qituvchilaripedagogik 
mahoratini shakllantirishdagi vazifalarni “Ustoz-shogird” ijodiy hamkorligini axborot texnologiyalari 
asosida hal etilishi o‘qituvchi shaxsining kelajakda malakali pedagog bo‘lib 
etishishida muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblaymiz. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING AXBOROT

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish