|
KASBLAR TO‘G‘RISIDAGI BILIMLARNI ShAKLLANTIRISh MeTODIKASI Pdf ko'rish
|
bet | 150/170 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #104996 |
Bog'liq 12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDFKASBLAR TO‘G‘RISIDAGI BILIMLARNI ShAKLLANTIRISh MeTODIKASI
Yaqubova Roza Matyaqubovna
Urganch shahar 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining texnologiya fani o'qituvchisi
Uzluksiz ta’lim tizimi rivojlanishining xozirgi sharoitida o‘quvchilar bilan olib boriladigan kasb-
hunarga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish, ularni ongli kasb tanlashga, kelgusidagi kasbini o‘zi
belgilashga tayyorlash umumta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan sanaladi. Ushbu vazifalarni hal
etish, maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni ilmiy-metodik va dasturiy ta’minlash yuzasidan
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan
quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borilmoqda:
Kasb-hunarga yo‘naltirishning nazariy va uslubiy asoslarini yaratish;
Uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish dasturi;
Maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining me’yoriy asoslari-me’yoriy hujjatlar, nizomlarni
ishlab chiqish;
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari va maktablar
uchun axborot, uslubiy, dasturiy materiallarni tayyorlash;
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik - pedagogik tashxis metodikalari (anketalar,
so‘rovnomalar, testlar) ni tayyorlash, ularni o‘tkazish, natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish;
Turli yoshdagi o‘quvchilar uchun kasb-hunarga yo‘naltiruvchi o‘quv - ko‘rgazmali vositalar,
rivojlantiruvchi o‘yinlarni tayyorlash;
- Maktablarning rahbarlari, psixologlari va o‘qituvchilari uchun kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini
tashkil etish yuzasidan uslubiy tavsiyalar va qo‘llanmalar yaratish.
2006-2007 o‘quv yilida Respublika tashxis markazi tomonidan o‘quvchilarni uzluksiz kasb-hunarga
yo‘naltirish Dasturi ishlab chiqildi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan (2007 yil 5 fevraldagi 35-sonli buyruq)
tasdiqlanib, amaliyotga kiritildi.
Ushbu dasturda kasb-hunarga yo‘naltirishning aniq maqsadlari, vazifa va yo‘nalishlari, maktab
o‘quvchilari bilan olib boriladigan kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining quyidagi bosqichlari belgilab
berilgan:
Birinchi bosqich – “Kasblar alifbosi” bilan tanishish, erta kasb-hunarga yo‘naltirish; Ikkinchi
bosqich – “Kim bo‘lsam ekan?” – boshlang‘ich kasb-hunarga yo‘naltirish;
Uchinchi bosqich – “Kasblar olamiga sayohat” – rivojlantiruvchi kasbga yo‘naltirish;
To‘rtinchi bosqich – “Men orzu qilgan kasb” – shaxsning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish va
rivojlantirish;
Beshinchi - yakuniy bosqich - kasbiy moslashish, kasbiy o‘sish va shaxsning o‘z-o‘zini
rivojlantirishi.
Ushbu dasturning bajarilishini ilmiy-uslubiy ta’minlash maqsadida quyidagi uslubiy ishlanmalar
yaratilib, joylarga foydalanish uchun yetkazildi: 1-2-3-4 sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish
yuzasidan mashg‘ulotlar ishlanmalari, “Kasblar o‘yini” metodik qo‘llanmasi, “Kasblar alifbosi”
ko‘rgazmali ommabop o‘quv qo‘llanmasi.
Kasb-hunarga yo‘naltirishning ilmiy-metodik va dasturiy ta’minoti “Kasb-hunarga yo‘naltirish
Konsepsiyasi”ning ajralmas qismi bo‘lib, har bir o‘quvchining kasb-hunar hamda kadrlar tayyorlash
yo‘nalishlari (akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji)ni tanlashda faol ishtirok etishini ta’minlashni
nazarda tutadi.
Maktab kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisiga xozirda har bir o‘quvchida mustaqil kasb
tanlashga ijobiy munosabatni, qiziqish hamda ehtiyojni shakllantirish birmuncha qiyin kechmoqda. Ilmiy
nuqtai nazardan qaraganda shaxsning kasb tanlashi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik, psixologik-pedagogik
omillar ta’siriga bog‘liqdir. Bunda ayniqsa, O‘zbekistonda tarixan shakllangan faoliyat turlari, xalq
hunarmandchiligi va zamonaviy kasb-hunarlar spetsifikasini belgilovchi milliy an’analar muhim rol
o‘ynaydi.
Kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlanishi va uning ta’lim tizimini rivojlanishidagi o‘rni shundaki,
kasbga yo‘naltirish, o‘sib kelayotgan o‘quvchi yoshlar kasblar olami to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlari,
ularni keyinchalikda to‘g‘ri, o‘z imkoniyatlari, qiziqishlari va qobiliyatlariga asoslanib kasb tanlashlarini
ta’minlab berishdir. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, to‘g‘ri kasb tanlagan, shu, kasbini yetuk
mutaxassisi bo‘lib yetishgan shaxs, keyinchalikda, birinchidan:
Davr talabi, ya’ni davlatning kadr potensialini oshirishda;
228
O‘z kasbini mutaxassisi bo‘lib yetishish, davlatning iqtisodiy, siyosiy va boshqa soxalariga o‘z
xissasi qo‘shishda;
Zamon talablariga mos ravishda, iqtisodiy rivojlanish templari bilan hamnafas bo‘lgan xolda o‘z
bilim va saloxiyatlarini amalda qo‘llash va tizimdagi kamchiliklar va o‘zgartirish kerak bo‘lgan joylarini
aniqlab va muammolarga to‘g‘ri yechim toplari, va xokazolar kabi kriteriyalarga javob berib va shu
xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar, nafaqat o‘zi uchun, balki kelgusida, u yoki bu kasb egasi bo‘lgan
taqdirda shu yo‘nalishni rivojlanishi va takomillashishi yo‘lida ish yuritishidir.
-
|
| |