BOSHLANG‘ICH SINF MEHNAT TALIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG‘ICH SINF MEHNAT TALIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
Maxmudov Yunusbek Bazarbayevich 
Urganch davlat universiteti magistri 
Mustaqillik davrida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan an’anava urf-odatlarni atroflicha o‘rganish, 
yosh avlodga mehnat tarbiyasi berishni keng targ‘ib etishimiz lozim. Darxaqiqat, yoshlarni mehnatsevarlik 
ruhida tarbiyalash masalasida pedagog olimlarimiz juda ko‘p ishlar qilishgan. N.Saidaxmedov, E.Choriev, 
U. Nishonaliev, R. Mavlonova, R. Xasanovlar yosh bolalarni kasbga yo‘naltirish ularga kasb-xunar 
o‘rgatish jarayonida ijtimoiy foydali mehnatning ahamiyatiga doir, targ‘ibot-tashviqot ishlarni pedagogik 
tarbiyasini berishda mehnat an’analaridan foydalanish yo‘llari haqida birmuncha ma’lumotlarni berganlar. 
Tarbiyaning bo‘g‘ini boshlang‘ich ta’limdan boshlanadi. Ta’lim sohasida umumta’lim 
maktablarining boshlang‘ich sinflari oldiga qo‘yiladigan talablar tobora ortib bormoqda. Bu talablar tabiat 
va jamiyat talablarini bilish maqsadida ma’lum mazmunni fan va texnikaning eng yaxshi yutiqlar bilan 
boyitishga ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat ta’limining rolini oshirish va bolalarni tarbiyalashga ajratilgan. 
Bu o‘z navbatida mehnat ta’limi oldiga murakkab va mas’uliyatli vazifalar qo‘yadi. Vujudga kelgan 
imkoniyatlardan mehnat o‘qituvchisi shaxsini har tomonlama rivojlanishi uchun to‘liq imkoniyat beradi. 
Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limining tarbiyaviy ahamiyati o‘quvchilarni aplikatsiya ishlari orqali estetik 
tarbiyalash, mehnatsevarlik ruhida tabiyalash va ijodiy mehnatni o‘stirishdagi ro‘li va o‘rni katta 
ahamiyatga ega. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yoshligidanoq bu jamiyat insonlarning o‘zaro birikuvi yordamida 
insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishi natijasida vujudga kelishi, ayniqsa, 
boshlang‘ich sinflar faoliyati ham ijodiy tanqid ostiga olingan edi. Bunda asosiy jihat maktab boshlang‘ich 
sinflarda kasbga qiziqtirish va maktab ko‘nikmalari shakllanmay qolayotganliklari, mehnat fanini to‘g‘ri 
tashkil etish ham sust darajada ekanligi, yigit va qizlarning o‘z qobiliyatlarini, istaklari ijodiy mehnat 
moyilliklariga monand holda hayot yo‘llarini belgilab olishda qiyinchiliklar sezayotganliklariga 
ta’kidlangan va shu bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog‘liq vazifalar belgilab 
olingan edi. Boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’lim-tarbiyasi va ma’lumoti, maktabdan mehnat ta’limini 
namoyon bo‘lishi va uning o‘zagi bo‘lib u bolalarning bilimi, ishlab chiqarish faoliyati o‘z -o‘ziga xizmat 
qilishi, o‘zaro yordam ko‘rsatish estetika va jismoniy rivojlanish jarayonidagi mehnat kuchi harakatlarini 
qamrab oladi. 
Boshlang‘ich ta’limi mehnat ma’lumoti buning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida ta’lim 
olayotgan o‘quvchilar mehnatning nazariy va amaliy hamda samarali, eng oddiy asosiy negizlari va 
tarbiyaviy qismlarni, umumlashgan mehnat malakalarini bilish va amalaiy faoliyat usullarini egallashga 
qaratilgan. 
1932-yilda boshlang‘ich va o‘rta maktablarning o‘quv dasturlari va rejimi to‘g‘risidagi qarorida 
maktablarda fan asoslarini fanlardan foydalanib o‘tish ishlab chiqildi. O‘quv rejasiga boshqa o‘quv fanlari 
bir qatorda mehnat ta’limi ham mustaqil fan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tiladigan sifatida 
ta’limga kirib keldi. 
1952-yilda mehnat ta’limiga jamoatchilik e’tibori maktab boshlang‘ich sinflarda ta’lim va mehnat 
tarbiyasini rivojlantirishning zarurligi ko‘rsatildi. 
1954-yilda mehnat ta’limini boshlang‘ich sinf o‘quv rejasiga o‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol 
toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. 
Mehnat fani ham albatta qadimdan ma’lum bir g‘oyalar asosida tarkib topib kelgan. Bu g‘oyalar 
ulug‘allomalar, buyuk insonlar g‘oyalari bo‘lib, mehnat fanining rivojlanishiga zamin yaratgan. Sharq 
mutaffakkirlarining pedagogik g‘oyalari, uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O‘rta Osiyodan o‘tgan qadimiy 
buyuk ipak yo‘li Xitoy, Vizantiya, Hindiston shaharlari bilan bog‘lanib, madaniyat va sanoatni 
rivojlantirishga, ilmga bo‘lgan qiziqishiga alohida e’tibor berishni taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat qilishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib raqobatga arzigulik 


226 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga, hunarmandchilikka, chevarchilikka qiziqishlarini 
takommillashtiradi. 
Forobiyning insoni fazilatlari to‘g‘risidagi ta’limidan quyidagi ma’lum xulosalariga kelish mumkin: 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yoshlikdanoq bu jamiyat insonlarning o‘zaro birikuvi yordamida 
insonlarning o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilshi natijasida vujudga kelishi va jamiatdan 
tashqarida insondan, jamiyatdan ajralgan holda o‘zaro yordamsiz o‘z ehtiyojini qondira olmasligini 
tushuntirib berish. 
O‘quvchilarning barcha tug‘ma qobiliyatlarini yuksak kamolotga hamda mukammallikka erishishi 
uchun sarf qiladi va bu yo‘lda o‘zini qurshagan tabiati hodisalaridan foydalanadi, ularni o‘ziga xos 
bo‘ysindiradi, buning uchun ilm-fanni turli hunarlarni o‘rganadi Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik 
qarashlarida ham jamiyatning rivojlanishida ta’lim tarbiyaning o‘rni yosh avlodlarni tarbiyalashda 
kasbkorlikning, hunarmandchilikning ijodiy ta’siri u insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qilishlari zarurligini targ‘ibot qilganlar. Ibn Sinoning tavsiya qilgan asarida tarbiya va 
ta’lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Aqliy tarbiya. 
Jismoniy tarbiya. 
Estetik tarbiya . 
Axloqiy tarbiya . 
Mehnat tarbiyasi. 
Ibn sino fikricha bolaga ma’lum bir kasb-hanar o‘rgatish zarur. O‘quvchi kasb-hunarni ma’lum 
darajada o‘rganib bo‘lgandan so‘ng hunardan foydalanishi va mustaqil hayot kechirishini o‘rganish lozim. 
Bundan ko‘rinadiki mehnat fani, o‘quvchilarni bilimli, dono, mehnatsevar, ijodkor, tadbirkor, ishbilarmon, 
barkamol, yetuk kesb- hunar egasi qilib tarbiyalash uchun fan sifatida bir manba hisonlanadi. 
Beruniy mamlakatning obodonchiligi ilm-faning ravnaqiga bog‘liq, yoshlarning baxt-saodati va 
kamoloti uning bilimi, ma’rifatida deb biladi. Shuning uchun ham olim, yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. 
Beruniy yoshlarda rahmdil, mehribon, kishilarga iltifotli, xayrxoh bo‘lishni, najotsiz odamga qo‘l 
cho‘zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, jur’atsizlik, boylikka xirs qo‘yish kabi sifatlarga yo‘l 
qo‘ymaslikni talab etadi. Ulug‘ allomalarimizning nodir qarash va fikrlari har bir fanning rivojlanishida 
muhim ahamaiyat kasb etib, bolaning barkamol bo‘lib rivojlanishida ham muhim o‘rinni egallaydi. 
Mehnat ta’limi o‘qituvchilar rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy 
harakatlar jarayonidan iborat bo‘lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari vositalari va jarayonlari 
haqidagi bilimlarni hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy 
ko‘nikmalarini egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligini beruvchi 
shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv faoliyatidir30. 
Mehnat ta’limi mazmuni shu vazifalarga to‘la bog‘liqdir, ya’ni shu vazifalarga ko‘ra belgilanadi. 
Masalan: ta’limni unumli mehnat bilan birga qo‘shishni ta’minlash zarurligi boshlang‘ich sinfdagi o‘qitish 
mazmuniga, jumladan, mehnat ta’limi mazmuniga qator talab qo‘yadi: 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatlari imkoniyatiga qarab unumli mehnatni o‘z ichiga olishi 
kerak. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining unumli mehnati ularning o‘quv faoliyatlariga tartiban qo‘shilib 
ketishi kerak. 
Unumli mehnat mazmunida bolalarning yosh imkoniyatlari, mehnat ta’limi vazifalari, ishlab 
chiqarish muhitining xarakteri hisobga olinishi kerak. 
Maktab boshlang‘ch sinflarga ta’limning ishlab chiqarish malakasini berish bilan tugallanishi kerak. 
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda boshlang‘ish sinflarda mehnat ta’limi jarayonida 
o‘quvchilarning amaliy faoliyatlariga alohida e’tibor berilishi zarur. Mehnat topshiriqlarini 
bajarishda o‘quvchilar ko‘rsatmali qo‘llanmalar, materiallar, o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan buyumlar 
tikadilar va yasaydilar. I-IV –sinflarda ustaxona amaliy mashg‘ulotlari bilan mehnat darslarining 
bog‘lanishi va harakteriga ko‘ra bir tomonlamadir ya’ni, V-VII-sinflardagi mehnat ta’limi mazmunini 
hisobga olgan holda tuzilishi kerak. Mehnat ta’limining maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga faqat 
bilim ko‘nikma va malakalar berishgina emas, balki ularda mehnatga, jamoa va mulkka, jamoa va uning 
alohida a’zolariga ongli munosabatini, shaxsiy va jamoa foydasi uchun ishlashga tayyorgarlikni 
tarbiyalashdan iboratdir. 


227 

Download 4,42 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG‘ICH SINF MEHNAT TALIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish