218
Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’kidlaganidek, zamonaviy ta’lim-tarbiya
ishlarini davlat standarti darajasiga ko‘tarish uchun pedagogik jarayonga ilg‘or axborot va pedagogik
texnologiyalarni joriy etish zarur.
Shu o‘rinda maktab chizmachiligida MDH davlatlarining ayrimlarida chizmachilik bo‘limining
yoritilishini qisqacha tahlil qilib chiqamiz.
Rossiya Federatsiyasida darsliklar tayyorlash alternativ (muqobil) shaklda bo‘lib, maktab
ma’muriyati o‘quvchilarning qiziqishlari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishi kabi tasirlarni
hisobga olib o‘qitiladigan darslikni mustaqil ravishda tanlaydi. Shuning uchun chizmachilik darsliklarining
ba’zilarida
mashinasozlik, amaliy san’at, gumanitar yo‘nalish kabi sohalarlarga alohida urg‘u berib
tayyorlangan. Biz internet materiallarida 10 ga yaqin turdagi shunga o‘xshash darsliklarni ko‘rib chiqdik.
A.Pavlova, Ya.Roytman, G.Preobrajenskaya, V.Stepakova, G.Xakimov kabi mualliflar tomonidan
tayyorlangan darsliklar o‘quvchilarni ma’lum soha yoki kasbga yo‘naltirishga mo‘ljallab tuzilgan.
Mavzu bo‘yicha ma’lumotlar sodda chizmalardan foydalanib, eng ko‘p qo‘llaniladigan va
o‘quvchilarga tanish bo‘lgan mahsulot (buyum) larning chizmalarida shartli
belgilanishi hamda shartli
tasvirlari tushuntirilgan. Mavzular o‘quvchilar uchun tushunarli tarzda ochib berilgan. Mavzularni
o‘zlashtirgandan keyin o‘quvchilarga bir qancha topshiriqlar ham taklif qilinadi.Ko‘rib chiqilgan
darsliklarda o‘quvchilarning yosh xususiyati hamda ular o‘zlashtirishi zarur va amaliy ahamiyatli
materiallar keltirilgan. Ukraina respublikasida bugungi kunda amalda bo‘lgan umumta’lim
maktablari
uchun ―Chizmachilik‖ darsligida ham shunga o‘xshash tarzda yondashilgan.
Rossiya Federatsiyasi maktablarida qo‘llanilib kelinayotgan Chizmachilik darsliklari dan ayrimlarini
ko‘rib chiqamiz. Hozirgi kunda chizmachilik kursi bo‘yicha RF da ko‘plab alternativ darsliklar amalda
qo‘llanilayotganiga qaramasdan A.D.Botvinnikovnig Chizmachilik darsligi keng foydalanib kelinmoqda.
Ushbu darslik MDH davlatlardagi umumta’lim maktablari chizmachilik fani uchun asos, klassik
ko‘rinishga kelib qolgan. Darslikni maktablarda qo‘llanilib boshlanganiga 30 yildan oshib qoldi. Ushbu
darslik Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturga mos bo‘lib,
chizmachilik fani bo‘yicha asosiy o‘quv qo‘llanma hisoblanadi. Darslikka nazariy ma’lumotlar bilan bir
qatorda o‘rganilgan materialni mustahkamlash va takrorlash
uchun savollar va topshiriqlar, grafik va
amaliy ishlar ham kiritilgan. Kitobdagi illyustratsiyalar o‘quvchilarning mavzuni tushunishlarini
osonlashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan va yetarlicha yuqori sifatda bajarilgan. Ushbu darslikda
o‘quvchilar mavzularni o‘zlashtirib olganlaridan keyin o‘qituvchi tomonidan
beriladigan chizmalarini
o‘qishni bilishlari ko‘zda tutilgan.
G.F.Xakimov va boshqalar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan ―Chizmachilik. Amaliy
kurs darsligi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushbu darslik Boshqirdiston davlat pedagogika
universitetining ―Tasviriy san’at, chizmachilik va mehnat o‘qitish metodikasi kafedrasi va Ufa davlat
aviatsiya texnika universitetining ―Chizma geometriya va chizmachilik kafedralari hamkorligida
yaratilgan.
Darslik chizmachilik fanidan o‘quv darturiga mos tayyorlangan bo‘lib, hududiy komponentlarga ega.
Darslikda chizmachilik fanining ayrim bo‘limlarini chuqur o‘rganish hamda texnologiya va mehnat ta’limi
darslarida bajariladigan loyihalarning grafik qismlarini
taxt qilishga tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar ham keltirilgan. Darslik ta’limga
faoliyatli
yondashuvga asoslangan original metodika asosida tayyorlangan. Unga o‘quvchilarning ijodiy fazoviy
tasavvurlari va obrazli fikrlashlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan har xil grafik topshiriqlar kiritilgan.
Ushbu darslikning o‘rganib, respublikamizda nashr qilinadigan darsliklarga joriy qilish mumkin
bo‘lgan afzallik tomonlari bor. Unga qo‘shimcha ravishda darslikdagi barcha materialni o‘z ichiga olgan
kompyuter test topshiriqlari ishlab chiqilgan. 122 ta test topshiriqlari quyidagi mavzular bo‘yicha tuzilgan:
amaliy grafika;
proeksiyalash;
chizmalardagi tasvirlar;
texnik grafika;
qurilish grafikasi.
Kompyuter test topshiriqlari darslikning asosiy bo‘limlaridan o‘quvchilarning bilim darajalarini
o‘qituvchi yordamisiz baholash imkonini beradi. Bundan tashqari ushbu testlar yordamida o‘z-o‘zini
testdan o‘tkazib, mavzularni o‘zlashtirishdagi kamchiliklarni aniqlash mumkin.
Test topshiriqlarining
amaliy qimmati shundan iboratki, chizmachilikda testlardan foydalanishda o‘quvchilarning chizmachilik
fanini o‘rganishga bo‘lgan intilishlari ortib, ularning grafik savodxonlik darajasi ko‘tariladi.