Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

TARIX FANLARI 
TARIX FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL 
METODLARDAN FOYDALANISH 
Yakubova S. Sh., Sohibova N. S. 
 Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi.
Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi To’raqo’rg’on tuman xalq ta`limi bo’limiga qarashli 51-
sonli umumiy o’rta ta`lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Abdullayeva Ma’luda Abdulboqiyevna 
Bugungi kunda zamonaviy darslarni tashkil etish o‘quv jarayonlariga ilg'or texnologiyalarni olib 
kirish, ta'lim jarayonini loyihalashtirish kechiktirib bo'lmas vazifalardan biriga aylanib qolmoqda.Ta'lim-
tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosidir.Ta'lim sifatini 
oshirishda an'anaviy va noan'anaviy ta'lim yondashuvlari, intefaol metodlar, didaktik topshiriqlar va 
ularning tarix fanida qo‘llanilishi bo‘yicha namunalaridan foydalanish bilan bir qatorda mavzuga oid 
aforizmlardan foydalanish maqsadga muvofiq.Jumladan "Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o‘qish 
va o'rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi" Abdurauf Fitrat, "Kishi ikki narsa tufayli qarimaydi, biri - 
ezgu xulqi, biri ezgu so‘zi" Yusuf Xos Hojib, "Men muvoffaqiyatning uchta omilini bilaman: boshqalardan 
ko'proq bilish; boshqalardan ko'proq ishlash; boshqalardan ko‘proq kuta olish"- Shekspir. 
Jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalaridan foydalangan holda, yo'l qo'yilgan xatolarlarni 
takrorlamaslik mamlakatimizda buyuk jamiyat qurishni va jahon hamjamiyatida munosib o'rin 
egallashimizni tezlashtiradi.Shu sababli tariximizni va rivojlangan mamlakatlar tarixini chuqurroq o'rganib 
uni respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish zarur ekanligini anglagan holda o'quvchiga har bir mavzuni 
to'laqonli yetkazib berish tarix fani o'qituvchisining muqaddas burchidir. 
Tarix o'qitish metodikasida darsliklarning ahamiyati katta. Darsliklarda berilayotgan ma'lumotlar 
bola psixologiyasini hisobga olgan holda berilishi ahamiyatlidir. Darslikdagi tushuncha va sanalar bilan bir 
qatorda tarixiy lug'atlarni alohida alohida yoritib borish ijtimoiy fanlar oldidagi dolzarb masalalardan 
biridir. Yana shuni alohida ta'kidlash joizki darsliklarda berilgan ma'lumotlar bir-biriga zid kelishi holatlari 
mudom uchrab turadi. Misol uchun 2014-yilda nashr etilgan 8-sinf O'zbekiston tarixi darsligida 13-§. 
Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi mavzusida "1753-yildan boshlab Buxoro xonligi 
endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo‘ldi" - deb ma'lumot berilgan bo'lsa, 2019- yil qayta ishlangan 
8-sinf uchun O'zbekiston tarixi darsligi 14-§. Buxoro amirligining tashkil topishi mavzusida "1756-yildan 
boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo'ldi "- kabi ma'lumotlar o'quvchida 
ikkilanish hosil qiladi. Xo'sh shu va shunga o'xshash muammolar ta'lim sifatiga qanday ta'sir etishini ko'rib 
chiqadigan bo'lsak, o'quvchi fan olimpiadasida, abituriyentlar oliy o'quv yurtiga imtihon topshirayotgan 
paytda quyidagi holatga duch kelishlari va unga qanday yechim topishlari mumkin? 
Savol:Buxoro xonligi qachondan boshlab amirlik deb atala boshlandi? A)1753-yil B)1756-yil 
C)1758-yil D)1747-yil 
Yana ushbu ma'salani e'tibotli tomoni shundaki,o'quvchining bitta noto'g'ri javobi uchun millionlab 
kontrakt to'lashi yoki talabalik baxtidan mosuvo bo'lishi mumkin.Bundan ko'rinib turibdiki, umumta'lim 
maktablari o'quvchilari foydalanayotgan darsliklar ularning hayotida oliy ta'limga yo'l olishlariga qanot 
bo'lib hizmat qiladi. Shunday ekan ta'limnig uzviyligini hisobga olib ma'lumotlarning aniqligianiqligi, 
asosliligi va har tomonlama aniq bo'lishi masalaning yechimlaridan biridir. Tarix fani o'qitish metodikasida 
yangiliklardan habardor bo'lish va qo'shimcha ma'lumotlardan foydalanish ta'lim sifatini oshirishga hizmat 
qiladi. Ta'limning umumiy o'rta ta'lim maktab bosqichida ijtimoiy fanlarni yanada chuqurroq 
o'rganishlarida ushbu fan, aynan tarix fanini nima uchun o'qishlari kerakligini anglashlari lozim. Datlabki 
ta'lim jarayonida o'quvchilarning hayolidan kechayotgan "Tarix nima uchun kerak " , "Biz nima uchun bu 
fanni o'qiymiz " kabi savollarga o'quvchilar tarix fani o'qituvchisidan javob olishlari zarur.Tarix fani 
o'qituvchisining salohiyati , hur fikirliligi o'quvchilarning "TARIX- IBRAT UChUN KERAK " , "TARIX 
-SABOQ UChUN KERAK " ekanligini anglab yetishlari uchun xizmat qilishi kerak.Shunday ekan bugungi 
kunda tarix fanini o'rganayotgan har qanday o‘quvchi kelajakda vatanparvar,tarix va tarixiy shaxslarga 
xurmat bilan tarbiyalangan, o'zligini anglab yetgan jamiyatning faol kishisi bo‘lib yashamog‘i lozim. 
Tarix fani muammolaridan yana biri o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish. Bunda 
o'qituvchi darslikdan tashqari ma'lumotlardan berib borishi jumladan tarixiy shaxslarning go'zal insoniy 


207 
fazilatlari , axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalardan namunalar keltirib borishlari lozim. 
Ayniqsa bugungi kunda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida tarixchilarni ta'sirlari katta 
deb o‘ylayman. Masalan 5-7-sinflarda “Jaloliddin Manguberdi mohir sarkarda” mavzusini yoritishda 
Sh.Isaxanovaning «Sulton Jalliddin Manguberdi asari»ning hamda ”Mirzo Ulug‘bek akademiyasi” 
mavzusida Odil Yoqubovning «Ulug’bek hazinasi» eng etiborga molik joyidan bir parcha keltirish tavsiya 
etiladi. O’quvchini izlanishga chorlagan bo'lamiz.Bu esa bir necha o'quvchining shonli tariximizni yaqidan 
o‘rganishga va albatta kitobga bo‘lgan xurmatini oshirishga xizmat qilgan bo'lamiz. 
Talim berishning nazariyasi va amaliyotida o’quvchilarning bilim olish harakatlarini faollashtirish 
eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda pedogoglarning diqqati bilim orttirishning 
muloqot yuritish shakliga asoslangan o’qitishning interfaol shakl va uslublarini o’zlashtirishga qaratilgan. 
Ta’lim berish jarayoni quyida ko’rsatilgan talablarga amal qilgan taqdirda samarali bo’lishi yaxshi natijalar 
berishi amalda o’z isbotini topmoqda: 
O’quvchilar talim olish uchun ochiq va talim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan munosabat va 
hamkorlikka faol kirishib ketadilar; 
O’z faoliyatini tahlil qilish va shaxsiy salohiyatini amalga oshirish uchun imkonga ega bo’ladilar; 
O’quvchilarda o’ziga ishonch uyg’otish va fikrlarini kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik. 
Hozirgi kunda sifatli ta`limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va 
jismoniy toliqishlarsiz yuqori natijalarga erishishdir. Belgilangan qisqa muddatda muayyan nazariy va 
ilmiy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda fanlar yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarni 
hosil qilish, o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda bugungi kunda ta`lim sohasida mustahkam 
o’rin egallayotgan pedagogik texnologiya – interfaol metodlarni qo’llashni talab etadi. Bunda o’qituvchi 
tanlanilayotgan metodni mavzuga mos va hosligini ko’rib chiqishi lozim va o’quvchilarni yosh 
hususiyatlarini hisobga olishi talab etiladi. 
Ta`lim sifatini pasayishiga yana bir sabab sinflarda bolalar sonining haddan ziyod ko’pligidir. Ularni 
bilim olishga intilishi va ishtiyoqi ham bir-biridan farq qiladi. Taklifim shundan iboratki sinflarda 
qo’uvchilar sonini kamaytirish, 20-22 nafardan oshmasligi, pedagogning har bir o’quvchi bilan alohida 
ishlash imkoniyatini beradi. Bu esa ta`lim sifatida samarali natija beradi degan umiddaman. 
Bunday darslarni sifatli qilib yaratish murakkab jarayon, ammo biz pedagoglar tarbiyalanayotgan 
yosh avlodning o’ziga ishonch ruhida tarbiyalashimiz, o’quvchi qalbiga joylanayotgan o’ziga ishonch 
urug’i bir kun daraxt bo’lib meva beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
Q.Usmonov, U.Jo’raev. «O’zbekiston tarixi» 8-sinf uchun darslik. «O’qituvchi» nashriyoti. 
Toshkent 2014. 54-sahifa. 
Q.Usmonov, U.Jo’raev, G.Jo’raeva «O’zbekiston tarixi» 8-sinf uchun darslik. «O’qituvchi» 
nashriyoti. Toshkent 2019. 53-sahifa. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish