KIMYO FANINING O’QITISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

KIMYO FANINING O’QITISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH 
MUAMMO VA YECHIMLAR 
Zayniyeva Raisa Bahodirovna, G‘aybullayeva Mo‘mina Shofayzovna
 
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi. Kimyo fani o'qituvchilari 
 
Mamlakatimiz uchun ilm – fan sohasidagi ustuvor yo’nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech 
bir davlat ilm – fanning barcha sohalarini bir yo’la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili 
ilm – fanning bir nechta ustuvor yo’nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. 
Joriy yilda matematika, kimyo – biologiya, geologiya kabi yo’nalishlarda fundamental va amaliy 
tadqiqotlarni faollashtirib,olimlarga barcha shart – sharoitlar yaratib beriladi. Ilm – fan yutuqlarining 
elektron platformasi,mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim.1 
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi 
va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo’ymoqda. Olamshumul strategik 
maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olish uchun 
mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o’rni 
beqiyos. Bunday raqobatdosh kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib 
aytganda, inson va uning salohiyatini kashf etish hamda buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi 
ulug’vor vazifalar turadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga2 muvofiq umumiy o’rta va maktabdan tashqari 
ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy 
– axloqiy va intellektual rivojlanishni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, o’quv – tarbiya jarayoniga 
ta’limninginnovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining 2030 – 
yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga 
erishish hamda xalq ta’limi sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida 
o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi kimyo – biologiya, fizika fanlardan 
savodxonlik darajasini baholashga yo’naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish 
vazifalari belgilangan. 
Shunday ekan biz kimyo fani o’qituvchilari o’z oldimizga o’quvchilarning xalqaro ta’lim 
standartlariga mos holda o’qitishimiz kerak. Buning uchun biz PISA asosida o’quvchilarning testlarga 
tayyorlashimiz ularga PISAning asl mohiyatini tushuntirishimiz, yangi pedagogik texnologiyalardan 
foydalanishimiz kerak. Hozirgi kunda bizni oldimizdagi eng katta muammolardan biri PISA xalqaro dasturi 
reytingiga tayyorgarlik ko’rsatish va kuchli natijalarni egallashimiz kerak. 
PISA xalqaro baholash dasturi o’quvchilarning ta’lim olishga bo’lgan munosabati va motivatsiyasi 
haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi hamda ularning muammoni hal qila olsh ko’nikmalarini, masalan, 
global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o’quvchi yoshlarning fikr – mulohazalari va ular bergan 
taklif va yechimlarni baholaydi.3 
Biz oksidlar mavzusini o’qitishda yangi PISA xalqaro reytingiga mos holda o’quvchilarga bu 
mavzuni tushuntiramiz. Oksidlar deb biri kislorod bo’lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab 
moddalarga aytiladi. Oksidlarning umumiy formulasi : E2On ( E – element, n – E elementning valentligi).4 
Nomlanishi : doimiy valentlikka ega element, oksidining nomi “element nomi + oksid” shaklida 
yasaladi. Magniy (II) – oksid MgO, alyuminiy ( III) – oksid Al2O3. Oksidlarning toifalanishini quyidagicha 
usulda tushuntirish mumkin. 
Kislotali oksidlar 
Asosli 
oksidlar 


198 
A
mf 

ter oksidlar 
Agar oksidlarning toifalanishini shu usulda ko’rgazma qilib tayyorlanib tushuntirilsa o’quvchilar 
yaxshiroq eslab qoladi. 
Kislotali oksidlar – asoslar yoki asosli oksidlar bilan tuz hosil qiluvchi oksidlar. CO2, SO2,P2O5 
Asosli oksidlar - kislotalar yoki kislotali oksidlar bilan tuz hosil qiluvchi oksidlar. Na2O, CaO, FeO 
Amfoter oksidlar – kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham tuz hosil qiluvchi oksidlar. ZnO, 
Cr2O3,Al2O3 
Befarq oksidlar – tuz hosil qilmaydigan oksidlar. NO, CO, N2O 
Mavzuni mustahkamlash qismiga yoki keyingi darsda o’tilgan mavzuni takrorlash qismida qo’llash 
mumkin bo’lgan metodni taklif etmoqchimiz. 
MgCl2 
Bu bulutlar zanjiri deb nomlangan metod bo’lib, o’quvchilar ko’zi bilan bulutlar orasidan 
oksidlarning tanlab mavzuni yaxshi eslab qolish imkoniyatini beradi. O’quvchilar mavzuni ko’zlari bilan 
ko’rib, ularni eslab qolsa shu bilan birga mantiqiy fikrlash qobilyatini ham shakllantirishimiz kerak. 
Endi mantiqiy fikrlashlarini shakllantirish uchun quyidagi metodni o’ylab topdik. 
Al + Al + Al = 162 
O + Al +Al = 140 C + O + Al = 55 
CO + Al2O3 + C = ? 
Endi buni isbotlab beradigan bo’lsak kimyoviy elementlarning atom massalarini hisobga olingan. 
Masalan : Alyuminiyning molekulyar massasi 27 ga teng. Shundan foydalanib biz birinchi savolni 
ishlaymiz. 
(27*2)+(27*2)+(27*2)=162 Agar yaxshilab e’tibor bersak, Al ni ikkita ekanligini ko’ramiz. Endi 
ikkinchi qatorni ishlaymiz. 
140 – ((27 *2)+(27*2))= 32 32 :2=16 Demak bunda ham elementlar ikkitadan ekan. Uchinchi qatorni 
ishlaymiz. 
55 – 27 – 16 = 12 To’rtinchi ustunga o’tamiz. 
(12 + 16) + (27 *2 + 16*3) + 12 = 142 Demak javob 142 ekan. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, kimyo fani mo’jizakor fan hisoblanadi. Ko’pchilik kimyo fanini qiyin 
yoki murakkab fan deb aytadi. Aslida unday emas kimyo fani juda ham qiziqarli va mo’jizakor fandir. 
Kimyo fanining yaxshi bilgan inson qanday daromad olishning biladi. Chunki bu fan insonlarga yo’qdan 
bor qilishni yoki tabiatdan olib daromad qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun muxtaram 
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tabiiy fanlarga ya’nikim kimyo –biologiya, geologiya fanlarini 
rivojlantirish kerakligini aytib o’tdilar. Shunday ekan biz yosh pedagoglar bunga nisbatan javoban kuchli 
bilimga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. Kuchli kimyogar yoshlarimiz Yurtimizni sha’nini 

Download 4,42 Mb.
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KIMYO FANINING O’QITISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish