TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANIDAN SAVODXONLIK DARAJASINI




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

 
TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANIDAN SAVODXONLIK DARAJASINI 
RIVOJLANTIRISHDA INNOVASION METODLARNI QO‘LLASHNING 
SAMARADORLIGI 
Turdiyev Yorqin Ochilovich 
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi O'IBDO, matematika fani 
òqituvchisi 
“O‘rtacha o‘qituvchi bayon qiladi, yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi,
mashhur o‘qituvchi namoyish qiladi, buyuk o‘qituvchi ruhlantiradi” 
I.V. Gyote 
Har bir darsda turli xil didaktik maqsadlar ko‘zlanadi, ular orasida bittasi bosh maqsad bo‘lib 
hisoblanadi, uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. Har bir alohida darsning maqsadi darslar 
sistemasining maqsadini aniqlab, uning yordamida o‘qitilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchilarga 
ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi holda 
tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida esa,biror malaka va ko‘nikmalarni 
hosil qilish, to‘rtinchisida esa, bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish bajariladi. Har bir darsda yuqorida 
aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O‘tilganlarni takrorlash oldin o‘tilgan bilimlarni yangi 
sistemaga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har doim 
mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 
dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil 


192 
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi 
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va 
innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi.Bu esa o‘quvchilar bilim bo‘shlig‘ini to‘ldirishga 
xizmat qiladi. 
O‘quvchilariga taqdim etilgan topshiriqlaridan namuna 
1. Fudji tog‘iga ko‘tarilish. Yaponiyadagi Fudji tog‘i “uyqudagi” vulkani bilan mashhur tog‘ 
hisoblanadi. Fudji tog‘i faqat 1 iyuldan 27 avgustgacha bo‘lgan davrda odamlar uchun ochiq. Taxminan 
200 ming kishi hozirgi vaqtda Fudji tog‘iga chiqmoqda. O‘rtacha har kuni Fudji tog‘iga qancha odam 
ko‘tariladi? 
2.2-masala ( dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73%, Singapur 95%, Rossiya 14% ). 
Tom nonning ½ qismini, Yanna esa ¼ qismini yedi. Ikkalasi ham nonning qaysi qismini yeyishdi? 
3.3-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 45%, Singapur 78%, Rossiya 47%). Xaltada 5 ta qizil va 5 ta 
ko‘k shar bor. Murod ihtiyoriy ravishda bitta sharni oldi. U qizil ekan. Bundan keyin u bu sharni sumkaga 
soldi. Keyingi olingan shar qizil bo‘lishining ehtimolligini toping. 
Matematika imtihonlarida o‘quvchilar qanday muammolarga duch kelishi mumkin? 
Darsliklarda PISA topshiriqlariga o‘xshash masalalarning yo‘qligi yoki kamligi va shuning uchun 
o‘quvchilarda bunday amaliy faoliyatlarni amalga oshirish tajribasining yetishmasligi oqibatida ularning 
natijalari past bo‘lishi mumkin. 
PISA topshiriqlari odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi real vaziyat va 
muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi bo‘limiga murojaat qilish haqida 
ko‘rsatmalar yo‘q. 
PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma va jadvallar, real bog‘lanishlar grafiklari) turli 
shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga o‘girish va yechim topilgandan so‘ng uni yana real sharoit 
bilan bog‘lab baholash va sharhlash talab qilinadi. 
Odatda matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart usullar yordamida 
yechiladi, ya’ni o‘quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma’lum algoritmlar asosida yechishga o‘rgatiladi. 
PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi. 
O‘zbekiston 2021-yilda 3 ta (o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) 
yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 
Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni ilmga 
keng jalb qilish va intellektual salohiyatini oshirish, matematika fani uchun bo‘lg‘usi kadrlar tayyorlash 
ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish 
uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada 
takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati Qorako‘l 
tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 avgust, 654-sonli qarori 
qabul qilindi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet 
tillarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va 
xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib 
belgilandi. 
Xalqaro Matematika Olimpiadasi dunyoning yosh matematiklari uchun eng katta va eng muhim 
forum hisoblanadi. U sport Olimpiadasi kabi nufuzli bo‘lib, unda ishtirok etish har bir mamlakat uchun 
katta sharafdir. Har yili iyul oyida, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan kelgan 500-600 nafar iqtidorli 
yoshlar o‘zaro bellashadilar, muloqotda bo‘lishadi va tajriba almashishadi. Birinchi xalqaro Matematika 
Olimpiadasi Brashovda 1959 yilda bo‘lib o‘tgan va unda Bolgariya, Vengriya, Sharqiy Germaniya, Polsha, 
Rumыniya, SSSR, Chexoslovakiya terma jamoalari ishtirok etgan. O‘zbekiston jamoasi birinchi bor 1997 
yili Argentinada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Matematika Olimpiadasida 3 nafar ishtirokchi va 1 nafar rahbar 
bilan faol qatnashgan. Bu yerda amaliy tajribalarni almashib kelgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq 
so‘zi gazetasi, 2020 yil 25 yanvar, №19 (7521) 


193 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi 
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
qarori 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro 
matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 avgust, 654-sonli qarori 


194 

Download 4,42 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANIDAN SAVODXONLIK DARAJASINI

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish