TASVIRIY SAN’AT VA TEXNOLOGIYA




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

TASVIRIY SAN’AT VA TEXNOLOGIYA 
FANI 
CHIZMACHILIK DARSLARIDAI ILG’OR TAJRIBALARNI O’RGANISH VA 
OMMALASHTIRISHDAGI UZVIYLIK 
Rajabova Gulhayo Axmadovna 
Qiziltepa tumani 12-maktab. Tasviriy san'at o'qituvchisi. 
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. SHunday 
ekan ta’lim - tarbiya jarayoni ham juda murrakkab va mahsuliyatlidir. O’zbekiston davlat siyosatining 
ustuvor yo’nalishlardan biri milliy qadriyatlarimiz, ezgu g’oyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, 
jamiyatga munosib, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan, o’z sohasi bo’yicha raqobatbardosh yoshlarni 
tarbiyalashdir. 
Ilmiy texnik taraqiyyotni talablarining asosi bu chizmachilikdir. Tasviriy san’at va chizmachilik 
darslarida yangi zamonaviy metodlardan foydalanish, ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish davr ta’labi. 
SHu asosda o’quvchilarni mehnatga va ijodiy yaratuvchanlik faoliyatiga tayyorlashga, fazoviy 
tasavvurlarini rivojlantirishga yordamlashadi. Bunda o’quvchilarni real buyumlarning shaklini va 
konstruksiyasini taxlil qilish va ularning obrazini chizmaga qarab tasavvur qilishga, chizmani o’qishga 
o’rgatish vazifasi qo’yiladi. 
O’quvchilarga ta’lim berishning zamonaviy axvoli, ularning nazariy tomondan tayyorgarligini 
oshirishning yangi yo’llarini izlash, ijodiy mehnatga tayyorgarli, asosiysi esa vosita va metodlar, shu 
jumladan boshlang’ich maktab chegarasida vosita va metodlarni izlashdir. 
Keyinggi yillarda ta’limning o’yinli shakli eng istiqbolli va eng muvaffaqiyatli yangilik bo’lib 
namoyon bo’ladi. 
Didaktik sharoitda maqsadga intilish, faollik, tezkorlik va tafakkur mahsuldorligi, mustahkamlik
xotira tezkorligi, takomillashganlikva o’z kuchi, irodasiga ishonch tuyg’ular shakllanadi. 
SHunga ko’ra kichik yoshdagi bolalarning chozmachilik ta’lim-tarbiyasida asosiy faoliyatlaridan biri 
bo’lib hisoblangan narsa o’yindir. O’yin texnologiya yordamida tashkil qilingan chizmachilik darslarda 
atrof-muhit bilan tanishtirish, ularning kuzatuvchanligi, diqqat-e’tibori, chizmachilik xotirasini 
rivojlantirish, ya’ni aqliy faoliyatlarini kuchaytirish nazarda tutiladi. 
O’yinning vazifasi. 
O’yin harakati; 
O’yin qoidasi; 
O’yin yakuni; 
Har bir o’yinda ma’lum didaktik maqsadga qaratilgan vazifa qo’yiladi. Bu vazifa bolalarga bilim va 
ma’lumot berishni ko’zda tutadi. Har bir o’yin bolalardan ma’lum vazifani bajarishni talab qiladi.Bu 
vazifani bajarish maqsadida bola o’zining fikrlash qobiliyatini aktivlashtiradi, oldingi olgan bilim va 
tushunchalarini esga tushitishga harakat qiladi. 
Har bir o’yin o’zining ma’lum yakuni natijasiga ega. O’yinda ma’lum kutilgan natijaga erishish esa 
o’yin qoidasiga rioya qilish, vazifani bajarish orqali amalga oshiriladi. O”yin shunday yakunlandiki, bolalar 
o’yindan ma’naviy ozuqa oladilar, ularga ma’lum darajada bilim beradi, yangi bir naesaga o’rgatiladi. 
O’quvchilar esa har bir qiziqarli o’yindan so’ng o’zlarini xursand, xushchaqchaq sezadilar, ularning ehtiyoji 
qoniqtiriladi. O’uin oxirida o’yin jarayonida vazifani, o’yin qoidasini yaxshi, namunali bajargan 
o’quvchilar rag’batlantiriladi, ularning faoliyatlari alohida qayd qilib o’tiladi. 
Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish asosida shu sifatlarni ijobiylashtirish va 
rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun darsda oʻquvchilarga mustaqil vazifalar berish, ularning mustaqil 
hulosalar chiqarishlarini, bir- birlaridan oʻrganishlarini tashkil qilish, ularning oʻqishlari uchun qulay muhit 
yaratishga alohida e’tibor berish talab qilinadi.Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash. 
Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ijobiylashtirish va rivojlantirish. Oʻquvchilarning 
yosh xususiyatlarini ta’lim- tarbiya jarayonida hisobga olish, ularning shaxsiy sifatlarini bilish, tahlil 
qilishga yakka tartibda yondashishda hozirgi yosh psixologiyasi va pedagogikasining qoidalari va 
talablaridan kelib chiqiladi. Bunda oʻquvchilarning bir - birlariga nisbatan tayyorgarliklari, qiziqishlari va 


217 
fanlarni turlicha oʻzlashtirishlari bilan farqlanishini hisobga olish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shunga 
muvofiq ravishda oʻqituvchilarning ham bir- biridan oʻqitish uslubi, oʻquv-tarbiya jarayonini rejalashtirish 
boʻyicha farqlanishini hisobga olgan holda har bir oʻqituvchining ma’lum vaqt davomida opedagogik 
texnologiyaimal natijaga, ya’ni oʻquvchilarning koʻzda tutilgan darajada oʻzlashtirishlariga erishish 
yuzasidan individual yondashuvlari mavjud. 
Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish asosida shu sifatlarni ijobiylashtirish va 
rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun darsda oʻquvchilarga mustaqil vazifalar berish, ularning mustaqil 
hulosalar chiqarishlarini, bir- birlaridan oʻrganishlarini tashkil qilish, ularning oʻqishlari uchun qulay muhit 
yaratishga alohida e’tibor berish talab qilinadi.Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash. 
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim amalga oshiriladigan ayrim noan’anaviy dars shakllarini 
keltiramiz: 
Shoʻngʻish darsi - ma’lum bilimlarni egallash uchun eng qulay muhitda boʻlish yoki shunday muhit 
yaratish orqali mavzuni faol oʻrganish mashqlaridan iborat. Musobaqa darsi- oʻquvchilarning oʻzaro 
musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari. 
Konsultatsiya darsi - dars jarayonida oʻquvchilarning oʻzaro hamda oʻqituvchining 
konsultatsiyalarini tashkil etish orqali darsni oʻzlashtirish mashqi. 
Ijod darsi - oʻquvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi. 
Sinov darsi - oʻquvchilarning oʻzlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil qilinadigan dars. 
Shubha bildirish darsi - dars mavzusi boʻyicha qoidalar, xulosalarni agar notogʻri deb hisoblansa, 
nimalar boʻlishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar oʻtkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish 
darsi. 
Ijodiy hisobotlar darsi- oʻquvchilarning ayrim mavzular boʻyicha mustaqil oʻrgangan bilimlari va 
xulosalari taqdimoti. 
Umumlashtirish darsi - ilgari oʻtilgan mavzular boʻyicha olingan bilimlarni umumlashtirish 
mashqlarini oʻtkazish darsi. 
Ilmiy-fantastika darsi - oʻquvchilarning oʻrgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar oʻylab 
topishlari mashqini oʻtkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi. 
Haqiqatni izlash darsi - dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan oʻquvchilarning mustaqil 
fikrlar bildirishni tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni oʻzlashtirishni ta’minlash darsi. 
“Paradokslar” darsi- oʻquvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida oʻrganilayotgan 
mavzuni har turli “paradokslarga” bogʻlab bayon qilish hamda tegishli tahlillar oʻtkazish asosida toʻgʻri 
xulosalarni aniqlash darsi. 
Seminar darsi- yangi dars mavzusiga doir savollar boʻyicha oʻquvchilarga oldindan berilgan 
topshiriqlarni bajarish natijalari toʻgʻrisida ma’lumotlarni tinglash orqali sinfdagi barcha oʻquvchilar darsni 
oʻzlashtirishlarini va bilimlarini mustahkamlashni ta’minlash darsi. 
Ekskursiya darsi - bu darslarda oʻquvchilarni turli ob’yektlar: muzey, ziyoratgoh, korxona, ustaxona, 
tabiat ob’ektlari, ilmiy muassasa, kollej, litsey va boshqalarga olib borish va tanishtirish orqali ularning 
bilimlarini hayot bilan bogʻlash va kasbga yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirib borish ta’minlanadi. Juda 
uzoqdagi va borish qiyin boʻlgan ob’ektlarga, ular toʻgʻrisida filmlar, turli koʻrgazmali va boshqa 
materiallar mavjud boʻlgan hollarda, ularni oʻquvchilarga namoyish etib, tushuntirish orqali 
videoekskursiyalar tashkil etish ham munkin. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish