BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MEHNATGA AXLOQIY JIHATDAN




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MEHNATGA AXLOQIY JIHATDAN 
TAYYORLASH 
Xaydarova Malika Djamshitovna 
Boshlang'ich talim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi 
Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda eng avvalo, mehnatga ongli munosabatni shakllantirish 
tushuniladi. 
Shu o`rinda buyuk allomalarning hadislariyu, ilm, mehnat va hunar haqidagi fikrlaridan 
foydalanamiz: 
Ey o`g`il! Qaysi fan bo`lmasin, to uni mukammal egallamaguningcha harakatni to`xtatma, bir ilm 
ikkinchi ilmni egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqling yo`l berdimi, uni oxirigacha egallamay 
turib, chala tashlab q o`yma! (A. Sheroziy) 
Hunarni asrabon ketgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir. (A. Navoi) 
Aziz do`stlar oltin va kumushi bo`lmagan odam kambag`al emas, balki es-xushi va kasb-hunari 
bo`lmagan kishi kambag`aldir. Abdulla Avloniy. 
Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir. Abu Rayxon Beruniy. 
Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo`lsang, o`z xulqingni mehnat tumori bilan beza. 
Alisher Navoiy. 
Sen avvalo mehnatni qadrla va o`zgalar qilgan mehnatni ham qadriga yet, shunda sen o`zingni 
haqiqiy mehnatsevar deb bilursan. Imom al-Buxoriy. 
O`z mehnating bo`lsin doim yo`ldoshing, O`zga minnatidan og`ritma boshing. Kunlaring o`tarkan 
terib dur-hikmat, Kunlaring to`liqdir bo`lsa hur mehnat. Abdurahmon Jomiy. 
Agarda boshlang`ich sinflar o`quvchilariga tadbiqan gapiradigan bo`lsak, ularning bu yoshidan 
mehnatni sevish, shu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi. Mehnatga 
munosabat shu mehnatning muhimligi va zarurligini tushunish, bunday mehnatda jonbozlik ko`rsatish, 
ishga shax- san mas’uliyatni his qilgan holda yondashish ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan munosabatda 
bo`lishni anglatadi. 
Mehnatga axloqiy tayyorlash — bolalarga jamoada ishlashni, do`stona o`zaro yordamni, ijodiy 
tashabbusni, tashkilot- chilik qobiliyatlarini namoyish qilish va mehnatda xatti-harakat normalarini 
o`rgatishdan iborat. 
Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash. Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash murakkab, uzoq davom 
etuvchi va ko`p qirrali jarayon bo`lib, u butun mehnat ta’limi va tarbiyasiga singib ketgandir. U garchi 
o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lsada, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir. 


221 
Bolani mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash — bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq 
keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko`nikmalarni egallashga 
qiziqishni shakllantirish demakdir. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat — 
bu har bir kishining vijdoni va burchi ekanligini, inson o`z mehnati bilan sharaflanishini, faqat Vatan 
farovonligi yo`lida qilingan mehnatdagina insonning eng yaxshi sifatlari rivojlanishi hamda takomillashishi 
mumkinligini anglashlariga yordam berishdir. Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi jamiyat- ning 
hayoti va faoliyati, uning farovonligi uchun zarur bo`lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi 
zarurligini anglash- lari juda muhimdir. Shuningdek, bolalar jamiyatda kishi meh- natsiz yashay olmasligini 
ham uqib olishlari kerak. 
Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni 
nazarda tutadi. Bular sezib anglash, emotsional idrok, diqqat, xotira, tafakkur va shu kabi jarayonlardir. 
Boshqacha qilib aytganda, ular mehnatning psixologik tarkiblari deyiladi. 
Mehnatga o`rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini 
takomillashtirish zarur. Ma’lum- ki, mehnat faoliyati, mehnat ta’limi uchun ham turli sezgilar 
yig`indisining (ko`rish, eshitish, his etish, ta’m bilish, teri, muskul harakati) namoyon bo`lishi xarakterlidir. 
Shuning uchun o`qituvchilar quyi sinf o`quvchilariga yangi materialni yoki asbobni tanishtirayotganlarida 
bolalardagi sezgining barcha turlarini faollashtiradilar: bolalar qog`ozni ushlaydilar, silaydi- lar, aylantirib 
ko`rib chiqadilar, uning qanday shitirlashiga quloq soladilar. Sezgilarning bunday faollashuvi ma’lumot 
haqida to`liqroq tasavvurga ega bo`lishga yordam beribgina qolmay, balki bu psixologik jarayonni 
rivojlantiradi, takomillashtiradi. 
Mehnatga tayyorlashning yanada muvaffaqiyatliroq bo`lishi uchun bolalarning xotiralarini o`stirish 
vazifasi ham albatta amalga oshiriladi. Mehnat bo`yicha o`quv materiallarini eslab qolish boshqa 
buyumlarga nisbatan o`ziga xos xususiyatga ega. 
Barcha yangi asboblar, materiallar, jarayonlarning nomini boshlang`ich sinf o`quvchilari buyumni 
ko`rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahmlaydilar. O`qituvchi mehnat darsida faqat 
tushuntiribgina qolmay, balki asosan material va buyumlar namunasini, asboblarni, materialga ishlov berish 
usullarini, jarayonlarning izchilligini ko`rsatadi. Shuning uchun mehnat ta’limida eshitish, ko`rish xotirasi 
va xarakatlantiruvchi xotira ham muhim o`rin egallaydi. O`quvchilarda mehnat darsidan mehnat darsigacha 
yangidan yangi bilim va ko`nik- malar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash hamda xotirlab qolish 
kerak. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga mehnat malaka va ko`nikmalarini o`rgatish natijalari ko`p jihatdan 
psixologik jarayonlarining rivojlanganligiga, bosh miya nazorati ostidagi mushak harakat apparatining 
takomillashganligiga bog`liqdir. 
Mehnat ta’limining to`g`ri borishida emotsional jarayonlar ham xarakterlidir. Bolalarni 
qiyinchiliklarni yengishga, qo`yilgan maqsadga yerishish yo`lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, 
boshlagan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o`rgatish lozim. Bu o`rinda ijobiy 
emotsiyalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo`lishi juda 
muhimdir. Mehnatda turli psixologik holatlar: faollik, diqqatning jamlanishi, qiziqish, mustaqil fikr 
yuritish, qoniqmaslik kabi tuyg`ular namoyon bo`ladi. 
Mehnatda shaxsning qiziqish, qobiliyat, temperament kabi individual psixologik xususiyatlari 
shakllanadi. 
Mehnatga ruhiy jihatdan va axloqiy jihatdan tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq davom etuvchi 
jarayondir. 
Mehnatga ma’naviy va psixologik tayyorlash o`zining real bazasiga — texnikaga oid bilim, amaliy 
malaka va ko`nikmalarning ma’lum zaxirasiga ega bo`lishi kerak. Agarda bola mehnat qilishga 
o`rgatilmagan bo`lsa, uning uchun mehnat faoliyati maqbul mashg`ulotga aylanmaydi, unda kerakli ijobiy 
emotsiyalarni va boshqa psixologik ko`rinishlarni keltirib chiqara olmaydi. Bunday hollarda mehnatga 
munosabatni ifodalovchi mehnatga muhabbat ham boshqa axloqiy sifatlar ham namoyon bo`lmaydi 


222 

Download 4,42 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MEHNATGA AXLOQIY JIHATDAN

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish