BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY 
YONDASHUVLAR 
Rajabova Zamira Jumaboyevna 
Urganch shahar 25-son IDUM ning matematika oliy toifali o'qituvchisi 
Bolalarga matematikadan ta'lim berish va maktabgacha ta'limdagi o'quv-tarbiya jarayonini 
takomillashtirishning maqsadlaridan biri —bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir. Bolalar 
matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator 
fundamental fanlarda o'rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni bilishi kerak. Bolalardagi matematik 
bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to'laroq o'rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda 
matematik tushunchalardan oldin mavjud bo'lgan g'oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin 
g'oya paydo bo'ladi, keyin shu yangilik haqida fikr yuritiladi. Fikr o'z qarorini topishi uchun voqealarni 


189 
taqqoslaydi, ko'rib chiqadi va ularga asoslanib, kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni 
anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. 
Matematik masalalarni yechish jarayon o'zining mohiyati bo'yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. 
Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo'ladi. Uning shakllanishi doimiy 
mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta'limda boshlanadi. Har bir mustaqil 
yechilgan masala, tuzilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil 
yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi. Ruhshunoslarning fikriga qaraganda, 
matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O'zining mohiyati bo'yicha 
har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning mahsulidir. Har bir fikr — izlanish va yangilikni yaratish 
hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Adabiyotlar tahlillari shuni 
ko'rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish mahsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish 
jarayonining o'ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta'sir ko'rsatish bilan ifodalanadi. Ayrim 
mualliflar bolaning turli fikrlashlari ularning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, chuqur 
bilimlarni tez egallashga, qulay imkoniyatga yengil o'tishga undaydi, deb hisoblaydilar. 
S.L.Rubinshteynning birinchilardan bo'lib umumiy aqliy rivojlanish borasida qilgan izlanishlari maqsadga 
muvofiqdir. U ruhshunoslikdagi faoliyat toifasini ruhiy izlanishning obyekti hamda maqsadi qilib kiritdi va 
asosladi. Faoliyat nazariyasi asosida S.L. Rubinshteyn faoliyat tushunchasini subyektdan obyektga o'tish 
deb kiritadi. S.L.Rubinshteyn faoliyatning ikkinchi bosqichini obyektdan subyektga qarab borgan aloqadan 
iborat deb hisoblaydi. S.L.Rubinshteynning diqqat markazida, inson faoliyati jarayonida faqatgina o'ziga 
xos bo'lgan shaxs sifatida o'zining xususiyatlarini namoyon etib qolmay, balki undagi ruhiyatning 
shakllanishi obyekt bo'lib aniqlanadi, degan mazmun turadi. ,,Faoliyat", ,,harakat" tushunchalarining 
fundamental psixologik tushunchalari A. N. Leontev ishlarida yoritilgan. 
Faoliyat — subyektning bir-biriga bog'langan realligining o'zaro ta'sir ko'rsatishi deb bilgan 
A.N.Leontev, reallikning bola ongida aks ettirilishi —,,ta'sir"ning natijasi bo'lmay, o'zaro ta'sir, ya'ni bir-
biriga duch kelgan jarayonlarning natijasidir, deb hisoblaydi. A. N. Leontev va S.L. Rubinshteynning 
o'qitish amaliyotidagi xulosalariga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirishda faoliyat 
shakllarining ishlanmasi va ishlatilishi hamda ta'limdagi faoliyat tamoyillarining bir-biriga ketma-ket 
o'tkazilishi eng foydali va natijali yo'nalishdir. Matematik tushunchalarni rivojlantirishda qo'lgan barcha 
izlanishlar ikki asosiy yo'nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo'nalishda matematik tushunchalarning o'ziga 
xos xususiyatlari ta'riflanadi. Shu nuqtai nazardan muammolarni o'rganishga ko'p olimlarning ishlari 
bag'ishlangan. Ularda bir necha g'oyalar aniq aks ettirilgan: 
g'oyalardan biri — bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar ularning har xil 
birikmalarini ajratib ko'rsatmoqda, ya'ni amaliy masalalarni mustaqil ravishda tuzmoq,bajarish, ijodiy 
xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin jarayonlarning funksional bog'lanishini tushungan holda 
bajarish; 
izlanishlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarni shakllantirishning xususiyatlarini bilim 
boyligi va uni o'zlashtirish darajasi orqali izohlashni o'z ichiga oladi; 
uchinchisi — matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini tarbiyachilarning turli xil 
(masalan, tushunchalar yig'indisini: qo'shmoq, mulohaza qilmoq, mantiqiy bog'lanishni aniqlamoq, bilmoq) 
masalalarni yechishda namoyon bo'lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog'laydi. 
Ikkinchi yo'nalishdagi izlanishlar matematik tushunchalarni shakllantirishning mexanizmi, o'ziga 
xos xususiyatlarini o'rganish va tushuntirishga bag'ishlangan. Bunda matematik tushunchalarni 
shakllantirishni shaxs xususiyatlari (kasbga bo'lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning ahamiyati, 
shaxsning yoshiga xos bo'lgan xususiyatlar) bilan bog'lashga harakat qilingan. 
Agar bolalar masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish uslubini, doim qo'llab 
kelgan standart uslublaridan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini, muammoning asosiy bog'lanish 
mohiyatini anglash va uni yechish uchun turli usullarni topish, amaliy masalalarni yechish muammolaridan 
chiqish, oldindan aytib berish qobiliyatlariga ega bo'lsa, matematik tushunchalar rivojlangan hisoblanadi. 
L. S. Vigodskiy fikrlashning rivojlantirish muammosini o'rganib,dastlab matematik tushunchalarni 
shakllantirishni ilgari suradi. Bunda u bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay 
sharoitlarni topish lozimligini ta'kidlaydi. L.S. Vgodskiyning fikri bo'yicha, bolaning tasavvuri rivojlanishi 
bilimlarni o'zlashtirish jarayonisiz o'tmaydi, faqatgina o'quv axborotlarining to'plami (bilim, bilish) 
fikrlashni harakatlantiradi, bolalarning fikrini rivojlantiradi. O'z navbatida matematik tasavvurning hosil 
bo'lishi bilim va bilishni o'zlashtirish yuqori darajada bo'lishiga dastlabki shart hisoblanadi. L. S. 
Vgodskiydan keyin psixolog va didaktlarning ko'pchiligi o'rgatish — rivojlanish manbai, tarbiyachilarning 
bilimi va bilishi— ularning rivojlanishi uchun muhim shartlardan biridir, deb hisoblaydilar. Bunda o'qitish 


190 
jarayonida tasavvurni hosil qildirish jarayonini ko'zda tutish muhimdir, ya'ni tarbiyachilarning egallagan 
matematik tushunchalarni rivojlanish darajasini e'tiborga olish va ularni keyingi yengilroq maydonga 
siljitish kerak. Ushbu maydonni aniqlash uchun L. S. Vgodskiy ikki ko'rsatkichdan foydalanishni tavsiya 
etadi: 
bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi; 
boladagi o'zlashtirilgan bilimlarni masalalarni mustaqil yechishda qo'llash, tatbiq etish qobiliyati. 
L. S. Vgodskiyning takliflarini amaliyotda qo'llaganda: 
bolalarga masalani yechilishini ko'rsatib, xuddi shunga o'xshash masalani o'zlariga yechish uchun 
beradi; 
tarbiyachi boshlab qo'ygan masalani bolaning yechib tugatishini tavsiya etadi; 
murakkabroq masalalarni yechishni bolaga tavsiya etadi; 
masalaning yechilish prinsipini tushuntiradi, yordamchi savollar beradi, muammolar qo'yadi, 
masalani qismlarga bo'ladi va hokazo. Bundan tashqari, masalani yechish jarayonida tasawurni hosil 
qildirish jarayonini aniqlash uchun tavsiya etilayotgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, 
deb hisoblaymiz. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish