182
Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari bilan ishlaydigan o‘qituvchi quyidagi vazifalarni
amalga oshirishi kerak:
ma’ruza matnlari, adabiyot bilan bog‘liq topshiriqlarni tayyorlash;
uslubiy ko‘rsatmalarni, nazorat savollarini to‘g‘ri javoblar variantini tuzish;
ishchi dastur va texnologik xaritani tuzish;
bilimni nazorat qilish natijasini tahlil qilish;
ma’ruza matnlarini tahrirlash;
har bir mavzu bo‘yicha dinamik ko‘rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarini tasavvur
qilish;
mustaqil ishlar bo‘yicha talabalarning nazariy va amaliy savollar yuzasidan maslahatlar berishni
tashkil qilish;
o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzular bo‘yicha talabalar bilan suhbat o‘tkazish talablar
qo‘yiladi.
Qo‘yilgan ushbu talablar bo‘yicha axborot texnologiyalarining multimedia
vositalari asosida dars
jarayonini tashkil qilish pedagog-o‘qituvchilarning yumushini osonlashtirib, o‘quv jarayonini boshqarish,
uning samaradorligini yanada ko‘tarishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ta’lim muassasasi rahbariyatiga
talaba, guruh, mutaxassisliklar bo‘yicha test natijalarini ko‘rib borish va ularning o‘zlashtirish natijalariga
baho berish, o‘qituvchilarning ma’ruza matnlari va boshqa mustaqil ishlariga mo‘ljallangan
materiallarining tayyorlash sifatiga baho berish, multimedia vositalari asosida laboratoriya ishlarini bajarish
uchun kompyuterda modellashtirilgan virtual stendlar joriy etish, kursni o‘zlashtirish bo‘yicha uslubiy
materiallarni tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish kabilarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni ulardan o‘quv jarayonida foydalanish va
kelgusida ta’lim tizimida o‘quv jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim
vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi.
Elektron darslik loyixalash va ilmiy ishlab chiqarishda ma’lumotlarni tasvirlanishini chegirmali
texnologiyasiga asoslangan maxsus uskunaviy vositalardan foydalanishdir.
Bu texnologiya darslikning
o‘zida faqat matnli ma’lumotlarni saqlovchi emas, balki matematik formulalar, dasturlar va boshqalarni
ham saqlovchi, yagona bog‘langan ma’lumotli hujjat ko‘rinishida tasvirlash va saqlashni ta’minlaydi.
Elektron darslik har bir mavzuga oid asosiy tushunchalarni o‘rganish, o‘rganilayotgan
usul va uning
tadbiqini tadqiq etishni namoyish qilish, modelli dasturlarni modifikasiyalash va boshqarish, hamda
egallangan bilimlarni sinashga yo‘naltirilgan. O‘rganilgan hodisa
yoki jarayon modelini qurish, uni hal
etish uchun algoritm loyihasini va ko‘rilgan algoritmni dastur ko‘rinishda tadqiq qilishi zarur bo‘ladi.
Bunday maqsadga erishish uchun elektron darslik tarkibiga o‘quvchilardan induktiv va obrazli fikrlashni
rivojlantirishga ko‘mak beruvchi modelli dasturlar seriyasi kiritilgan.
Ma’lumki elektron o‘quv qo‘llanmalar yaratish jarayoni, an’anaviy “qog‘ozli” o‘quv qo‘llanmalar
yaratishga nisbatan o‘quv materiali mazmunini tuzilishga sifat nuqtai nazaridan yangi-yangi talablar
qo‘yadi. Shuning uchun, o‘quv qo‘llanmalar mazmunini strukturalashning texnologik
vositasi sifatida
“daraxtsimon” tizim imkonini beruvchi “integratordan” foydalaniladi. Chunki o‘quv kursi predmet
sohasining bunday modeli o‘rganilayotgan fanga mos test va topshiriqlarining to‘la tizimini ko‘rishni
avtomatlashtirishga imkon beradi.
O‘quvchilarning biror–bir sohani yoki predmetni faol egallashi uchun faqatgina nazariy bilimgini
yetarli bo‘lmasdan, balki masalani hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar ham shakllangan bo‘lishi kerak.
Shuning uchun maktab darsliklari mavzusini faqatgina nazariy jihatdan emas, balki amaliy ko‘rinishda,
yani ko‘rgazmali qurollar, harakatli tasvirlar, turli taqdimotlar orqali oʻqitish maqsadga muvofiq boʻladi.