ONA TILI DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

ONA TILI DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH 
Amanova Nazira 
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 17- umumiy o’rta ta’lim 
maktabi 
 
Interfaol ta’lim jarayonida dars o’quvchilarning o’zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. 
Interfaol so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, ya’ni “interakt”, “inter”-o’zaro, “akt”-harakat, ta’sir, faollik 
ma’nolarini bildiradi.
Interfaol metod– bu o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida ta'limni o’zlashtirish munosabatlarini 
kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Interfaol metod o’qituvchi bilan o’quvchini hamkorlikda ishlash 
vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol metod o’quvchini mustaqil fikrlashga 
undaydi. Interfaol metodlarni o’quv jarayoniga joriy etishning asosiy maqsadi shuki, dars qaysi shaklda, 
qayerda o’tkazilmasin ,darsda o’qituvchi bilan o’quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. 
O’qituvchi darsda turli muammoli vaziyatlar hosil qilgan holda o’quvchilarni turli muammolarga jalb 
etishi, ularning harakatlarini faollashtirishi va natijada o’quvchilarning o’zlashtirishlarini ta'minlashi lozim. 
Bunda o’qituvchi asosan yo’l yo’riq ko’rsatuvchi, xulosalovchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi. Interfaol 
metod orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil 
qaror qabul qilish, hissiyotlarini boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin 
tayyorlaydi. Darsning mazmunli va samarali o’tishi uchun kichik guruhlarda ishlash qo’l keladi, chunki 
bunda har bir o’quvchi o’zi va guruhi uchun kurashadi. Kichik guruhlarda ishlash an'anaviy darsdan nimasi 


176 
bilan farq qiladi. O’quvchilar faol ishlaydilar va topshiriqlarni bajarishga mas'uliyat bilan qaraydilar. 
O’quvchilar jamoa bo’lib fikr-mulohazalarini muhokama qiladilar. Tushuntirish uchun bir–birlarini 
tinglaydilar, savollar beradilar. Bir – birlariga yordam beradilar. Guruh ishlarida o’quvchilar o’zlarini erkin 
tu’tadilar, o’ziga nisbatan ishonch paydo bo’ladi. O’qituvchi mavzu bilan tanishib chiqishi va uning 
mazmuniga oid muammolarni belgilashi, guruhda ishlashning eng samarali yo’llarini belgilab olishi kerak. 
Masalan: guruhni 4 ta kichik guruhga bo’lib, guruhlarga topshiriq beradi va vaqtni belgilaydi va 
mustaqkamlash darsi o’tilsa, topshiriqlarni bajarish uchun 10 daqiqa beradi. O’quvchilar guruhda ish 
boshlaganda bir – birlariga savollar beradilar, egallagan bilimlari bo’yicha o’zaro fikr 
almashadilar.O’quvchilar guruhlarda ish bilan band bo’lgan vaqtda o’qituvchi xona bo’ylab yuradi, u 
barchani kuzatib topshiriqni izohlab beradi, yordamga muxtojlik sezayotganlarga yordam ko’rsatadi, 
hamda dars mavzusi bilan band bo’lishini kuzatadi. Vaqt tugagandan so’ng hammaning e'tiborini doskaga 
jalb qiladi. va har bir guruhdan bittadan vakil doskaga chiqib, guruh bajargan ishni butun guruh oldida 
taqdim etadi. Har bir guruh taqdimotidan so’ng boshqa guruhdagilar savol beradilar. O’qituvchi ham guruh 
ishlarini yakunlab bo’lgandan so’ng, ularga izoh beradi: xatolari bo’lsa, to’qrilaydi va xulosalaydi, guruh 
ishini baholaydi. Guruh bilan ishlashni tashkil etishda quyidagi tamoyillarniesdan chiqarmaslik kerak:
1. Guruhlar tarkibi 3-7 o’quvchidan iborat bo’lishi kerak. O’quvchilar sonini ko’paytirish guruhlarda 
ishlash jarayonini qiyinlashtiradi va ba'zi o’quvchilarning chetda qolib ketishiga sabab bo’ladi. Ba’zan esa 
o’rtaga tashlangan fikrlar ko’payadi va natijada bu javob variantlarini qayta ishlashda o’quvchi qiynaladi. 
Natijada esa ba’zan to’g’ri javoblar chetda qolib ketadi.
2. Guruhlar tarkibini o’zgartirib turish kerak. Har bir darsdan yangi guruhni tashkil etish lozim. Bu 
hamma bolalarni bir birlari bilan do’stona munosabatda ishlashlarining imkonini tug’diradi.
3. Guruhda og’il va qiz bolalardan bir xil guruh bo’lib qolmasligiga e'tibor berish lozim.
4. Guruh tarkibini o’qituvchi belgilashi lozim: har bir guruhga qobiliyatli o’quvchilar bo’lishiga, 
qobiliyatli o’quvchilardan guruh tuzilib qolmasligiga e'tibor berish kerak. 5. Guruh ishining taqdimotini 
o’tkazish, yakunlash va ularni rag’batlantirib borish kerak. Kichik guruhlarda ishlash o’quvchining 
psixologik jihatdan rivojlanishiga ham quyidagicha ta'sir ko’rsatadi: -avvalo o’quvchilar notanish 
masalalarni ko’rib chiqib, qaror qabul qilishda, har bir ishtirokchi guruh ishining yaxshi natijasi uchun 
mas'uliyatni sezgan holda ishga kirishadi; kichik guruhlarda ishlaganda kamgap o’quvchilar o’zlarini 
erkinroq his qiladilar; -o’quvchilarning o’zlariga bo’lgan ishonchlari oshadi va kelajakda boshqa 
masalani muhokama qilishda o’z fikrlarini bildirib, faol ishtirok etadilar; -shu uslub yordamida uyatchan 
o’quvchilar o’z fikrlarini o’rtaga tashlashni o’rganadilar. Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon pedagogika 
nazariyasi va amaliyoti tendensiyalaridan biri- bu an’anaviy o’qitish doirasidan chiqishga intilish, o’quv
jarayoniga zamonaviy nuqtai nazardan yondashishdir, ya’ni interfaol usullardan foydalanish.
Adabiyotlar: 1.N.S.Sayidahmedov “Ilg’or pedagogik texnologiya” 2.J.G’.Yo’ldoshev “Ilg’or 
pedagogik texnologiya” Toshkent,”Fan”,2004 yil.


177 

Download 4,42 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ONA TILI DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish