INGLIZ TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

INGLIZ TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISH

N.Z.Qodirova 
BDU “Xorijiy tillar” fakulteti 2-bosqich talabasi 
Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib bormoqda. Har 
bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli 
yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib 
o’quvchilarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 
dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, 
o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, 
yangicha davr boshlandi. Xorijiy tillarga e’tibor yanada ortdi. Xorijiy tillarni o’qitish va o’quvchi bilim 
samaradorligini oshirishda turli kompetensiya va innovatsion texnologiyalardan foydalanish g’oyalari ilgari 
surildi. Xalqaro konferensiya ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazila boshlandi. Buning isboti o’laroq 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-f-sonli farmoyishi bilan 
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2019-yilda xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkaziladigan 
ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 28-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy 
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2019-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi №205-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy 
yilda xorijiy tillarni o‘rganishning innovatsion texnologiyalari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar 
o‘tkazildi. Anjumanda qator mutaxasislar tomonidan fikr- mulohazalar almashildi. 
Hozirgi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish,
diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. 
O’yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi 
faoliyat tashkil etadi. 
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini
namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga
oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. 
Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak.
O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy
darsga qaraganda bu mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi. 
Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir. O’quvchilar o’yinli darslarga
qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali o’quvchiga ta’lim-tarbiya 
ham beradi. O’quvchi inglizcha o’yin o’ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza
olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. 
Tajriba shundan dalolat beradiki, har qanday o’yinda ishtirokchilarning malakasi va yoshidan
qat’iy nazar, ular o’ng’aysiz holatga tushib qoladilar. 


170 
Shuning uchun o’yinni o’quv amaliyotiga tadbiq qilishdan avval quyidagi pedagogik-psixologik
masalalar hal etilishi zarur. Har bir o’quvchi o’yinga tayyorgarlik ko’rayotganda quyidagilarni bilishi 
lozim: 
o’yinning maqsadini; 
o’yinning vazifasini; 
o’yinning rejadagi qaysi mavzuga taalluqliligini; 
avvalgi o’yinlarda shakllangan malaka va ko’nikmalarni keyingi o’yinlarda ham qo’llay olishi. 
Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. 
Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz
tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda 
ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda ,
quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda: 
“Muammoli vaziyat yechimi” (Creative problem solving) bu usulni qo’llash uchun hikoyaning
boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi o’quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi; 
“Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish Ingliz tilini
o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab 
topishmoq javobini topadilar; 
“Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi; 
“Chigil yozdi” (Warm-up exercises) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil 
o’yinlardan foydalanish; 
“Pantomima” (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki
yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi; 
“Hikoya zanjiri” (A chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini oshirishda va xotirani 
mustahkamlashda yordam beradi; 
“Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin.
Hunarga o’rgatish uchun “Interpreter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda
ishtirok etishib o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin; 
“Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va 
yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda
foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi; 
“Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda,
talaba, o’quvchilarning o’g’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid 
rasmlardan foydalanish lozim; 
“Kviz kartochkalari” (Quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma 
talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi. 
Ushbu interfaol o’yinlarning maqsadi, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik,
o’quvchining ta’lim jarayonida faol harakati, ziyrakligi asosiysi esa darsni qiziqarli tarzda o’zlashtirib, 
yodda saqlab qolishidir. 
Chet tili darslarining oq’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion 
usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet 
tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumyevropa 
mamkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra 
umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga 
mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili 
o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yozish, 
tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar 
berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli 
foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali 
ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-
kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va 
o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili 
o’rganishning har bir aspect (o’qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab 
tushunish uchun, albatta kompyuter, player,CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. 
Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida 
so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor 
berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham 


171 
axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil 
hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador 
usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: — kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video 
roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; — chet 
tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; — ancha 
an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; — CD playerlardan foydalanish 
mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq 
va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish 
qiyin. Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan 
hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ladi. E-
mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mumkin. Ta’lim jarayoniga zamonaviy 
— kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali 
o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala 
hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab 
ortadi. Bugungi kunda innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan 
darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo’ladi 
va o’quvchilrning darsga bo’lgan qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi. Ta’lim jarayoniga yangiliklarni 
olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili 
darslarining o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til o’rganishga 
bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali 
esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi. Ta’lim jarayonida 
grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib berishda eng muhim 
visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham 
mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik 
qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib 
qolishi ham oson bo’ladi. Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi 
yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, 
zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o’rganishga 
ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innovatsion 
ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innovatsion 
ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir. 
Xulosa qilib aytganda, ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida
o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob
berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar va o’yinlar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi 
darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining sub’yektlariga 
aylantiradi. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INGLIZ TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish