167
ma’lumotlarni internetdan topish va uni yuklab olishni ko’rsatish ham mumkin. Shu bilan birgalikda
o’qituvchi ham bularni bilishi lozim.
Dars qanchalik qiziqarli o’tayotgan bo’lsa ham, o’quvchilar bir xillikdan zerikishadi. Mashg’ulotlar
paytida turli o’yinlar ham yaxshi samara beradi, ayniqsa, dars metodi to’g’ri tanlangan bo’lsa, guruhning
faollashuvi oshadi. Bunda pedagog oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi osonlashadi. Dars nafaqat qiziqarli,
balki samarali, mavzuni to’liq o’zlashtirishi, o’quvchilarning bilimini oshirishi, yangiliklarga boy bo’lishi,
tarbiyaviy ahamiyatning bo’lishi lozim. Yuqoridagi
bazani internetdan topish oson, biroq buning uchun
ham bu tizimni qayerdan toppish, qanday toppish lozimligi haqida ham tushuncha bo’lishi kerak.
Dars jarayonlarida video lavhalarni taqdim qilish o’quvchilarni darsga qiziqishlarini kuchaytirish
bilan birgalikda e’tiborini ham tortadi. Shunday vaziyatlarda bu ba’za qayerdan olinganligi, qanday olinishi
haqida to’xtalib ketish zarur. O’quvchilar aksar hollarda ko’rgan narsalarini eslab qolishadilar va ularni
shunday talqin etishadilar. Bunda o’qituvchi juda ehtiyotkor bo’lmog’i lozim. Aks holatda noto’g’ri
ko’rsatilgan video lavhalar o’quvchilar dunyoqarashini boshqa tomonga yo’naltirib qo’yishlari mumkin.
Har bir darsda qo’llanayotgan video lavhalarni qayta-qayta ko’rib chiqib,
keyin taqdim etilishi ham
nazardan chetda qolmasin. Bola ongi, ayniqsa, yuqori sinflarda jadal rivojlanishda bo’ladi. Shu boisdan
ehtiyotkorlikni ko’proq talab etadi. Video lavhalarni yuklab olish jarayonida boshqa ma’lumotlarda ham
duch kelib qolish mumkin. Bu borada bolaga to’g’ri tanlov tushunchasini berib o’tish maqsadli.
Bulardan tashqari o’quv mashg’ulotlarida bunday lavhalarni, masalan, M.Yusuf ijodini o’tish
jarayonidagi shoirning shaxsan o’zi tomonidan aytilgan she’rlari va fikrlari ko’rsatilib
berilganda
o’quvchilarni shu shoirga o’xshashni yoki qahramonga o’xshashni istab qolish qolatlarini ham ko’rish
mumkin. Bu esa o’qituvchi darsning qaysi sifatini berayotganligi bilan bog’liq. Ijodkorning o’zidan
eshitgan she’ri o’zinikidan, nafaqat o’zinikidan, balki o’qituvchisinikidan ham yaxshiroq ta’sir etadi. Bunda
o’quvchilar, birinchidan, she’rlarini shoirlarga xos o’qishga harakat qilsa, ikkinchidan, shoirlarning o’zlari
haqidagi munosabatini va ularning ijodlari haqidagi haqiqatlarni ijodkorning o’zidan eshitgani ma’qil. Yana
shuni ham hisobga olish kerakki, ijodkorning o’zidan eshitilgan fakrlar “jonli” muloqotga yaqin turadi. Shu
bois o’quvchilarni darsga qiziqishlari ortadi va kelgusi darslarni ham intiqlik bilan kutishadi. Faqat,
o’qituvchi mashg’ulot jarayonida o’quvchilar bilimini oshirishga qaratilgan maqsadlarni to’g’ri belgilagan
bo’lsa bas. Ko’rinib turibdiki, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda ham bunday
texnoligiyaning imkoniyatlari va u bergan ma’lumotlar bazasi o’z samarasini beradi. Internet tizimida
o’tiladigan darslar, va aloqalar ham jadallashib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, adabiyot fanini o’rgatishda video lavhalardan oqilona foydalanish, uning dars
samaradorligiga ko’tarish uchun asos bo’ladi. Dars samaradorligini oshirish uchun har bir ijodkor va uning
asariga qo’yiladigan video lavha o’rinli va mazmunli, qisqa hajmda bo’lishi maqsadga muvofiqdir.