162
Fransiyada o‘tgan asrning 50-yillarida shakllangan bo‘lib, xorijiy tillarni o‘qitishda asosan video va audio
materiallardan foydalanish bilan ifodalangan(7, 5).
Bu borada F. Manjeno, M. Katru, S. Pyuran, T. Lansiyen, M. Tome kabi olimlar fransuz tilini xorijiy
til sifatida o‘rganish/o‘qitishda multimedia vositalari va raqamli texnologiyalarning ahamiyatini o‘z
asarlarida ta’kidlab o‘tishgan.
Shuningdek, F. Paskiyning fikricha, video materiallar so‘zlovchidan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (og‘izning harakatlanishi, lablarning kengayib-torayishi, mimika, pantomimikalar orqali)
artikulyatsiya jihatidan muhim ma’lumotlarni audiovizual qabul qilishga imkoniyat tug‘diradi(3, 12). Bu
esa tinglovchining nafaqat xorijiy tilni puxta o‘rganishiga yordam beradi, balki bilim doirasini ham
kengaytiradi, qabul qilinayotgan axborotni tahlil, sintez qilish orqali ijodiy erkin fikrlash doirasini
rivojlantiradi. Ushbu jarayon talabaning chet tilidagi nutqiy kompetensiyasi, ijodiy erkin muloqot
ko‘nikmasini yanada rivojlantiradi. Mustaqil o‘rganish ko‘nikmasini
shakllantirishga, interfaollikka
imkoniyat yaratadi.
J.M. Dyukroning fransuz tili auditoriyasi uchun video materiallardan foydalanish xususidagi (5, 1),
F. Manjenoning fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘rganish/o‘rgatish jarayonida Internet resurslarining
ahamiyati haqidagi (6, 1), shuningdek, M.Katruning fransuz tilini o‘qitishda faoliyatga yo‘naltirilgan
yondashuv hamda AKT va multimedia vositalaridan foydalanish yuzasidan (4, 1, 4, 7, 14) olib borilgan
tadqiqotlari fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘rganish/o‘rgatishda audiovizual materiallarning nechog‘li
muhimligini ko‘rsatadi.
Video material media vosita sifatida ma’lumotni ikki xil yo‘sinda ifodalaydi: tasvir va tovush. Bunda
tasvirni didaktik vosita sifatida, tovushni ma’lumot beruvchi vosita sifatida tushunish mumkin.
Tasvir reallikni ifodalagani uchun o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi, ma’lumotni kengroq tushunishga
imkon beradi. Eshitilgan materialni vizual tasvirlashga imkon yaratadi. Ma’lumki, tasvir va tovush
jamiyatda muloqot va axborot yetkazishning fundamental, samarali vositasi bo‘lib, video sifatida
berilganda real voqelikni aks ettirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Tovush va tasvir o‘rtasidagi aloqadorlik animatsion tasvir yoki video tasvir vazifasini aniqlab beradi.
Shu nuqtai nazardan, video tasvirning vazifasi quyidagi afzalliklarda namoyon bo‘ladi:
Gapirish / so‘zlash uchun imkoniyatga keng o‘rin berilishi. Agar tovush va tasvir video sifatida
ifodalansa, tinglovchida mazmun haqida ko‘proq so‘zlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Videodagi manzara
(insonlar, narsa-mavjudotlar va harakatlar) tovushda ifodalanib, tasvirda paydo bo‘ladi. Bu esa tinglovchida
xotiradagi leksik boylikdan to‘laqonli foydalanish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
O‘rganilayotgan manba haqida keng ma’lumot olish imkoniyatining mavjudligi.
Animatsiya
jarayonida tovush orqali berilayotgan ma’lumot tasvir orqali tinglovchining ko‘z o‘ngida gavdalanadi va
ma’lumot ham audial, ham vizual bo‘ladi.
Manbani o‘zlashtirishning vizual tomoni. Tovush videodagi voqelik bo‘yicha vizual ma’lumot
beradi, ya’ni tovush videoda sodir bo‘layotgan voqeaga mos tarzda gavdalanadi. Bunda materialning vizual
tomoni talabaning ko‘z o‘ngida voqea sifatida gavdalanib boradi, bu jarayon o‘quvchida kognitiv
xususiyatni rivojlantiradi va dunyo qarashini boyitadi. Demak, didaktik material nafaqat chet tilini
o‘rganishda bir vosita sifatida, balki ma’naviy va madaniy dunyo qarashni rivojlantiruvchi vosita sifatida
ham qaraladi.
Manbani o‘zlashtirishning audial tomoni. Materialning audial tomoni nutqning nima haqida ekanligi
to‘g‘risida to‘liq verbal xabar beradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, har qanday audiovizual
materialdan foydalanishdan asosiy maqsad talabada nutqiy faoliyat turlaridan biri bo‘lgan tinglab tushunish
kompetensiyani rivojlantirishdir. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, audial matn real hayotni
aks ettirishi va o‘quvchini kommunikativ muhitga moslashtirishi kerak. Shundagina, o‘quvchi audial nutqni
tez va aniq anglaydi, sintez qila oladi.
Tovush va tasvirning uyg‘unligi hisoblangan audiovizual materiallar video ko‘rinishda aks etib,
didaktik jihatdan ta’lim jarayonida maqsadli foydalanishda ham samarali hisoblanadi. Shuningdek,
audiovizual materiallardan ta’limda didaktik jihatdan bir tomonlama, ya’ni
audio yoki ovozsiz video
sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bunda talaba-o‘quvchida muayyan jihatni, ya’ni eshitish, tasavvur qilish
yoki ko‘rib fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi
Tovush, albatta, tasvir bilan chambarchas bog‘liq, biroq tasvirning tovush bilan bir vaqtda animatsiya
orqali berilishi ma’lumotni tushunishda tasvirga nisbatan muhimroqdir. Ma’lumotni tushunib qabul
qilishda tasvir tovushni to‘ldiruvchi vosita hisoblanadi. Video materialdagi tovushning berilishi didaktika
jihatidan o‘ziga xos farqli xususiyatga ega bo‘lib, uni uchta farqli qismga bo‘lish mumkin:
verbal kanal (ya’ni nutqiy jihati);
musiqa (melodiya va jarangdor musiqiy ohang);
163
epizodga mos shovqin.
Bu vositalar materialni global tushunishni ta’minlashga, eng muhim ma’lumotlarni ajratib
ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Audiovizual materialning verbal kanali, ya’ni nutqiy jihati talaba uchun berilayotgan voqelikning
mazmunini anglashda muhim vosita hisoblanadi. Audiovizual materialni ko‘rishdan maqsad uning
mazmunini anglash. Bunda verbal kanal materialdagi muloqotning asosi sanaladi.
O‘quvchilarda esa nutqiy kompetensiyalardan biri hisoblangan tinglab tushunish kompetensiyasi
verbal kanal orqali amalga oshadi.
Materialning musiqiy jihati va epizodga mos shovqini muloqotning mazmunini tushunishda
yordamchi vosita sifatida talabaning tinglab tushunish kompetensiyasini
rivojlantirishda, voqelikni tez
anglashida samarali natija beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadli foydalanishga mo‘ljallangan
audiovizual materiallarda epizodga mos melodiya, jarangdor musiqiy ohang va shovqinning bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir.
Audiovizual materialning, xususan, videoning didaktik xarakteridan kelib chiqib, fransuz tili
o‘qitiladigan auditoriyada video materialning uchta asosiy vazifasini ta’kidlab o‘tish mumkin:
Illyustrativ (tasvirli) – video tasvir lingvistik mazmunga nisbatan mimika, jestlarni ko‘rsatish
imkoniyatiga ega.
Qiziqish uyg‘otuvchi yoki stimul beruvchi – video material talabani chuqur tahlil qilishga, mazmunni
rivojlantirishga undaydi.
Harakatga keltiruvchi (motivatsion) – videoning tasviri videoga ilova qilingan mashqlarni ongli
tarzda bajarishga, mavzuni chuqurroq o‘rganishga turtki bo‘ladi. Bu esa mashq ishlash jarayoniga ijodiy
yondashish, o‘sha mavzu bo‘yicha boshqa bir mashqlarni ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantiradi.
O‘quvchilarning chet tilida nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda
audiovizual materiallardan
foydalanishning afzalliklarini quyidagi xususiyatlardan kelib chiqib ham baholash mumkin:
Pedagogik xususiyati. Audiovizual materiallardan foydalanishda ta’lim jarayoni talabalarni ko‘proq
erkinlikka, mas’uliyatlilikka, interaktivlikka va ijodiy fikrlashga undaydi.
Didaktik xususiyati. O‘rganilayotgan manbani bir necha bor takroran eshitish, o‘z xohishiga xos
metodikani tanlashi mumkin.
Psixologik xususiyati. Bu jarayonda o‘quvchilarning tilni o‘rganishga ichki motivatsiyaning
kuchliligi, o‘rganilayotgan manbaga nisbatan butun e’tiborning va qiziqishning yuqoriligi kabi xususiyatlar
bilan izohlanadi. Shuningdek, ta’kidlab o‘tish joizki, boshqalarning nigohidan chetda va auditoriyaning
bosimidan holi bo‘lish kabilar psixologik jihatdan muhimdir.
Ta’lim jarayonida o‘qitish vositasi sifatida qaraladigan har qanday didaktik material singari video
materiallarning ham didaktik xususiyatlarini qo‘yidagicha baholashimiz mumkin:
Tovushli va tasvirli ma’lumot orqali tilga nisbatan stimulatsiya;
Turfa xillikni tatbiq etish orqali pedagogik mahorat;
Aniq motivatsion vazifalar;
Noverbal nutq ustida ishlash imkoniyatlari;
Tushunish ko‘nikmasini tadrijiy rivojlantirish;
Auditoriyada jonli chet tili muhitini, ya’ni chet tilida gaplashuvchilar nutqi bilan boyitilgan muhitni
yaratish.
Yuqorida qayd etilgan video materiallarning didaktik xususiyatlaridan kelib chiqib, Internet
tarmog‘idagi audiovizual resurslardan foydalanish auditoriyada jonli chet tili
muhitini yaratish orqali
talabalarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Didaktik mazmundagi
didaktik videolar, hujjatli videolar, axborot-yangilik videolari va boshqa turdagi audiovizual resurslarga
murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Didaktik material tanlanganda video materialning mazmuni, davomiyligi,
interaktivligi, originalligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitishda audiovizual materiallardan samarali
foydalanilmoqda. Biroq, olib borilgan ilmiy tadqiqotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, talabalarning chet
tilida nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi audiovizual materiallarning didaktik
jihatdan to‘g‘ri tanlanishi va ta’lim jarayoniga metodik jihatdan to‘g‘ri tatbiq etilishi har qanday
o‘qituvchiga o‘ta jiddiy mas’uliyatni yuklaydi. Yana bir jihati shundaki, audiovizual materiallar
asosida
chet tillarni o‘qitishda retseptiv va reproduktiv jarayonlar amalga oshiriladi. Retseptiv jarayon talabalarni
muloqot qilishga tayyorlasa, reproduktiv jarayon ularning nutqiy kompetensiyasini muloqotga aylantiradi.
164
Demak, audiovizual materiallar talabalarning xorijiy tilda erkin muloqot qilish ko‘nikmasini
rivojlantirishda samarali xizmat qilishi bilan birga ularning ma’naviy, madaniy va estetik dunyoqarashini
ham shakllantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
Karimov I.A. “Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
№ PQ-1875 sonli qaror, 2012 yil 10 dekabr.
Xodjayev M., Qahharova M. Chet tili o‘qitish metodikasi. – T.: Fan va texnologiya,
2013. – 176 b.
Abry D. La vidéo en classe de FLE: vers un développement de la compétence communicative//
Dissertation de master. – Paris: Université Stendhal de Grenoble, 2009. – 103 p.
Catroux M. Perspective co-actionnelle et TICE: quelles convergences pour l’enseignement de langue
de spécialité? – Paris: JEEA, 2006. – 14 p.
Ducrot J.-M. L’utilisation de la vidéo en classe de FLE. – Paris: Edufle, 2005.// http://casnav.ins.ac-
guyane.fr/IMG/pdf/jean_michel_ducrot.pdf
Mangenot F. Classification des apports de l’Internet à l’apprentissage des langues. – Grenoble:
Université de Grenoble, 1998. – 14 p. https://edutice.archives-ouvertes.fr/edutice- 00000175
Strike J. L’apprentissage du français langue étrangère facilité par la technologie// Dissertation de
master. – Prétoria: Université de Prétoria, 2002. – 146 p.
http://www.larousse.fr/dictionnaires/francais/vidéo/81881
http://le-dictionnaire.com/definition.php?mot=internet