160
u g‘oya bilan o‘xshamaydi. “Mentallik falsafiy, ilmiy yoki estetik tizimlar emas, u fikr emotsiyadan
qismlarga ajralmagan jamiyat tafakkurining darajasi”. 6 Xalq mentalligi tilning muhim konseptlarida
dolzarblashadi.
Lingvokulturologik birliklarda mentallik va
mentalitet xalq urf-odatlari, an’analari, afsonalari,
aforizmlari, turli bayram va marosimlari, diniy aqidalari, pul birligi, o‘lchov birligi, sanoati, savdosi, fan
va texnikasi, san’ati, ta’limi, milliy taomlari, me'moriy obidalari, milliy xarakteri kabilarni ifodalashga
xizmat qiladi. Bu borada o`zbek adabiyotida Tog`ay Murod asarlari salmoqli o‘rin tutadi.
Tog`ay Murod qissalari sof milliy o‘zbek qissalari. Said Ahmad ta’biri bilan aytganda, Tog`ay Murod
qissalarida tasvirlangan odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o‘zbekligi bilinib turadi.
Ularning xulq-atvori ham boshqa xalqqa sira o‘xshamaydi. Bunday qahramonlar
yaratish uchun adib
rassomdek ranglarni bir-biridan farq qiladigan, bastakordek tovushlarni tiniq eshitadigan bo‘lishi kerak.
Ana shunday qobiliyat bilan u o‘zbek xalqining mentlitetiga ko‘zgu tutadigan o‘lmas asar- “Oydinda
yurgan odamlar” asarini yozdi.
“Oydinda yurgan odamlar qissasida o‘zbek millatining, o‘zbekning tarixiy tarkib topgan tafakkur
darajasi, madaniy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlardagi aqliy
qobiliyati, bir so‘z bilan aytganda mentaliteti aks etadi. Mentalitet (nem. mentalität < lot. mens, mentis –
aql, idrok) turli masshtablardagi lingvomadaniy jamoalarning psixolingvo-intellektlarini namoyon qiladi.
Bu asar lingvokulturtemalarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Shunga ko‘ra uni alohida
lingvokulturologik birliklardan tashkil topgan bir qancha predmetlar asosida tasniflash o‘rinlidir:
Muqobilsiz leksik birliklar. Har qanday til yoki dialektda boshqa
bir tilga bir so‘z bilan tarjima qilib bo‘lmaydigan so‘zlar mavjud bo‘ladi. Bunday so‘zlarga
muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. U
ko‘pincha mahalliy xalqqa xos pul, masofa-uzunlik birliklari, ro‘zg‘or ashyolari, kiyim-kechak, yegulik-
ichkilik va h.k. tushunchalarni anglatadigan so‘zlardan tarkib topadi.O‘zbek
madaniyatining belgilarini
palov, patir, sumalak, halim kabi so‘zlarda ko‘rish mumkin.
Mifologiyalashtirilgan til birliklari. Bular arxetiplar va mifologemalar,
udumlar va rivoyatlar, taomillar va urf-odatlar sanaladi. O‘zbek kundalik turmushida non muhim
ozuqa hisoblanadi. Xalqimiz nonni azaldan hurmat qiladi, hamma narsadan afzal, aziz va muqaddas biladi.
Ota- bobolardan qolib kelayotgan udum, an’anaga binoan, hatto nonni teskari tishlamaydilar, nonning
ustiga boshqa narsalarni qo‘ymaydilar, nonni ustidan hatlab o‘tmaydilar, agar non qo‘ldan
yerga tushib
ketsa, darhol uni olib, uch marta o‘pib, peshanalariga suradilar, non ushoqni dasturxon ustida ko‘rsalar
barmoqni ho‘llab, ushoq ustiga bosib, yeb qo‘yadilar. Nonga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish
bolalarga yoshlikdan o‘rgatiladi, ularga nonning ushog‘ini yerdan yig‘ib olish, uni e'zozlash va oyoq osti
qilmaslik zarurligi uqtiriladi. Biror o‘zbek yo‘lga chiqsa, albatta, o‘zi bilan birga non oladi. Shunga ko‘ra,
tarkibida non komponenti ishtirok etgan non yemoq, noni butun, noni yarimta bo‘ldi, non ursin singari
frazeologizmlarning asosida non arxetipi hayot, tirikchilik, rizq-ro‘z, to‘kin-sochinlik ramzi sifatida keladi.
Tilning paremiologik (maqol va matallar) fondi. Tilning paremiologik fondini xalq durdonalaridan
tuzilgan va uning madaniyatidan mustahkam o‘rin olgan javohir sandig‘i deyish mumkin. Ma’lumki, maqol
va
matallarni tilshunoslikda, xususan, lingvokulturologiyada o‘rganish endi boshlanmoqda. Andijonda
mehmon kelgan xonadonga hurmat yuzasidan qo‘shnilar dasturxon chiqazishadi. Shuningdek, o‘zbek
xonadonlarida qo‘shnilar o‘rtadagi devorning biror yeridan teshik ochib qo‘yishadi. Bu teshik orqali bir-
birlaridan hol-ahvol so‘rashadi, tansiq ovqat qilganlarida biron idishda shu ovqatdan uzatishadi. Mehmon
kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan maqoli ana shu odatning ta’siri tufayli yuzaga kelgan.
Tilning frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi
sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari,
taomillari, urf-odatlari,
ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo‘ladi. Masalan, ko‘rpasiga qarab oyoq
uzatmoq “imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq”, tanobini tortmoq “faoliyat doirasini, imkoniyatini cheklab
qo‘ymoq”, to‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq “ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik
bilan vaqtidan oldin gapirmoq”, to‘nini teskari kiyib olmoq “o‘chakishgan holda qaysarlik qilmoq”, xamir
uchidan patir “katta ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism”, Xo‘ja ko‘rsinga “shunchaki
nomigagina”, Xizrni yo‘qlasam bo‘lar ekan “kimnidir ko‘rish istagi qo‘qqisdan ro‘yobga chiqqanda
aytiladigan ibora”. Biron tilning o‘zigagina xos bo‘lgan hisob so‘zlari qolipining frazeologizmlarga
ko‘chganini ko‘rish mumkin.
O‘xshatishlar, ramzlar, stereotiplar. O‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli
6
Z. N. Xudoyberganova. Tarjimaning lingvomadaniy masalalari. T.:2016. B. 27.
161
tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ular nutqda hamisha badiiy-estetik
qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsionalekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga
xizmat qiladi. Ularda ma’lum davrda yashagan
ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari muhrlangan
bo‘ladi. Prof. N. Mahmudov o‘zbek tilidagi o‘xshatishlarni to‘rt unsurga ajratib, ularni o‘xshatish subyekti,
o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi deb nomlaydi.
“...O‘xshatishlarning ikki turi, ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar va 2)
umumxalq yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi”7. Masalan, aksariyat tillarda tulki ayyorlik,
aldoqchilik, yolg‘onchilik ramzi, etaloni sifatida faol ishlatiladi. Mazkur o‘xshatish etalonlari milliy
dunyoqarash, dunyodagi hodisalarni milliy tasavvurlarga ko‘ra taqqoslash,
qiyoslash natijasida
shakllangan.
Adabiyotlar
1.Z. N. Xudoyberganova. Tarjimaning lingvomadaniy masalalari. T.:2016. B. 27.
2.N. Mahmudov. “Tilning mukammal tadqiqi yo`llarini izlab…”//O`zbek tili va adabiyoti. – T.:2012.
– 5-son. B.3.