154
bo‘lgan izzat-xurmatni birga qo‘shib – ikki xil shart bo‘lib, pedagogning bolalarga bo‘lgan
munosabatlarining chinakam insonparvarligidir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari o‘z o‘quvchilari
taqdiriga berparvo bo‘lgan kishilar qo‘lida sof kasb-korlik vositalari emas, balki
inonlar orasidagi jonli
munosabatlar majmuidir.
Umuman pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini mukammal egallamasdan va undan mohirona
foydalanmasdan turib ta’lim-tarbiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi.
Ijtimoiy ruhiyat nazariyasida va pedagogik amaliyotda o‘zaro fikr almashishda ta’sir ko‘rsatish ikki
usulda olib boriladi: ishontirish va ta’sir etish. Rus pedagogi Uspenskiy
«Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo‘li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish
bilan ta’sir qilish mumkin», degan edi. O‘qituvchi faoliyati o‘z o‘qituvchilarini ishontirish va ta’sir etishni
talab qiladi. Pedagogning barcha ta’sirlari: o‘quvchilarning munosabatlari,
fikrlari, xis-tuyg‘ulari,
xarakatlarini o‘zgartirishga va mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, u muhit va tabiatning hamkorligiga
ta’sirlanadi. O‘zaro hamkorlikda ta’sir ko‘rsatishning natijasi ishonchdir. Ishonch asosida o‘qituvchining
bilimlar tizimi, dunyoqarashlari, munosabatlari va xulq-atvori shakllanadi.
Ishonch – o‘zaro hamkorlikdagi ta’sir etishning natijasi ekanligini ko‘ramiz. Ishonch ikki xil, ya’ni
haqiqiy va soxta turlarga bo‘linadi. Haqiqiy ishonch real borliq hayot talablariga mos bo‘lib, u insonni
qadrli, obro‘li qiladi. Sohta ishonch o‘zi va birovlarning salbiy tajribasi, qarashlari asosida hosil bo‘ladi.
O‘qituvchilardagi soxta ishonchni o‘zgartirish uchun o‘qituvchi ko‘p kuch sarflaydi. U uch yo‘nalishda
olib boriladi: sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirish, qimmatli maxsus individual tajribani yaratish, noto‘g‘ri
ishonchdagi qarash, bilim, tasavvur, tushunchalarni bartaraf etish.
Ishonch odamlarning dil rishtalarini bog‘lovchi katta kuch. Buning uchun odam boshqalarga
ishonmog‘i ixlos qilmog‘i kerak.
Halollik, adolat sof vijdonlilik, poklik, so‘z va ish birligi ishonchning
mezonlaridir. Ikkiyuzlamachilarga, firibgarlarga, munofiqlarga hech kim ishonmaydi.
Insonda ishonch uchta tarkibiy qismdan tarkib topadi: bilim – xissiyot – xulq-atvor. Ishonch quyidagi
formula: tushunish – kechinmalari – o‘ziga qabul qilish – bajarish (o‘z faoliyati va atrofida) asosiy amalga
oshiriladi.
Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki o‘zgaradi. Ishontirish shakllari
tubandagilar: munozara, baxs, suhbat, xikoya qilish va namuna.
Ishontirish hamkorlikda ta’sir ko‘rsatishda maksimum ta’sirli bo‘lishi
uchun quyidagi talablarga
javob berish kerak.
-ishontirish mazmuni, shaklli o‘quvchining rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi (kichik o‘quvchilar
ertak, fantastik xikoyalar va boshqa);
-ishontirishda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish;
-ishontirish umumlashgan, konkret asoslarga, misollarga. Boshlang‘ich
sinflarga ovozli
materiallarga tayanishi;
-ishontirishda o‘qituvchi o‘z habar qilayotgan narsaga o‘zi chuqur ishonishi va h.k. ishontirishning
o‘zaro hakorlikdagi ta’sir ko‘rsatish samarasi quyidagi shartlarda yuz
beradi:
-o‘zaro hamkorlik ta’sirning kuchi ishontirishning obro‘siga va voqeaning mazmuniga bog‘liq
(o‘quvchi o‘qituvchiga qanchalik ijobiy munosabatda xo‘lasa, shunchalik unga tez ishonadi):
-ishontirishda o‘quvchining individual ruxiy holatini hisobda olish;
-ishontirishda ishontiruvchining intellektual xissiy holati bilan ishonuvchining holati mos bo‘lishi
kerak. Masalan, bola haddan tashqari hayajonlanganda noxush his-tuyg‘ular unda hamkorlik qilganda
uning hulqidagi kamchiliklarni ko‘rsatish orqali ta’sir ko‘rsatish samara bermaydi.
Ishontirish metodi ta’sirli bo‘lmaydi qaysiki, fikr, hissiyot va iroda bir butun holda muvofiqlashadi.
Ishontirishning samarasi o‘qituvchining so‘z va ish harakat birligiga bog‘liq.
Ta’lim va tarbiyada o‘qituvchining ishontirish haqida Ibn Sinoning quyidagi iboraning so‘zlarni
qimmatidir: «Har bir so‘z harakat va mimika bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg‘otadigan bo‘lishi
zarur».
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ushontirish metodi bilan bir qatorda ta’sir ko‘rsatish metodi ham
qo‘llaniladi. Uzoq yillar pedagogik jarayonda ta’sir etish tan olinmas edi. Biz xoxlasak, xoxlamasak ta’sir
ko‘rsatish elementlari hayotda o‘zaro hamkorlikda muxim rol o‘ynaydi. So‘z yordamida biz o‘qituvchilarga
ziyraklik yoki qo‘rquvni, o‘ziga ishonch
yoki ishonchsizlikni, zerikish ishonch yoki suxbat singarilarini
hosil qilamiz.
O‘qituvchilarga ta’sir qilish so‘zning fandagi ma’nosiga qarab emas so‘z va nutq intonatsiyasi,
aniqligini ifodolovchi hamda bularni mustahkamlovchi imo-ishoralar – yuz, qo‘l harakatlari bilan bevosita
155
hissiyotga ta’sir etadi. Bu haqida Makarenko: «… Yuz harakatlarni yaxshi egallamagan, o‘z yuzida zarur
ma’nolarni bera bilmaydigan yoki o‘z kayfiyatini ushlab turolmaydigan kishi yaxshi tarbiyachi bo‘lishi
mumkin emas» - deydi o‘rinli ta’kidlab.
Suxomlinskiy so‘zning ta’siri haqida: o‘qituvchining so‘zi – o‘quvchining qalbiga ta’sir
o‘tkazadigan yagona so‘z. Tarbiyachilik san’ati – avvalo, gapirish, inson yuragiga
murojaat qila olish
san’atiga bog‘liq. Men astoydil ishonamanki, ko‘pincha katta janjal bilan tugaydigan,
maktabda tez-tez
sodir bo‘lib turadigan mojarolar – o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan gaplashishni bilmasliklari oqibatidir»
degan fikrlari qimmatlidir.
Umuman, pedagogik ta’sirning samarali bo‘lishi shartlari: o‘quv materialining mazmuni: ta’sir
ko‘rsatishdagi xolatiga bog‘liqligi; o‘qituvchining ta’sir ko‘rsatish texnikasiga; ta’sir ko‘rsatishning
asoslangan sifatiga va amalda qo‘llash uchun yaratilgan sharoitga va boshqalarga bog‘liq.