151
O‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish deganda, biz tez, ravon, ifodali o‘qish, o‘qilayotgan matnni bir vaqtda
tushunish kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishdir. Rus tilshunosi G.V.Rogova shunday deydi:
“O‘qish nutq faoliyatining
retseptiv turidir, chunki u retsepsiya, kodlangan grafik belgili ma’lumotni
tushunish bilan chambarchas bog‘liqdir”.
O‘qish matnni qabul qilishning murakkab psixolingvistik jarayoni bo‘lib, uning natijasi esa matndagi
ma’lumotni tushunishdir. Bunday xususiyatlar har bir til o‘rganuvchida mavjud deb bo‘lmaydi. Chunki,
endigina boshlagan til o‘rganuvchi uchun bu muhim masala hisoblanadi. O‘qish
tizimini nutq faoliyati
sifatida mohiyati, maqsadi, sharti va natijalarga bo‘lish mumkin. O‘qish mohiyati bosma so‘z yordamida
doim muloqot qilishdir. O‘qish maqsadi o‘quvchi qiziqqan masala bo‘yicha ma’lumot olishdir. O‘qish
faoliyatining shartiga esa tilning grafik tizimini mukammal egallash hamda ma’lumot olish usullaridir.
Faoliyat natijasi esa turli darajadagi o‘qilgan aniqlikni tushunishdir. Yuqoridagi o‘quv texnikalari
bir-birdan farq qiladi. Ovoz chiqarib o‘qish texnikasi metodik uslubdan tarkib topgan bo‘lib, ovoz
chiqarmay o‘qishda esa o‘quvchining e’tibori yozma nutqning ma’nosiga qaratilgan bo‘ladi. Ovoz chiqarib
o‘qishda nazoratlanadigan gapirishni o‘zida namoyon etadi.
Chet tili o‘rganuvchisi ingliz alifbosidagi harflarni o‘rganishi lozim. Bunda o‘rganuvchilar so‘zdagi
harfni nomlab hamda u qanday tovushni berayotganini aytib berishlari kerak. Ingliz tilida harflar o‘zaro
munosabatga ega bo‘lgan va o‘zaro munosabatga ega bo‘lmagan xususiyatlari mavjuddir. O‘zaro
munosabatga ega bo‘lgan harflar o‘qilish jarayonida deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki bunday
turdagi harf boshqa tovush bera oladigan xususiyatga ega emas.
Xulosa
qilib aytganda, o‘qish jarayoni eng faol nutq faoliyati turlaridan biridir. Mazkur faoliyat
xotirada avtomatik ishlab chiqish va so‘zlarni
tanishgina emas, balki o‘qilayotgan gapdagi birikkan
sxematik tarzdagi talaffuz qilish va xotirada saqlash xususiyatlarini o‘z ichida mujassam etishi shart.
Boshlang‘ich bosqichdagi til o‘rganuvchisi o‘qish ko‘nikmasini
shakllantira turib boshqa
ko‘nikmalarini egallashi oson bo‘ladi.
Adabiyotlar
Rogova G.V., Vereщagina I.N. Metodika obucheniya angliyskomu yazыku na nachalnom etape v
sredney shkole. – M., 1988.