BO‘LAJAK CHET TIL O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASHDA




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BO‘LAJAK CHET TIL O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASHDA 
MOTIVATSIYANING ROLI
Suyarova Shaxnoza Toyloqovna 
Tillar kafedrasi o'qituvchisi 
Bo‘lajak chet til o‘qituvchisining motivatsion jihati hamda o‘zligini anglashi ta’limning 
mufaffaqiyatli olib borilishi bilan uzviy bog‘langandir. 
Shuning uchun chet til ta’limida motivatsion jihatni hisobga olish kasbiy yo‘naltirishning muhim 
omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Psixolog olimlarning ta’kidlashicha, motivatsiya so‘zi “energizator” (kuch bag‘ishlovchi) ma’nosini 
anglatsa, ta’limda esa “gid” (yo‘l boshlovchi) degan tushunchalarni ifodalaydi. Ushbu ikki psixologik 
hodisa o‘quv faoliyatining asosini tashkil etadi va ular harakatga keltiruvchi omil hisoblanib, o‘z navbatida, 
faoliyat paytida ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. 
Psixolog olim Zimnyayaning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyati – bu sub’yekt (talaba)ning o‘z-o‘zini 
nazorat qilish, o‘z-o‘ziga baho berish shaklidagi tashqi nazorat va baholashga asoslangan, muallim 
tomonidan maxsus beriladigan vazifalarni o‘quv harakatlari orqali hal etish jarayonida kamol topishga 
qaratilgan faoliyatdir. 
O‘quv faoliyatida o‘zlikni anglash asta-sekin yuz beradigan jarayon bo‘lganligi bois, talabalar 
ko‘proq tashqi ta’sirga muhtojlik sezadilar. Bunday holat chet til o‘qitish ta’limida motivatsiya (motivation) 
deb yuritiladi. Ma’lumki, “motiv” atamasinig lug‘aviy ma’nosi “harakatlantirmoq” fe’lidan kelib chiqib 
“harakatlantiraman” degan ma’noni bersa, “motivatsiya” so‘zi esa “harakatlantiruvchi kuch, sabab, omil, 
vaj, undovchi” degan ma’nolarni beradi. Har qanday motivatsiya ehtiyojdan kelib chiqadi. 
Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta’minlaydi. Motivatsiya 
so‘zining ma’nosini ba’zan “emotsiya, maqsad” tushunchalari bilan, ba’zida esa “qo‘zg‘ovchi, undovchi, 
turtki” tushunchalari bilan almashtirish holatlari uchrab turadi. Chet til ta’limi jarayonida o‘qituvchi asosiy 
undovchi, talabalar qiziqishini rivojlantiruvchi shaxs hisoblanadi. Shunday ekan, dars jarayonida 
o‘qituvchining asosiy vazifasi talabalarni bilim olishga, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini ta’lim 
berishning turli yordamchi vositalari (o‘qish, tinglash matnlari, video, televideniye, kompyuter, internet) 
orqali oshirishga harakat qilishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. 
Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim rol 
o‘ynaydigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri – darslarni kompyuter texnologiyalari yordamida 
tashkil qilishdir. Hozirgi kunda kompyuter texnikasi ta’lim samaradorligini oshirishda keng imkoniyatlar 
ochmoqda. 
Bunday imkoniyatlaridan biri – internetdir. Ingliz tili darslarida internet texnologiyalari axborot olish 
va muloqot qilishning eng zamonaviy shaklidir. Talabalar internet texnologiyalari imkoniyatlaridan 
foydalanib, amaliy yoki nazariy fanlardan ma’ruza, referat hamda taqdimnomalar tayyorlashlari mumkin. 
Multimediadan foydalanish ham darsning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. 
Multimedia o‘quv materialini ovozli tarzda taqdim etish qobiliyatiga ega bo‘lib, virtual o‘qituvchi 
vazifasini o‘taydi. Talaba so‘z va gaplarning sof inglizcha talaffuzini tinglaydi, o‘zining nutqini eshitgan 
talaffuzga moslashtirishga harakat qiladi. 
Ma’lumki, talabalar oldida turgan muhim muammolardan biri – so‘z boyligini oshirishdir. Bu 
muammoni ijobiy hal etishda elektron lug‘atlarning o‘rni beqiyosdir. 
Bu lug‘atlar bosma lug‘atlarga qaraganda ko‘proq afzalliklarga ega bo‘lib, ularning qidirish tezligi 
juda katta. Bunday lug‘atlar fanning turli sohalariga mos bo‘lgan lug’at turlarini ajratish va ma’lumot olish 
uchun qulaydir. Chet til o‘qituvchisi hal etadigan murakkab vazifalardan yana biri talabalar o‘rtasida 
muloqot uyushtirish hisoblanadi. 
Muloqotni tashkil etishda – muloqot mavzusi, qatnashuvchilarning rollari va muloqot joyi muhim 
ahamiyat kasb etadigan omillardir. Do‘stlar o‘rtasidagi muloqot turi va tarzi, rasmiy muloqotlar holatida 
umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin. 
Shuning uchun, bo‘lajak chet til o‘qituvchilari kommunikativ savodxonlikka ega bo‘lishga harakat 
qilmog‘i lozim. Kommunikativ jihatdan savodli bo‘lgan kishi har doim qaysi holatda qanday muloqot 
usulini qo‘llashni va qayerda qanday so‘zni ishlatish zarurligini biladi. Muloqot yuritishda tanlab olingan 
so‘z, hosil qilingan so‘z birikmasi va ular yordamida tuzilgan gap – barchasi mustaqil va ijobiy fikr mahsuli 
– talaba egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar tiziminig amaliy tatbiqi hisoblanadi. 


146 
Zero, Amerikalik olimlardan biri Savignonning fikricha: “Savodxonlik – bu kimdir biladigan narsa 
bo‘lsa, uning namoyon qilinishi esa birovning amaliy harakatini anglatadi”. 
Adabiyotlar 
1. 
Zimnyaya I.A. Psixologiya obucheniya inostrannыm yazыkam v shkole. – M.: 
2. 
Prosveщeniye, 1991. 
3. 
Littlewood W. Communicative Language Teaching. – Cambridge, 1981. 
4. 
Brandl, K. Communicative language teaching in action: putting principles to work. – 
Prentice Hall, 2001. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BO‘LAJAK CHET TIL O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASHDA

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish