156
malakaiariga ega bo‘lmagan o‘quvchi gapda ega, kesim,
aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kabilarni aniqlash-u,
ularning talqinini berish bilan cheklanmoqda. Bu esa o‘quvchi nutqining rivojlanishida hech qanday
ahamiyatga ega emas. Chunki ma’lumot mazmunining ilmiylashuvi, nazariylashuvi va maydalashuvi
bolalarni fandan bezdiradi:
amaliyotdan yiroq, murakkab nazariy bilimlarni o‘zlashtirishning qiyinligi
o‘quvchilarda shu fanga nisbatan salbiy munosabat va o‘zlashtira olmaslik xavfini tug‘diradi. Ko‘r-ko‘rona
vaqtincha o‘zlashtirilib, tez orada xotiradan ko‘tariladigan bilimlar esa, besamara faoliyat bo‘lib, u
o‘quvchilarda o‘qishga nisbatan salbiy ruhiy munosabatni vujudga kaltiradi, ulami o‘qishdan bezdiradi.
Eng asosiysi bolalarning lug‘at boyligini oshirishdek foydali amaliy ishlar grammatik talqinlar soyasida
qolib ketadi. Jumladan, tilshunos olim B.Mengliyev ona tili ta’limi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirar
ekan, o‘quvchilarga son-sanoqsiz qoidalarni yod oldirishimiz, gaplarni ipidan ignasigacha tahlil
qildirishimiz bu esa o‘quvchinig og‘zaki va yozma nutqiga qay darajada ta’sir etish haqida o‘ylab ham
ko‘rmaymiz deya kuyinib gapirarkan yana shunday misollarni keltiradi: “Bolalarimizning nutqida tutilish,
duduqlanish, “anaqa”, “haligi”, “nima desamikin” va h.k kabilarni har ikki so‘z orasida xuddi bog‘lama
sifatida qo‘llashlari va bundan hijolat ham bo‘lmasliklari haqida gapirib,
buning sababini shunday
ko‘rsatadi: “…ona tili predmeti to‘la-to‘kis tilshunoslik faniga aylanib bo‘ldi. O‘qituvchi ham, o‘quvchi
ham, ota-onalar ham ona tili ta’limi deganda tilshunoslik qoidalarini yodlash va ularga doir mashq va
topshiriqlarni bajarishdan boshqa narsani tasavvur qila olmaydigan bo‘lib qoldi. Birinchi planda turishi
kerak bo‘lgan og‘zaki va yozma nutq bo‘yicha savodxonlik, nutq va muloqot madaniyati, boy so‘z zaxirasi,
notiqlik eng oxirgi o‘rinlarga tushib ketdi”12.
Tilshunos olimning yuqoridagi fikrlari qanchalik to‘g‘ri va achinarli. Keyingi yillarda o‘zbek tilidan
tuzilgan dasturlarda “Nutq o‘stirish” bo‘limi ajratilgan. Unga maxsus soatlar berilgan. Lekigin dars
jarayonida lug‘atlar bilan ishlamaslik, so‘zlarning izohini bilmaslik o‘quvchilrni na so‘z boyligini, na savod
darajasini oshiradi. Bugungi kunda chuqur mushohada yurituvchu, mustaqil va mantiqiy fikrlovchi
o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashimizda oldimizda turgan muhim vazifalardan biri amaldagi ta’lim tizimidagi
grammatik qoidalar va ilmiylikni bartaraf etishdan iboratdir. Bu grammatik bilimlardan to‘la-to‘kis voz
kechish degani emas, albatta. Ayni bir masalaga ikki xil yondashuv usuli va uning samarasini ko‘rib
o‘taylik:
Grammatik, ilmiy. Gap ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, undalma, kiritma kabi tarkibiy
qisimlarga ajratiladi va tahlil qilinadi. Bu usul bolalarda tayyor nutqni parchalash va uni chaynash, maktab
amaliyoti uchun keraksiz bilimlami ajratishga mo‘ljallangan. Shu bilan birga bolada faqatgina nazariy
bilimlarni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Amaliy - ijodiy usul. Bu usul ona tilida «gapni kengaytirish» usuli deb yuritiladi. Gapni kengaytirish
ham o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi:
Gapni vertikal kengaytirishda berilgan gapdagi har bir so‘zga ma’nodoshlar, uyadoshlar topilib
pastga qarab ustuncha shaklida kengaytiriladi. Bunda o‘quvchi mustaqil, ijodiy fikrlaydi, so‘z izlaydi, so‘z
topadi va nihoyat ana shu so‘zlarni o‘z nutqida to‘g‘ri va o‘rinli qo‘liash uchun so‘z tanlash imkoniyatlariga
ega bo‘ladi. bu jarayonda o‘quvchi lug‘atlar bilan ishlaydi, mehnat samarasi sifatida ijodiy yaratiq yaratadi.
Gapni kengaytirish usullari:
So‘zga ma’nodoshlar topib gapni kengaytirish va ixchamlash.
Do‘stim
bugun
xursand
edi.
o‘rtog‘ im
Xushnud
158
o‘stirishga, o‘quvchi nutqida to‘g‘ri va ravon qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirih va
rivojlantirishga xizmat qildirishdan iboratdir.
Yuqoridagilarni amalga oshirishda yuzaga keladigan metodik qiyinchiliklar. O‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirishga mone’lik qilayotgan omillardan yana biri ko‘p hollarda ona tili mashg‘ulotlarida ta’lim
metodi, usuli va vositalarining noto‘g‘ri tanlanganligidir. Ma’lumki, ta’lim jarayonida hamon o‘qitishning
deduktiv usuli o‘z hukmronligini saqlab kelmoqda. O‘qitishning bu usulida o‘quvchi faqatgina tinglovchi
nari borsa, o‘qituvchining ko‘rsatmalari
asosida harakat qiluvchi, berilgan andozaga qarab, faoilyat
ko‘rsatuvchi shaxsga aylanib qoladi. Til materiallarini berishning bu deduktiv (qoidadan tahlilga,
umumiylikdan xususiylikka) usuli o‘quvchini faollashtirishni qiyinlashtiradi, uni ta’lim jarayonining
tinglovchisiga aylantirib qo‘yadi. Chunki umumiy qoida, xulosa, ta’rif va talqinlardan amaliy ishga o‘tish
jarayonida o‘quvchining fikrlash faoliyati chegaralanadi. U o‘rganilayotgan til hodisalarini o‘z aqliy
faoliyati jarayonidan o‘tkaza olmaydi. O‘quvchi o‘ylamaydi, o‘zi
hodisalarni kuzatib, hukm va xulosa
chiqarishni o‘rganmaydi; tayyor qoidani qabul qiladi, singmagan qoidani bir-ikki mashg‘ulotda baholi
qudrat amalda qo‘llaydi va navbatdagi mashg‘ulotga o‘tgach, o‘zida singmagan tushunchani batamom
unutadi.
Shuni unutmaslik lozimki, ona tili mashg‘ulotlarida bolaning ijodiy fikrlash,
mustaqil ravishda
xulosalar chiqarishiga ko‘makiashadigan so‘zlarni kuzatish, qiyoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi
aqliy faoliyat usullaridan foydalanilmas ekan, ta’lim samaradorligiga umid bog‘lash qiyin.
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi o‘zi mustaqil izlanib, qoida va xulosalar hosil qilmas ekan, bu
qoida va xulosalarning o‘quvchiga hech qanday foydali jihati yo‘q. Shuning uchun mashg‘ulotlarni
deduktiv (umumiylikdan xususiylikka) emas aksincha induktiv (xususiylikdan umumiylikka) usulida
amalga oshirish zarur. bunda o‘quvchiga o‘xshash hodisalar berilib, undan o‘xshash hodisalardagi
umumiylikni ajratish va hodisalar sirasini davorn ettirish talab etilsa (“Venn diagrammasi”, “T- chizmasi”,
“Klaster” tarmoqlash va h.k) samara tamoman boshqacha bo‘ladi. Birinchidan, umumiylikni hosil qilishda
bolaning mehnati singadi: hosil qilingan umumiylik bolaning faoliyat samarasiga aylanadi (o‘ylaydi,
izlanadi, farqlaydi, xulosa chiqaradi). Shuning uchun bu umumiylik o‘quvchining shaxsiy mulki
sifatida
abadiy uniki bo‘ladi va unutilmaydi. Berilgan hodisalarni davom ettirish talabi esa hosil qilingan
umumiylikni amaliy tatbiq bilan mustahkamlaydi. Umumiylikning xususiy voqealanishi cheksiz
bo‘lganligi sababli, bunday faoliyat o‘quvchini doimiy shakllanishga, rivojlanishga undaydi.
O‘quvchining ona tili va adabiyot fanidan samarali ta’lim olishlari va ularning so‘z biyligini
oshirishda ularning intellektiga ham alohida e’tibor qaratish yuqori natijani ta’minlaydi. Bunda
konstruktivizm nazariyasiga amal qilish ya’ni konstruktivist o‘qituvchi bo‘lish lozim. Biz
o‘quvchilarimizga bilimni yodda saqlashni emas, balki olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish
va hayotlari davomida samarali foydalanishga o‘rgatishimiz, yo‘naltirishimiz lozim.
Adabiyotlar:
1.
Ne'matov.H., Gulomov A., Ziyodova T. Hozirgl olzbek adabiy tilini o‘rganishda
o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish. – Toshkent: «Xalq merosi», 2002.
2.
G‘ulomov A., Shukurov A. Ona tilidan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish.
3.
T.: «O‘qituvchi»,1989.
4.
G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tilidan ta’lim mazmunini yangilashning asosiy
yo‘nalishlari.
5.
T.: «O‘qituvchi», 1992.
6.
Ziyadova T. So‘zi boyniig – o‘zi boy. Ona tili o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik
qo‘llanma. – Toshkent, RTM,1994, 60 bet.
7.
Ziyadova T. Dunyoni so‘z boshqaradi. Ona tili o‘qituvchilari uchun o‘quv -metodik
qo‘llanma. – Guliston, 1995.