NAVOIY IJODIDA ORIFONA BAYTLAR




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

NAVOIY IJODIDA ORIFONA BAYTLAR 
Bazarova Guljahon Ismatullayevna 
Navoiy shahridagi 16- maktabning Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi. 
Alisher Navoiyg‘azallarimavzusioshiqona, orifona, ijtimoiy, hajviy va tabiat tasviriga 
bag‘ishlangan kabi turlarga bo‘linib, orifona ruhda yozilgan asarlar Navoiy ijodida oshiqona g‘azallardan 
so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Yana shunday baytlar bo‘ladiki, shoirning boshqa turdagi g‘azallari 
tarkibiga kiritilgan bo‘lib, orifona mazmun-mohiyat kasb etadi. 
“G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi 227- g‘azal shaklan musalsal va mazmunan oshiqona turga kirib, 
to‘qqiz baytdan iboratdir. G‘azalda orif oshiqning Ilohiy ma’shuq visolidan uzoqda – hijron va hasratda 
kechgan damlari, visol umidi, o‘zini bu ulug‘vor martabaga tayyorlash va unga loyiq ko‘rish faxriyasi 
qalamga olingan. Undagi orifona ruh, ayniqsa, g‘azal yakuni bo‘lmish maqtada yaqqol ko‘ringan: 
Navoiy o‘ldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti, Bular gar yaxshidurlar, ishq aro ul ham yomon 
ermas. 
Parvona kuydi, bulbul sayradi, lekin Navoiy (ishq va hijrondan biryo‘la) o‘ldi, avvaligilar (bulbul va 
parvona) yaxshi edilar, lekin u ham yomon bo‘lmadi. 
Maqta’da Navoiy majoziy obrazlaridan bo‘lgan parvona va bulbulga murojaat etadi. Ma’lumki, 
bulbulni – ishq yo‘lida fig‘on chekuvchi tasavvufning sershovqin sukur yo‘lini tutgan oshiqqa, parvonani 
esa bu maslakdagi sokin savh yo‘lini tutgan orifga qiyoslaydilar. Har ikkila obrazga murojaat etgan shoir 
ularni ulug‘laydi, lekin ular har qancha kuyib, navo chekkanlari bilan Navoiyga tenglasholmadilar,
chunki Navoiy bu yo‘lga kirib, birato‘la o‘lib qo‘ya qoldi, deydi u. G‘azal so‘ngida Navoiy 
payg‘ambarimizning “o‘lmasdan burun o‘ling!” xadisi shariflariga ishora qilgan holda bu yo‘lda kamolotga 
yetganini faxr va ayni paytda kamtarinlik bilan e’tirof etmoqda. 
Shu o‘rinda aytish kerakki, Navoiyning eng dunyoviy g‘azallarida ham ilohiy-orifona ma’no 
yashirilgan bo‘lib, hech bo‘lmasa, bir baytda bu pinhonalik oshikor etiladi. Devondagi 423-g‘azalning 
beshinchi baytida mana shunday oshkoralikni ko‘rishimiz mumkin. 


152 
Yasay dard o‘qlaridin bir oq uy jon gulshani ichra 
Ki, ko‘nglumda toriqsa, anda kirgay mohi xirgohim. 
Jon gulshani ichida dard o‘qlaridan oq uy yasayki, oy (kabi) chodirnishin go‘zalim ko‘nglimda 
yayrab turolmasa, o‘shanga kir(ib istirohat qil)ar. 
Oq uy – oq kigizdan yasalgan hamda Chingiziylar udumi bo‘yicha hukmdorlar va hurmatli zotlar 
uchun atalgan maxsus qo‘nalg‘a hisoblanadi. Shoir ma’shuqasi uchun jon gulshani ichida dard o‘qlaridan 
shunday hashamatli va e’tiborli maskan tortiq etmoqchi! Toki chodirnishin (ya’ni boshqalardan o‘zini 
pinhon tutadigan) go‘zal oshiqning tor ko‘ngilda yayrolmasa, jonidagi o‘sha oq uyda farog‘at topsa. 
Baytda so‘z bandani ko‘ngiliga jo bo‘ladigan ma’shuqa xayoli yoki ilohiy ma’shuq yodi haqida 
ketmoqda. Unga ko‘nglini tortiq etgan shoir endi jonini ham peshkash qilmoqchi va buni shunday obrazli 
tarzda go‘zal ifodalamoqda. Baytda jon gulshani, mohi xirgohim birikmalari asosida istiora san’atiga 
murojaat etilgan. 
Navbatdagi 424-g‘azaldagi baytga murojaat etamiz. Ushbubayt ham oshiqona, ham orifona mohiyat 
kasb etib, zulma’naynlik hodisasini hosil qilmoqda: 
May ichkali ul no‘shlab zohir qilur har dam tarab, 
Bu nav’ ochilmoq ne ajab, andoq su ichkan gulshanim. 
May ichib, u labi shirin mahbubam, har lahza hursandchilik qiladi, axir bu qadar suv ichgan 
gulshanimning unday (go‘zallishib) ochilmog‘ligi ajab emas-da! 
Husni ta’lil san’atiga murojaat etgan shoir may ichayotgan shirinlab ma’shuqani ochilib borayotgan 
gulzorga, mayni esa gulshanni yashnatadigan suvga qiyoslaydi. Baytni orifona ma’noda izohlaydigan 
bo‘lsak, komil insonning qalbi ilohiy ma’rifat sharobidan xuddi suv ichgan gulshan kabi yashnab turadi va 
bu shu ma’rifatga tashna toliblar talabini yanada kuchaytiradi, obrazli qilib aytganda ularni qalbini 
alangalatadi. 
Devondagi 11-g‘azal sof oshiqona hisoblanib, uning faqat bir –begona bayti orifona hisoblanadi. 
Boda hajridin oqarmish ko‘zlarim, ey piri dayr, Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga. 
Boda sog‘inchidan ko‘zlarim oqardi, ey mayxona sohibi, menga may shishasini sindirib, undan 
ko‘zoynak yasab ber. Navbatdagi bayt orifona mazmunli begona bayt hisoblanadi. Ishq, hijron va visoldan 
so‘z yuritgan oshiq o‘z fikrini, endi irfoniy mavzuga qaratadi. Boda – may istelohini ilohiy ishq yoki 
ma’rifat, piri dayr – mayxona sohibi istelohini esa piri komil ma’nosida talqin etadigan bo‘lsak, baytning 
ma’nosi quyidagicha sharhlanadi. Ya’ni: ilohiyishq va ma’rifatdan biribir qalbim qonmayapti shuning 
uchun, ey komil ustoz, bu ma’rifat va ishq asosini qalbimga singdir. Natijada men shu tuyg‘ularga asoslanib 
olamga qarab, uning mushkulotlarini mushohida etay. 
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy ijodida bunday o‘ziga xosliklar ko‘plab uchraydi. Oshiqona 
g‘azallarda orifona baytlarning kiritilishi ham shunday o‘ziga xosliklardan bo‘lib, ulug‘ shoirning bemisil 
donishmanona dahosidan darak beradi. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish