CHET TILIDAGI SO‘ZLARNI TEZ VA OSON O‘RGANISH METODIKASI




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

CHET TILIDAGI SO‘ZLARNI TEZ VA OSON O‘RGANISH METODIKASI 
Aripova Shoira Djurakulovna 
 TDAU Tillar kafedrasi Ingliz tili ukituvchisi 
Globallashuv jarayoni tezlashgan sari chet tillarini o‘rganish zamon talabi bo‘lib bormoqda. Ushbu 
maqolada ingliz tilidagi so‘zlarni oson va tez o‘rganish usullaridan bir nechtasi keltirib o‘tilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining qarorida “Zamonaviy pedagogic va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etish yo‘li bilan 
o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni 
tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari 
hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni 
rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish” ta’kidlangan. Shu sababli bugun hayot 
tarzini chet tillarisiz faraz qilib bo‘lmaydi. 
Hozirgi davrda ham bir sohani yaxshi bir mutaxassisi bo‘lish uchun chet tilini bilish oddiy talabga 
aylanib qoldi. Bizning yurtimizda ham xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor doim yuqori bo‘lgan. 
Ayni kundalarda ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor kundan-kun ortib 
bormoqda. Shu maqsad yo‘lida yangi izlanishlar, nashrlar va zamonaviy uslub yo‘llari ustida ilmiy 
tadqiqotlar olib borilib, o‘quvchi va talabalarda xorijiy tilga bo‘lgan talab juda katta bo‘lib, unga qo‘yilgan 
yo‘ldagi mashaqqatlar esa undan-da ulkandir. Ushbu maqolada esa, shu tilga oid bo‘lgan so‘zlarni qulay va 
oson o‘rganish yo‘llari keltirib o‘tilgan. Biz chet tillarini o‘rganish davomida ba’zi bir qiyinchiliklarga 
uchrashimiz tabiiy xol. Biror bir tilni mukammal o‘rganish uchun eng muhimi hayotdagi har bir sohada 
bo‘lgandek ishtiyoqdir. 
Har doim o‘rganuvchi shaxs doim bu tilni nima uchun o‘rganishim kerak degan savolni berishi va 
har qanday qiynalgan vaziyatida maqsadini eslashi shart. Endigi navbat esa, chet tilidagi so‘zlarni qay 
yo‘sinda oson va tez o‘rganish. Ba’zi odamlar uchun yangi so‘zlarni o‘rganish oson kechadi, chunki ular 
eslab qolmoqchi bo‘lgan so‘zlarini va ta’rifini ko‘radilar, so‘ngra o‘sha ma’lumotni o‘z miyalarida 
saqlaydilar. 
Ko‘pchilik esa so‘zlarni eslab qolish, ularni va jumlalarni qanday ishlatish bilan kurashadilar. Agarda 
yangi so‘zlarni eslab qolishga qiynalsangiz ushbu keltirib o‘tilgan yo‘llarni sinab ko‘ring. Ba’zi odamlar 
borki, ular tinglash orqali yaxshi o‘rganadilar, ba’zilar esa yozish orqali. Avvalo, qaysi toifaga mos 
ekanligimizni aniqlab olishimiz kerak. Misol uchun, siz so‘zlarni yozganingizda yaxshiroq eslayotgan 
bo‘lsangiz, yozishni ichiga olgan qiziqarli va samarali ishlarni qilishingiz mumkin. Qaysi o‘rganish uslubi 
siz uchun eng yaxshisi ekanligiga amin bo‘lsangiz, unda quyida tavsiya etilgan barcha usullarni qo‘llash 
orqali o‘zingiz va miyangiz haqida ko‘p narsalarni bilib olasiz: 
1. Chet tilidagi so‘zlar har xil audiolarni tinglang 
Tillarni o‘rganayotgan olimlarning fikricha, til o‘rganishning biz bilmagan bir usuli mavjud. Bu 
ongsiz va yopiq til o‘rganishdir. Bunday o‘rganish biz harakat qilmasak ham sodir bo‘ladi. Bu usul biz 
stolda o‘tirib, qoidalarni qayta-qayta takrorlash orqali ro‘y bermaydi. Buning o‘rniga, ko‘plab chet tillarini 
tinglaganimizda va e’tibor bermaganimizda sodir bo‘ladi. Ajablanarlisi shundaki, biz so‘zlar nimani 
anglatishini tushunmasak ham, tinglashni o‘rganamiz. Tadqiqotlardan so‘ng o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 
odamlar bu usulni tinglab, har qanday tilni o‘rganishlari mumkin. Buning sababi biz tilni tinglaganimizda, 
har xil so‘z va tovushlarni eshitamiz. Bu o‘rganishning tabiiy yo‘li. Bolalar doim buni amalga oshirishadi. 
O‘ylab ko‘ring, bolalar juda yosh bo‘lishganida gapira olish qobiliyatiga ega bo‘lishmaydi. Tinglashlari 
mumkin xolos. Ular so‘zlashuvlarni to‘liq tushunishdan oldin va tilni o‘zlarida foydalanishlari uchun ular 
soatlab tinglaydilar va so‘ngra o‘sha so‘zlarni birma-bir qo‘llaydilar. 
Xullas, shuning uchun barchamizda bu qobiliyat bolaligimizdan buyon shakllanib boradi, lekin biz 
bundan oqilona foydalanolmaymiz. Shuning uchun doim xorijiy tillardagi har xil musiqa va audio kitoblarni 
ko‘proq tinglang. Mahalliy chet tilidagi ma’ruzachilar bir-birlari bilan gaplashadigan joylarga borish shart. 
Siz diqqat bilan tinglashingizni hojati yo‘q, faqatgina atrofda yurish, diqqatga sazovor joylardan zavq 


149 
olishingiz mumkin. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar chet tillariga oid bo‘lgan so‘zlar quloqlaringiz va 
miyangizga eshitilib va yetib turishi zarur. 
2. Tovushlarni o‘rganing 
Yangi tilni o‘rganishning eng qiyin narsalardan biri hamma yangi tovushlarni o‘rganishdir. Xorijiy 
tillarda ona tilingizdagi kabi hech qachon foydalanmaydigan tovushlar ham bo‘lishi mumkin. Shuning 
uchun, eng avvalo, tovushlar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘zlarni so‘zlashuvda 
foydalanayotganda, so‘zlarni boshqa so‘zlar, tovushlar, harakatlar, fikrlar yoki rasmlar bilan bog‘lash zarur. 
Quyoshning rasmini ko‘rganda, darhol “quyosh”, “issiq” so‘zlarni o‘ylash tabiiy hol. Bu haqida 
o‘ylash uchun vaqt kerak emas, bu so‘zlar doim miyangizda avtomatik ravishda paydo bo‘ladi. Shuning 
uchun so‘zlarni yodlayotganigizda, voqealarga bog‘lab eslab qolishga harakat qiling. Uyushmalar orqali 
o‘rganiladigan so‘zlar nafaqat qiziqarli, balki chet tilini o‘rganishni jadallashtirishning juda foydali usuli 
hisoblanadi. Olimlar bu ishni imo-ishora tiliga, tillarni gapirishga undaydigan va so‘zlarni tovushlar o‘rniga 
qo‘llar va barmoqlar ishlatiladigan tilga qarash uchun ishlatgan. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, so‘zlarning 
so‘zlar kabi ko‘rinadigan belgilarni eslash ancha oson. 
Yangi so‘zlarni o‘rganayotganda ularni guruhlab o‘rganishga harakat qilish kerak. So‘zni tasvir, 
harakat yoki boshqa so‘zlar bilan birlashtiring. Sizning fikringizdagi bu kuchli aloqangiz bo‘lsa, uni eslab 
qolishingiz osonroq bo‘ladi. O‘zingiz o‘rgangan so‘zlarning ma’nosini ko‘rsatish uchun qo‘llaringiz va har 
xil narsalardan foydalaning. Ta’riflarni yozish o‘rniga ba’zi su’ratlarni chizishga harakat qilishingiz 
mumkin. Bu usullar esa, xorijiy tilga oid bo‘lgan so‘zlarni tez va oson o‘rganishingizga qo‘l keladi. 
Xulosa qilib shuni aytganda, hozirg kunda davr talabiga mos kelajak avlodni tarbiyalashda xorijiy 
tillar muhim rol o‘ynaydi. Yuqorida keltirilgan maslahatlarga rioya qilinsa, xorijiy tillarni o‘rganish yanada 
osonroq kechadi. Hozirgi kunda yoshlarga chet tillarini o‘rgatishda turli metodlardan foydalanish zarur. 
Shunda ular xorijiy tillarni mukammal o‘rganib, respublikamizga ravnaqi tegadigan kadrlar bo‘lib 
yetishadi. 
Adabiyotlar 
1. 
Language, Mind and Brain. – Edinburg: Edinburg University Press. – 262 p. 
2. 
Raximov G‘.X. Dunyo ingliz tillarining maqomi haqida // Filologiya masalalari. – T., 2017. 
– 1-son. – 35-43 b. 
3. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini 
o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-1875-sonli qarori. 
4. 
Jalolov J. Chet tilini o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 2012. 
5. 
Sattorov B.G‘. Chet tilidagi so‘zlarni o‘rganish // Filologiya masalalari. – T., 2017. – 1-
son. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CHET TILIDAGI SO‘ZLARNI TEZ VA OSON O‘RGANISH METODIKASI

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish