159
bosh qotirmoqda. Bu hol lingvistik tarjimashunoslikning tadqiqotchilar e’tiborini borgan sari ko’proq
o’ziga tortayotganligidan dalolat beradi.
Tilning leksik birliklariga nisbatan birmuncha murakkab tarkibli lisoniy vositalari bo’lmish
frazeologik birliklarni tarjimada adekvat talqin etish tarjima amaliyotining o’ta
murakkab va shu bilan
birga, juda mas’uliyatli masalalaridan hisoblanadi. Chunki frazeologik birliklar nutqning badiiy-tasviriy
vositalari sifatida fikrning oddiy, betaraf bayonidan ko’ra ko’proq turli-tuman
uslubiy vazifalarni ifoda
etishda ishtirok etadilarki, ularni ushbu vazifalarini hisobga olgan holda, ularning tarjimada bejirim talqin
etishga intilish badiiy asarning obrazli hamda hissiy-tasviriy qiymatini qayta yaratish yo’lidagi jonbozlik
bilan chambarchas bog’liqdir.
Frazeologik birliklarni tarjima qilishning o’ta murakkab amaliy jarayon ekanligi asosan mazkur
birliklar tabiatiga – ularning leksik, semantik va qurilish jihatdan murakkabligiga bog’liqdir. Boz ustiga,
talay frazeologizmlar milliy xususiyatga egadirlarki, bu hol ham tarjimonlar
oldiga qator amaliy
qiyinchiliklarni ko’ndalang qilib qo’yadi.
Asl nushada qo’llanilgan frazeologik birliklar tarkibidagi badiiy muqoyasalar umuminsoniy haqiqat,
ma’lum va mashhur tarixiy dalillar, tarjima tili vakillariga yaxshi tanish narsa va boqea- hodisalar asosida
yuzaga kelgan bo’lsalar, boz ustiga muqoyasa unsurlari orasidagi mantiqiy bog’lanish ko’zga yaqqol
tashlanib tursa, bunday frazeologik birliklarni kalka usulida tarjima qilish aksariyat hollarda adekvatlikni
yuzaga keltiradi.
Frazeologik birliklarni tasviriy yo’l bilan talqin qilish kitobxonga ularning ma’nolarinigina yetkazib
beradi, uslubiy vazifalarini so’ndirib, ifodalarni badiiy-tasviriy xususiyatdan mahrum qiladi.
Ma’lumki, xalqlarning turli tabiiy,
iqtisodiy, ijtimoiy -siyosiy sharoitlarda yashashlari natijasida
ularning ongi, dunyoqarashi va axloqida goho bir -biridan farq qiladigan turli tuman o’ziga xos tushuncha
va qarashlar shakllanadiki, ular so’zsiz o’sha xalqning tilida o’z aksini topadi. Shunga ko’ra ayrim narsa va
hodisalar hamma tillarda bir xil timsolli mazmun kasb etavermaydi. Bir tilda muayyan hislat yoki sifat
timsoli bo’lgan narsa yoki voqea-hodisa boshqa bir tilda o’sha xususiyat ramzi bo’la olmasligi mumkin.
Masalan, tropik iqlim sharoitida yashovchi xalqlar qor nimaligini ko’z oldiga keltira olmagan bir paytda
ularning tillarida ijobiy baholanayotgan bir narsaning ittifoqo “qor”ga o’xshatilishi zaruriy obrazli ifodani
yarata olmaydi.
Binobarin, eslatilgan tushunchalar asosida qaror topgan lisoniy birliklarni o’zgacha
sharoitlarda istiqomat qiladigan xalqlar tiliga o’girish tarjimon oldiga qator muammolarni qo’yadi.
O’zbek tilida tim qora, ya’ni chiroyli, jozibador ko’zning charosga muqoyasa qilinishi fikrni obrazli
ifoda etishni an’anaviy uslubi bo’lib, rus tilida bunday vazifa “qora smorodina” – “chyornaya smorodina”
zimmasiga yuklanadi. Shu asosida mazkur tillarda “charosdek qop-qora ko’zlar” va “glaza chernыe kak
mokraya smorodina” komporativ frazeologik birliklari hosil bo’lganki, tarjimada ularni ekvivalentlar
sifatida tan olib, birini ikkinchisi orqali talqin etish progmatik adekvatlikni yuzaga keltiradi.
Birliklar
tarkibidagi “smorodina” va “charos” so’zlari anglatadigan ma’nolar mahalliy hususuyatga ega ekanliklari
tufayli mazkur so’z birikmalarini kalka usuli vositasida o’girib bo’lmaydi. Bunday o’ziga xosliklar boshqa
tillarda ham ko’zga tashlanadi. Masalan, dilbar qizning yuzi inglizlar nazarida “gilos”ga yoki “atirgul”ga
o’xshatilsa, o’zbeklar ta’rifida “olma”ga muqoyasa qilinadi, ingliz tilida beozorlik timsoli sifatida
“kabutar”, o’zbek tilida “musicha” qabul qilingan.
Demak, tarjima turli xalqlar adabiyotlarining o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’siri
jarayonini
tezlashtiradi.