BADIIY MATN TAHLILIDA MUSTAQIL TA’LIMGA INNOVASION YONDASHUV




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BADIIY MATN TAHLILIDA MUSTAQIL TA’LIMGA INNOVASION YONDASHUV 
Bafoyeva Nigora Azimovna. Nuriddinova Mehriniso 
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi 
 
Uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘ini sifatida oliy ta’lim tizimida o‘quv faoliyatini modernizatsiya 
qilish masalasi bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Ma’lumki, yosh avlodni yuksak axloqiy va nafosat ruhida tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish davr talabi ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. 
Yangi davr kishini shakllantirishda badiiy asarga xos tasviriy vositalar, o‘ziga xos xususiyatlar 
o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan taqdirdagina uning tarbiyaviy ahamiyati, ta’sir kuchi to‘liq namoyon bo‘ladi. 
Buning uchun esa badiiy asar tilini lisoniy tahlil qilmasdan turib, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin. 
Shuning uchun badiiy asarlar tilini tahlil qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Keyingi 
yillarda “Badiiy matnning lisoniy tahlili” fanining o‘qitilishi talabalarning umumfilologik saviyasini
oshirish, matn tahlili bo‘yicha bilimlarini kuchaytirishda ahamiyati katta bo‘lmoqda. Mazkur fan 
umumlashma xususiyatga ega bo‘lib, u tilshunoslik, adabiyotshunoslikdan olgan bilimlarni yangi ilmiy va 
uslubiy bosqichga ko‘taradi. O‘quv jarayonida quyidagi vazifalarning bajarilishini taqozo etadi: 
Matn tiplari va turlari, ularni tahlil qilish metodi va prinsiplari bilan tanishtirish. 
Har qanday matnning u yoki bu funksional uslub talablari asosida yaratilgan bo‘lishidan, bunda 
badiiy matnning o‘ziga xos jihatlari borligidan xabardor qilish. 
Til birliklarining lisoniy va uslubiy xususiyatlarini farqlay olishga o‘rgatish. 


168 
Mazkur kurs bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni badiiy asardan tanlangan matn tahlilida sinab 
ko‘rish. 
Mustaqil ta’lim talabalarning bilim olishdan maqsadlari va shu maqsadlarga qanday erishishlari-
mavjud o‘quv resurslaridan foydalangan holda amaldagi o‘quv dasturlari doirasidagi materiallarni qanday 
o‘zlashtirishlari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishlarini nazarda tutadi. 
Talaba o‘zi anglashi va harakat qilishi, o‘qituvchi esa, o‘z navbatida, talabalarning tadqiqot olib 
borish ko‘nikmalari, o‘tilgan materiallarni yanada chuqurroq o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni 
izlab topish qobiliyatlarini rivojlantirishga undashi lozim. Talabalarni mustaqil faoliyatni tashkil etishga 
va uni bajarishga o‘rgatish ta’lim samaradorligini oshiradi. 
Badiiy adabiyot tilini o‘rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari ko‘pdan 
buyon filologlarni qiziqtirib keladi. Chunki muayyan til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot 
tilining ahamiyati kattadir. 
Badiiy asar tilida keng qamrovli til birliklari -fonetik, leksik, grammatik va majoziy vositalarni 
kuzatish mumkin. Shu bilan birga, ijodkorning so‘z boyligidan o‘ziga xos tarzda foydalanishi, morfologik 
shakllar va sintaktik qurilmalarni tanlashi va boshqa jihatlarida yozuvchining individual uslubi ham yuzaga 
chiqadi. 
Badiiy matnni lisoniy tahlil qilishda qator tamoyillarga tayanib ish ko‘rish mumkin. Jumladan, 
“Badiiy matnning lingvistik tahlili” fani bo‘yicha “Lug‘aviy birliklar va ularning matn shakllantirish 
imkoniyatlari” mavzusini o‘rganishda quyidagicha yondashish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi ana 
shunday tamoyillardan biri - lisoniy birliklar indeksini tuzishni talabalarga mustaqil topshiriq sifatida 
berishi mumkin. 
Buning uchun talaba badiiy matnning lingvopoetik tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklarning 
indeksini tuzib chiqishi kerak bo‘ladi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko‘p qo‘llanilgan, asar badiiyati 
uchun xarakterli bo‘lgan birliklar (masalan, iboralar, sinonimlar, antonimlar, epitetli birikmalar, metafora, 
metonimiya, okkazionalizmlar bo‘lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo tartibida terib chiqiladi. Bu 
yozuvchining (shoirning) lisoniy mahoratini yoritishda faktik material vazifasini o‘taydi. Masalan, mohir 
so‘z san’atkori Erkin Vohidovning she’riyatida qo‘llangan yuzlab ibora, xalq maqollari, ko‘chma ma’noli 
so‘zlar, sinonimlar, antonimlar va omonimlar indeksini quyidagi tarzda tuzib chiqish mumkin. 
Frazeologik birlik: 
Ayt, qachon ko‘nglimga solding 
Ishq o‘tin, ey sohira, Dil o‘zi bog‘landimu, yo Bog‘lading jodu bilan? 
Men senga ko‘nglimni ochdim, Ha deb ayt, yo yo‘q deb ayt, Buncha qiynaysan dilimni, O‘rtama 
kulgu bilan. 
Xalq maqoli: 
Ko‘yida men tosh boshimni Urmagan ostona yo‘q. 
Elda bor shunday masal: 
Jon chekmasang jonona yo‘q. 
Yoki: 
Seving, deb she’r bitib avval, O‘zim bo‘ldim asiri ishq, 
O‘zi tushgay emish oxir Birovga kimki qazgay choh. Bo‘libsan oshiq, Erkin, 
Uz umid jondin, o‘kinch qilmay, O‘zingga, deydilar, dushman Keyin chekkan pushaymon, oh.
Metafora: 
Sinonimlar: 
Dilkusho do‘st, dilrabo yor- Birla kechgan dam shirin. Do‘stu yor birlan hayotu Siynai olam shirin. 
Sevgining dardi faqat Beishq uchun begonadir, Ishqi yor bo‘lsa firoq- Chekkanda hatto g‘am shirin. 
Dilga oqsin baxtli umrim
Kuy bo‘lib, ohang bo‘lib, Sen uning “Oromijoni”, “Gulyoru Shahnozi” bo‘l. Orzu-istakdin-ku 
shodon Dilga bog‘labsan qanot, Bu tilak osmonining Doim baland parvozi bo‘l. 
Antonimlar: 
Omonimlar: 
Barcha shodlik senga bo‘lsin, Bor sitam, zorlik menga. 
Barcha dildorlik senga-yu, Barcha xushtorlik menga. 
Bu jahonning rohatin ol, Bor azobin menga ber. 
Senga bo‘lsin barcha orom, Barcha bedorlik menga. 


169 
Ko‘rdimu lol bo‘ldi aqlim, o‘ngmidi bu yoki tush, Bo‘lsa ham o‘ng, yo seni ko‘rgach, boshimdan 
uchdi hush. Sen baland tog‘ uzra erding, misli ohu yoki qush, Yolvorib men pastda derdim: bir nafas 
yonimga tush, Azganush, hoy Azganush, Azganushjon, Azganush. 
Topshiriqning shu tarzda qo‘yilishi tadqiqotchiga induktiv metodddan foydalanish, ya’ni fakt, 
dalillardan qoidaga, nazariyaga borish imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, talabaga til birliklari 
haqidagi bilimlarni ongli o‘zlashtirishiga keng imkoniyatlar ochadi. 
Lingvopoetik tahlil har bir asarga individual yondashishni taqozo qiladi. Chunki lisoniy birliklar 
asarga alohida maqsad va badiiyat ehtiyoji bilan olib kiriladi. Shuning uchun har bir asar lisoniy jihatdan 
yaxlit butunlik deb qaraladi. Tahlil asardan uzib olingan misol haqidagi mulohazalardangina iborat bo‘lib 
qolmasligi uchun har bir unsur asarning butuniga aloqador estetik yukni o‘zida aks ettirishini nazardan 
chetda qoldirmaslik muhim sanaladi. 
Xulosa qilib aytganda, badiiy matn tahlilida talabalar tomonidan amalga oshiriladigan mustaqil 
ta’limning o‘rni beqiyosdir. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BADIIY MATN TAHLILIDA MUSTAQIL TA’LIMGA INNOVASION YONDASHUV

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish