174
masalasi jamiyatning negizini tashkil etuvchi oiladan boshlash lozim. Har bir oila oʻziga xos an'anaga, boy
ijodiy-intellektual boylikka ega. Ana shu ma'naviy-madaniy boylikni oʻrganish, undan jamiyat
taraqqiyotida foydalanish, kelgusi avlodlarga yetkazish uchun bilim va tafakkur manbai kitobxonlikni
oiladan va maktabdan boshlamoq zarurligini koʻrsatadi. Lekin bu muammo O.Sharofiddinov
ta'kidlaginidek, “Keng ma'nodagi kitobxonlik masalasi faqat chaqiriqlar-u da'vat bilan, xitobu shiorlar
bilan hal boʻladigan masala emas... ma'naviyat masalalariga juda katta ahamiyat berayotgan, uni har bir
fuqaro qalbiga yetkazish tadbirlarini juda jiddiy oʻylayotgan jamiyat... bu yoʻldagi dasturiga kitobxonlik
dasturini ham qoʻshib qoʻymasa boʻlmaydi”-juda jiddiy masaladir. Olim
bejizga bu haqda kuyinib
gapirmagan. Chunki,oilada bolalarni kitob vositasida tarbiyalash juda qiyin jarayon. Ana shu jarayonda
oʻqilayotgan kitoblardagi barcha hodisa-voqealar ota-ona, oilaning boshqa a'zolari va bolalar uchun
tushunarli boʻlishi, oʻquvchilarda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi, bilim berishi,
ezgulikni his etishga
yoʻllashi zarur. Ana shu taqdirdagina kitobxonlik oʻquvchi ma'naviyatini shakllantirishga yordam beradi.
Bunda ota-onaning ma'naviy dunyosi, xulq-odobi, orzu-umidlari, hayotiy tajribasi, an'analari, kasbi katta
yordam beradi. Kitob bolani dunyoni anglab olishi bilan bir qatorda ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi,
uning shaxsiy fazilatlari tarkib topib boradi, hayot va turmush ziddiyatlarini qanday qilib yechish yoʻllarini
tushunib yetadi. Bu xislatlarni egallab olgan har bir oʻquvchi yuksak ma'naviyatli shaxs boʻlib yetishadi.
Uzoq yillik tarixga nazar tashlasak, Sharqda farzand ham oilani, ham yurtni shon-shuhratga
burkashni oʻzining ilk burchi deb bilgan. Islom olamida shunday hikmat mashhur boʻlgan: “Joy kishini
emas, kishi joyni aziz etadi”. Buning quyidagicha sharhlari bor:
Birinchidan, sen farzandlik burchingni oʻtamog‘ing uchun dunyoga chiq, dunyo seni va tug‘ilgan
joyingni tanisin. Qadimda bu hol “el kezish” deb atalgan.
Ikkinchidan, ilmda, axloqda va faoliyatda farishtasimon boʻl, toki tug‘ilgan yurtingga olam sajda
qilsin.
Uchinchidan, tug‘ilib oʻsgan joying bilan g‘ururlanma, bu oʻtkinchi haqiqatdir. Qoʻlingdan kelsa joy
nomini aziz qil.
Sharqda farzandlar butun hayotida ana shu aqidani amalga oshirishga intilganlar.
Misol uchun
Bahouddin Naqshband tug‘ilgan qishloq oʻsha kezlari “Qasri hinduvon” - hindlar yashaydigan qishloq deb
atalar ekan. Bahouddin Naqshband olamni valiylik nuriga toʻldira boshlagach, qishloq “Qasri Orifon”
Xudoni taniganlar – bilimlilar qishlog‘i deb atala boshlangan. Bu darajada oʻz joyini shon-shavkatga
burkash uchun har bir inson oila va maktabdan qalbga nur va ilm bilan chiqishi lozim.Xuddi shu maqsad
bilan tarbiyalangan insonlar yurti ham obod boʻlib boravergan. Buyuk allomalarimizning onalari oilada
farzand kamoloti uchun kitob mutolaasi, bilim egallash nechog`lik muhim ekanligini yaxshi anglagan
holda o’z farzandlarini tarbiyalaganlar. Buyuk sharqning kitobxonlik an`anasi tarix zarvaraqlariga oʻz
izini qoldiraolgan. Bizgacha yetib kelgan manbalarning guvohlik berishicha sharq gavhari bo’lmish
Buxoroda oʻsha davrlardanoq katta kitob bozori boʻlgan, kitob doʻkonlarida
olim va fozil kishilar
uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o’tkazgan. Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Forobiyning
Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri
saroyida esa yirik kutubxona mavjud boʻlgan. Amir kutubxonasini oʻsha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan
bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar. Kitobga bo’lgan qiziqish uzoq oʻtmishdan asrlar
osha bizga ulkan meros boʻlib yetib kelgan. Tarixdan bizga ma'lumki, buyuk mutafakkirlarimiz tarbiyasi
juda erta, ya'ni 3-4 yoshdan boshlangan, kitob mutolaa qilishga, oʻz onalari yoki enagalari (tarbiyachilari)
yordamida ertaklar, dostonlar, qissalar, rivoyatlar, hikmatli soʻzlarni tinglashga, kitob bilan doʻstlashishga
ahamiyat berganlar. Shuning uchun boʻlsa kerak buyuk allomalarimiz ham olim, ham shoir, ham san'atkor,
ham ijodkor, bir so’z bilan aytganda har tomonlama yetuk bilimli va komil inson bo’lib tarbiyalanganlar.
Kitobxonlik masalasida bejizga tarixga nazar tashlanmadi. Chunki oʻz tarixini yaxshi bilmagan, ajdodlari
qoldirgan ilmiy merosni puxta egallamagan va ularning yoʻlini davom ettirmagan kelajak avlod mustaqil,
mustahkam yurtning poydevori bo’lolmaydi.
Oʻquvchi bolalikdan oilada va maktabda kitob oʻqishni bilgan taqdirdagina kitobxon boʻla oladi.
Adabiyotshunos olim S.Matchonov “Kitob oʻqishni bilasizmi?” degan asarida shu masalada mulohaza
yuritadi. U kitobxonlik ko’p jihatdan adabiyot va jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq deb koʻrsatadi va
kitobxonlikni ijodiy mehnat sifatida ta'rif etib, kitobxonlik mehnatining shakli, darajasi, tanlangan asarning
turiga qarab oʻzgarib boradi, deydi. Bu borada ilmiy asarlar, albatta muayyan mehnat talab etishi, badiiy
asarni oʻqish garchi mehnat talab etmaganday koʻrinsa ham, aslida kitobxon qahramon boshidan kechirgan
voqealar orqasidan borib, asarda tasvirlangan voqealar ustida fikr yuritadi, qahramonlar taqdirini oʻylab,
diqqatini jamlaydi, tafakkurini ishga soladi. Bu yozuvchi maqsadini, asarda ilgari surilgan muammoni
o’ylashga, fikr qilishga yo’llaydi. Ana shu jarayon kitobxonda estetik his-tuyg‘u uyg‘otadi. Shuning uchun
175
ham badiiy asarni oʻqish va oʻqiganini tushunib oʻqish muhim sanaladi. Xullas, kitobni “tushunib” oʻqish,
kitobxonlik darajasini, uning madaniyatini koʻrsatadi. Buyuk mutafakkirlar birinchi
navbatda qobiliyatli
kitobxon ham boʻlganlar. Demak, kitobxonlik qobiliyati tug‘ma emas, balki insonning kitob ustida ishlashi,
malaka va koʻnikmalar hosil qilishi orqali kamol topa boradi, deydi olim. [2; 25-26] Adabiyotshunos Safo
Matchonovning fikriga qo’shilgan holda kitobxonlik bu – insonda oʻqilganlari yuzasidan his-tuyg‘u
uyg‘onishi, uning ruhiyatini oʻstirishi, kitob oʻqishning zaruriyatga aylanishi, bilim va tafakkurning ortishi,
madaniy-ma'naviy saviyasining ortishi, hayot bilan badiiy adabiyot oʻrtasidagi oʻxshashlikni anglab olish,
adabiyot bilan jamiyat taraqqiyoti oʻrtasidagi bog‘liqlikni tushunish bilan bog‘liq jarayondir. Xudoyberdi
Toʻxtaboyevning yozishicha: “Taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarda – kitobxonlik fan darajasiga
koʻtarilgan. Kitobxonlik kitobni targʻib qilishgina emas, balki kitob oʻqishni, oʻqiladigan kitobni tanlay
olishni, magʻzini chaqishni, ya'ni kitob yordamida oʻzini anglashni oʻrgatish hamdir” . Adabiyotimizning
buyuk namoyandalarining ushbu xulosalaridan kelib chiqqan holda kitobxon oʻqimoqchi boʻlgan asari goh
ilmiy, goh badiiy, goh ilmiy-fantastik boʻlishidan qat`iy nazar oʻquvchining yuragidan joy olsin, tafakkur
dunyosini kengaytirsin, unga yangi gʻoyalar bera olsin, uni oʻz kelajagiga ishonch tuyg`usini shakllantira
olsin.Shundagina biz, ya`ni shu yurtning har bir fuqarosi kitobxonlik masalasining mevasini koʻra
olamiz.Kitobxonlik qobiliyati tug‘ma emas, u insonning oʻz ustida ishlashi orqali, tarbiya vositasida kamol
topadi. Kitobxonlik bu ijodiy mehnat. Buyuk mutafakkir olimlar, fan va madaniyat arboblari avvalambor
iste'dodli kitobxon ham boʻlganlar. Shu haqiqatdan kelib chiqqan holda biz tilshunoslarning oldidagi
muhim vazifasi yoshlarimiz, nainki yoshlar barcha kitobxonlarimizning kitobga boʻlgan
muhabbatlarini
yanada kuchaytirish va asarlardagi soʻzlarning sofligi, ma`nodorligi bilan shugʻullanishdan iboratdir.
Tarixda hech bir xalq yoki millat oʻz ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qoʻlga kiritmagan. Buni jahon
tarixi, jumladan, yurtimiz tarixi ham isbotlaydi. Bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qadim tariximiz
davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib
borganlar. Masalan, Toʻmaris, Shiroq, Spitamen, Muqanna,
Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro,
Temur Malik, Mahmud Torobiy, Amir Temur singari mard va bahodir sarkardalarimiz boshchiligida
yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, soʻnggi 130 yildan ortiqroq davom etgan istibdod davridagi ozodlik
kurashlari, jadid bobolarimizning xalqimizni jaholat va mustamlakachilik domidan xalos etish yoʻlidagi
ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig’idir. Qiyinchiliklar bilan qoʻlga kiritilgan mustaqilligimizni asrab-
avaylash siz-u bizning muqaddas burchimizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sharofiddinov O. Kitobsiz yashab bo’lmas.O’zAS,1999.24-sentabr. 2.Donishmandlar tarbiya
xususida: Arab, fors va boshqa sharq tillaridan Shorasul Zunnun tarj.To’pl.va nashrga tayyorl. A.Zunnun.
Toshkent:O’qituvchi,1982.