195
bo‘lib, ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘qishga aloqasi yo‘q. Uy tajribalari esa ularning barchasi bilan uzviy
aloqada bo‘ladi.
Uy tajribalari mustaqil ish turlaridan biri bo‘lib, alohida va boshqa mustaqil ishlar bilan birgalikda
qo‘llanilib, uni bajarish uchun o‘quvchilarning ijodiy yondashuvi talab etiladi. Uy tajribalari bilan maktab
kimyoviy eksperimentini to‘liq almashtirish emas, balki darslarda o‘rganilayotgan bilim va ko‘nikmalarni
turli hodisalar mohiyati va mexanizmini chuqurroq anglash uchun yordam beradigan tajribalar ishlab
chiqish bizni maqsadlarimizdan biridir [5].
Quyida «Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari» mavzusi uchun shunday uy tajribalaridan misollar
keltirilgan:
Uy sharoitida adsorbsiya
Zarur jihoz va moddalar: aktivlangan ko‘mir, siyog‘ yoki akvarel, suv, stakan, makkajo‘qori
qalamchalari, odekolon, 0,5 l shisha banka qopqoqi bilan.
Ishning borishi: stakanga yarim suv quyib, unga siyoh yoki rangli akvareldan soling va aralashtiring.
Rangli eritma hosil bo‘lganiga e’tibor bering. Unga maydalangan dorihona aktivlangan ko‘miridan solib
aralashtiring. Eritma rangining o‘zgarishiga e’tibor bering.
Yarim litrli shisha bankaga 1 -2 tomchi odekolon yoki boshqa biror xidga ega suyuqlikdan tomizing.
Bankani ikkala kaftingiz bilan bir oz vaqt ushlab turing. So‘ngra idish og‘zini ochib banka ustidagi havoni
yelpib hidlang. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, siz hidni tabiiy tarzda sezasiz. Endi banka ichiga 1 dona
aktivlangan ko‘mir soling va og‘zini yopib, bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ngra idish og‘zini ochib hidlab
ko‘ring. Xid nima uchun yo‘qoldi? Bu tajribalarni makkajo‘hori qalamchalari bilan ham takrorlang.
Aktivlangan ko‘mir va makkajo‘hori qalamchalari xossalarini taqqoslang.
Yuqoridagi tajribalarga o‘xshash uy tajribalarini ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish
natijasida o‘quvchilarning
kimyo fani, sanoati mahsulotlarini kundalik turmush, hayotdagi o‘rni va
ahamiyatini anglashlarida, nostandart sharoitlarda ishlash, ijodiy ko‘nikmalarini
shakllantirishda muhim
ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi
Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi VM–997- son «Xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori.
Ivanova R.G. Obщaya metodika obucheniya ximii v shkole. Ximicheskiy eksperiment – osnova
izucheniya ximii. – M.: Drofa, 2008. – s.170-184.
Shipareva T.A. Domashniy eksperiment po ximii kak sredstvo formirovaniya motivov k izucheniyu
uchebnogo predmeta. Dis kand. ped. nauk. – M.: 2001. – 160 s.
I.R.Asqarov, K.G‘.G‘opirov, N.H.To‘xtaboyev. Kimyo. 8-sinflar uchun darslik. –Toshkent,
«Yangiyo‘l poligraf servis» nashriyoti. – 2019 yil. – 156 b.