249
harakatlarni takomillashtirish, ularni anglagan esda tutish ehtimoli yaqqol voqe’likka aylana boshlydi. Mazkur
harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni, xalq o‘yinlarini ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga
keltiradi.
Bolaning o‘yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongli maqsadi harakatlarini bajarish kezida o‘z
ifodasini topadi va uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi esda olib qolish va esda tutish jarayonlariga aylanadi.
Bolalar darsining boshqa shakllariga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlashni eslab qolish va esda tutish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa
shunday xulosa kelib chiqadi.
O‘yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo‘lib, birtalay axborotlarni eslab
qolishni talab qiladi.
Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad
bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.
O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ham, yuqori sinf
o‘quvchilarida ham o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini o‘yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. Chunki
biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan milliy xalq o‘yinlarida xulq ko‘nikmalarni oldinroq va
osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil 7-9 yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o‘zining
yorqin ifodasini topadi. Katta maktab yoshdagi bolalarda o‘z xulqini o‘zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin
faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan;
musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga erishishlari ham mumkin.
O‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bolaning aqliy o‘sishi bilan bog‘liq holda narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash
holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga
asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat
rejasiga o‘tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga xayoliy ko‘rinishiga o‘tishida unga tayanch nuqtasi
bo‘lishi kerak, vaholanki, shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalarning aksariyatidan o‘yinlarda
bevosita ob’ekt sifatida foydalanish mumkin.
Xalq o‘yinlari faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana shu
tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining yaqqol
narsalar bilan bog‘liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli,
xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O‘yin harakatlarining
qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o‘tishning asosini tashkil
qiladi.