251
Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog‘liqni mustahkamlash
organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur
bo‘ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmani egallash; v) kishining
ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlik) ni o‘stirish; d)
maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash.
Shu bilan birga xarakatli va milliy o‘yinlarini to‘plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona
foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifa
bo‘lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat
oldiga ham katta ma’suliyat yukladi. Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon
beradigan, bolalar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni maktabgacha va umumta’lim
maktab o‘quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog‘lab
kelgan uzviylikda ko‘rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda xarakatli va milliy o‘yinlarining roli katta
ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan
xarakatli va milliy o‘yinlarini avaylab-asrab keyingshi avlodga yetkazish yo‘llarini izlash, ishlab chiqish va
hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.
Milliy o‘yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum
darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo‘llarini boyitishga yordam beradi.
Harakatli va milliy o‘yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo‘lib, bolalarda aqliy,
axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun
bolalar o‘yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish
zarur. 7-9 yoshidagi bolalar va kichik sinf o‘quvchilari jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o‘tkazish
uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi xarakatli va milliy o‘yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga
e’tibor berish kerak.
Bolalarda qadriyatlarga muhabbat uyg‘otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o‘rgatish ko‘p jihatdan
o‘zbek xalq milliy o‘yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog‘liq. Chunki harakatli va milliy o‘yinlar orqali
bola bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyaga qiziqtirish muhim
ahamiyat kasb etadi.