254
– hamkorlik munosabatlari;
– jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar;
– raqobatlashayotgan jamoalar orasidagi munosabatlar;
– sportchilar o‘rtasidagi munosabatlar va
a) sportchilar bilan sport hakamlari o‘rtasidagi munosa-batlar;
b) sportchilar bilan tomoshobinlar o‘rtasidagi munosabatlar; v) sportchilar bilan murabbiylar o‘rtasidagi
munosabatlar; Mazkur munosabatlarning hammasi birgalashib sportchining shakllanishiga yordam beradi va
ular sportning shaxsga ta’sir ko‘rsa-tish (shaxsning ijtimoiylashuvi) asosini tashkil etadi. Ijtimoiy
munosabatlarning ushbu masala bo‘yicha jiddiy shug‘ullanish va unga katta e’tibor berish zarur hamda amalda
sport faoliyatidan ijti-moiy munosabatlarda har kanday shaklda bo‘lsa ham namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak.
Sportning insonparvarlik (gumanitar) vazifasi. Gumanitar – fransuzcha so‘z bo‘lib, insonparvarlik, degan
ma’noni anglatadi. «Sport tili» baynalminal til bo‘lganligi
tu-fayli, sport kurashining mantiqi halollikdan
iboratdir. Raqiblar izzat-nafsiga tegmaslik,
ularni bir-biridan ajratmaslik, aksincha, ularning eng yaxshi
fazilatlarini namoyon etishga yordam berish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli, sport faoliyati xalqlar o‘rtasi-
dagi o‘zaro hamkorlikka, ularni jipslashtirishga xizmat qiladi. Sportning insoparvarlik asoslarini mustahkamlash
va kengayti-rishda halqaro olimpiya harakatining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Sport ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa sifatida. Sport insonga badan tarbiya tarzida jismoniy ta’sir ko‘rsatadiki,
faol omillar insonni mehnatga va ijtimoiy faoliyatining boshqa zarur turlariga tayyorlashning asosiy shakllaridan
biri hisoblanadi, millatlararo va baynalmilal aloqalarni mustahkamlash hamda kengaytirishga yo‘naltirilgan etik
va estetik tarbiya vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Sport musobaqa faoliyati sifatida. Musobaqalar, bellashuvlar, ya’ni muayyan chegaradagi raqobat-chilik
sportning musobaqalashish faoliyatini ifoda etadi. Shu tariqa raqiblar o‘rtasidagi natijalar ob’ektiv ravishda bir-
biriga taqqoslanadi, hamda bir-biriga qarshi kurashayotgan shaxslar va jamoalarning muayyan qobiliyatlariga
baho beriladi.
Sport
faoliyatining ehtiyojlari, motivlari, tabiiy va ijtimoiy stimullari. Sportni hayotga tatbiq etadigan
bo‘lsak, sport – bu inson imkoniyatlari chegarasini kengaytirishga umumiy ta’sir etish, buning uchun maxsus
tayyorgarlik orqali o‘sha imkoniyatlarni ro‘yobga
chiqarish, tobora oshib boradigan qiyinchiliklarni yengish
bilan bog‘liq bo‘lgan musobaqalarga maxsus tayyorlanish va ularda muntazam ishtirok etishdan iborat ekanligi;
sport – bu muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladigan hissiyotlar olami ekani, bu jismoniy
munosabatlarning murakkab majmuasi hamda shu bilan birga eng keng tarqalgan tomosha shakli ekanligi,
hozirgi zamonning ommaviy ijtimoiy harakatlaridan biri ekanligini ko‘ramiz.
Sport sohasidagi o‘zaro munosabatlar. Sportning sohaga ta’sirini shakllantiruvchi omillardan biri bu sport
faoliyati jarayonida va shu faoliyat bilan bog‘liq holda vujudga keladigan odamlar o‘rtasidagi musobaqalar, bu
musobaqalarning ko‘lami va keskinligidir. Mazkur musobaqalar hech qachon
sof holda faqat shaxsiy
musobaqalardan iborat bo‘lmaydi. Ular har doim jamoalararo, millatlararo va halqaro sport musobaqalaridan
iborat bo‘lib, bu musobaqalar sportchini keng ko‘lamdagi ijtimoiy munosabatlar olamiga olib keladi. Sport
hayotining murakkab vaziyatlarida insondagi olijanoblik, halollik, o‘z raqibiga hurmat, musobaqa qoidalariga
va sport etikasiga qat’iy rioya qilish singari fazilatlarning namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.