TA’LIMDA GENDER TENGLIK VA FARQLARNI INOBATGA OLISHNING MUHIM




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

TA’LIMDA GENDER TENGLIK VA FARQLARNI INOBATGA OLISHNING MUHIM 
JIHATI 
Sharopiva Zarnigor Tolib qizi 
BT 2-bosqich magistri 
M.Tilavova
 
Ilmiy rahbar: BuxDU BTMsi kaf si dotsenti 
Jamiyat hayotining qay darajada kechishi, rivojlanish sari qo‘yilayotgan qadamlar, qolaversa, istalgan 
harakatdan kutiladigan natijalar albatta ko‘p jihatdan ijtimoiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq. Aynan shu 
munosabatlar hayotimizning barcha jabhalari – mehnat faoliyati, oila, mahalla, o‘qish, muloqot va boshqa turli 
jarayonlarni boshqarib keladi. 
Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlilik masalasi ham mazkur jarayonlarda munosabatlarni qonunan 
tartibga solinishi bilan ahamiyatli. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari 
kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishda tub burilish yasadi. Mazkur qarorda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng 
huquqlar hamda tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish yuzasidan yangi qonunlar ishlab chiqilishi muhim 
vazifa sifatida belgilangan edi. Belgilangan qonunlarning ishlab chiqilib, muhokama etilib, ma’qullangani qaror 
ijrosining ta’minlanganini ko‘rsatadi. 
Bugungi kunda faol iste’molda bo‘lgan gender so‘zining tushunilishi va qo‘llanish holatlaridagi noto‘g‘ri 
talqin va tasavvurlar mavjudligini aytish joiz. Xususan, genderni ayollar mavzusi yoki ularning ustunligiga oid 
tushuncha deb qarash kuzatiladi. Albatta, bu to‘g‘ri emas. Gender – bu xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi 
munosabatlarning jamiyat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, 
huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim, ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati ekanligi mazkur 
qonunda aniq yozib qo‘yilgan. Bu masalaga oid tushunchalarga berilgan tegishli izohlarning mavjudligi ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solishda eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. 
Gender farqlar hamda o‘xshashliklar ta’lim jarayonida qiz va o‘g‘il bolalar o‘quv faoliyatidagi 
o‘xshashliklar va farqlarni hisobga olishga asoslanadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni samaradorligini 
ta’minlashga yordam beradi. U yoki bu jinsga mansublik o‘quvchi shaxsining imkoniyatlarini belgilaydi. Qiz va 
o‘g‘il bolalar orasidagi gender farqlar va o‘xshashliklarni hisobga olishga qaratilgan tadqiqotlar amalda gender 
pedagogikasi hamda psixologiyasida bir qadar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bu, ayniqsa, jinsiy tarbiya 
hamda bu jarayonda ruhiy imkoniyatlarni hisobga olish yo‘nalishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jinsga asoslangan 
ta’lim-tarbiya – o‘quvchini kelajakdagi hayotga tayyorlashda har tomonlama ta’sir ko‘rsatadigan ta’limiy-
tarbiyaviy, ma’rifiy vositalar yig‘indisidir. Bugungi kunda o‘quv-biluv jarayonida gender farqlar va o‘ziga 
xosliklarni hisobga olish tabiiy pedagogik hodisa sifatida e’tirof etilmoqda. Biroq didaktikada ushbu hodisaning 
ilmiy talqini mavjud emas. O‘quv-biluv jarayonida gender farqlarga oid o‘ziga xosliklarni hisobga olmasdan 
turib, ta’lim natijasining samaradorligini ta’minlash mumkin emasligi barcha mutaxassislarga ayon bo‘lmoqda. 
Ayniqsa, ruhshunoslar bu sohada bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar. 
Ta’lim tizimi jamiyatda nafaqat texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili, balki ma’naviy va 
iqtisodiy rivojlanishning muhim strategik vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois mustaqil 
mamlakatimizda ta’lim sohasiga yil sayin katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur vazifa ta’lim tizimining barcha 
bosqichlari: maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib oliy ta’limning yuqori bosqichlarigacha bo‘lgan 
bo‘g‘inlar zimmasiga yuklatilgan. Genderni belgilashga nisbatan mavjud yondashuvlar va nuqtai nazarlarning 
xilma-xilligiga qaramay, ikkita konsepsiyani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu konsepsiyalar quyidagilardan iborat: 
1) genderning ijtimoiy tuzilishi nazariyasi; 2) gender tizimi nazariyasi. Genderga ijtimoiy jihatdan bo‘lgan 
yondashuv quyidagilardan iborat bo‘ladi: biologik nuqtai nazardan jins muayyan jamiyatda qaror topgan jinsga 
xos bo‘lgan vazifalar va o‘g‘il hamda qiz bolalarning o‘ziga xos xatti-harakatlari, o‘zaro hamkorligining ijtimoiy 
me’yorlari bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman ko‘rinishlari. O‘g‘il va qiz bolalarning o‘zaro hamkorligi 
tushunchasi R.Xof tomonidan kiritilgan bo‘lib, o‘g‘il va qiz bolalarning ma’naviy-madaniy qiyofalarini 
ifodalaydi. Ushbu yondashuvga muvofiq ravishda gender muayyan jamiyatda qaror topgan ijtimoiy 
munosabatlarning o‘lchovi sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning oliy ta’lim tizimida talabalar 
tomonidan o‘rganilishi gender yondashuv asosida talabaqizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga ko‘mak 
beradi.
Gender nazariyasi ta’lim jarayonida o‘g‘il bolalar va qizlarga xos xususiyatlarni farqlash masalasiga turli 
nuqtai nazardan yondashadi. Bu yondashuvda jinslar o‘rtasidagi asosiy farqlar ijtimoiy o‘ziga xosligida 
namoyon bo‘ladi. Ushbu farqlar jamiyatda ijtimoiy institutlar, me’yorlar va madaniy qarashlar vositasida 
shakllangan. Bunda gender farqlarning ijtimoiy jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Gender tabaqalashtirish 
jamiyat va ta’lim tizimida ijtimoiy-pedagogik jihatdan insonparvarlik tizimini rivojlantirishga asos bo‘ladi. 


244 

Download 4,42 Mb.
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’LIMDA GENDER TENGLIK VA FARQLARNI INOBATGA OLISHNING MUHIM

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish