40
Aynan faol o‘qitish metodlari ham ana shunday o‘yinlarga tayanilgan xolda tashkil etiladi. Har bir
o‘yin bir necha daqiqadan tortib, undan ko‘proq vaqt davom etishi mumkin va unda ikkita boladan tortib
to o‘n o‘quvchigacha ishtirok etadi.
Demak, bolalar o‘yining sifati va samaradorligi unda ishtirok etuvchilarning hayotiy kuzatishlari va
shaxsiy tajribasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Bunda onglilik, tashabbuskorlik va irodalilik kabi sifatlar
ahamiyat kasb etadi. Shu sababli turli ijtimoiy- psixologik tavsifga ega o‘yinlargan o‘quv jarayonida
foydalanish, shak-shubhasiz o‘z samarasini ko‘rsatadi.