35
---Ma’lumki, boshlang’ich sinflar o’qish predmetida sinfdan tashqari o’qish darslariga juda ko’p
soatlar ajratilgan.Aynan mana shu soatlarni unumli tashkil etish maqsadida o’quvchi yoshiga mos kitoblarni
tanlab olish talab etiladi. Tanlangan kichik hajmli asar bola dunyoqarashini boyitishga turtki bo’lishi bilan
birgalikda, qiziqarli va tushunarli bo’lishi ham lozim.Bunda voqealar rivoji eng qiziqarli nuqtaga yetganda
asar yechimini uyda o’qib kelish o’quvchilarga topshiriq qilib beriladi.Darsda qiziq hikoyani tinglagan bola
voqea nima bilan yakun topishiga albatta qiziqadi .Izlanadi,matnni topib o’qishga harakat qiladi.Asta –
sekinlik bilan bolada mustaqil o’qishga qiziqish va intilish paydo bo’lib boradi.
---Sinf o’quvchilari orasida tez-tez kitobxonlik bellashuvlari uyushtirib
turish ham kitobxonlik
madaniyatini oshirishda yaxshi samara beradi.Bunda o’qituvchi ikki-uch oy oldin sinf o’quvchilariga
o’qilishi lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxati va bellashuv shartlarini e’lon qiladi..O’quvchilar belgilangan
vaqt oralig’ida ota-onasi bilan birgalikda tavsiya etilgan kitoblarni xarid qiladi yoki maktab kutubxonasidan
oladi.Bellashuv shartlari asosida tayyorlanadi.Masalan:asar muallifi haqida ma’lumotga ega bo’ladi,kitobni
qiziqish bilan o’qiydi. Asar mazmuniga mos rasmlar chizadi. Voqealar rivojini ma’lum vaqt orasida
so’zlab, xulosa chiqarishga harakat qiladi.Chiqarilgan xulosani bugungi kun bilan bog’laydi,o’z maqsadi
va pozitsiyasini belgilaydi.Xuddi shu yozuvchining yana boshqa asarlarini o’qishdek
ulkan ishtiyoqni
tuyadi.
Bellashuv so’ngida o’qituvchi o’quvchilarni taqdirlaydi.Yaxshi natijaga erishganlarni e’tirof
etadi.O’z navbatida keyingi bellashuv sanasini va o’qilishi lozim bo’lgan yangi adabiyotlar ro’yxatini
e’lon qiladi.Ro’yxatdagi asarlar qaysi tur va janrga mansubligidan qat’iy nazar uning mohiyati inson
shaxsining
kamol toptirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish,odamiylik sifatlarini tarbiyalashga
yo’naltirilgan bir qator didaktik talablarga javob berishi talab etiladi.
Xulosa shuki, maqsad bolalarning kitobni ommaviy ravishda sevib o’qilishiga
erishish
ekan,o’qituvchi bu yo’lda bor imkoniyatlarini va mahoratini ishga solishi talab etiladi.Zero,kitob insonning
eng yaqin do’sti va maslahatchisi,ruhimiz ozuqasi,u bilan do’stlashish nafaqat o’quvchilarimizni
yuksaltiradi, balki ularga jahonni tanitadi, ezgulikka yetaklaydi.